Maxsus takliflar

360° ko‘rish

Kia Sportage

Tasvir tanlangan komplektatsiyaga mos kelmasligi mumkin.
Avtomobilning rangi ushbu veb-saytda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

Konfiguratsiyalar

Kia Sportage variantlari

2 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar

Luxe FWD

449 900 000 UZS382 415 000 so'm dan
Dvigatel

2.0 MPI / 156 o.k. , Benzin

Asosiy opsiyalar

Old o‘rindiqlarning isitilishi

Mato bilan qoplangan o‘rindiqlar

Old panelni metall qoplamalari bilan qoplash (Metal Paint)

Yomg‘ir datchigi

Style Light FWD

489 900 000 UZS416 415 000 so'm dan
Dvigatel

2.0 MPI / 156 o.k. , Benzin

Asosiy opsiyalar

Old o‘rindiqlarning isitilishi

Rul chambaragini isitilishi

Tomdagi reylinglar

Reflektorli LED faralar

Ariza yuborishDilerlar bilan aloqalar

Dizaynerlik san’ati durdonasi

Ushbu avtomobil tabiat olamining timsoliga aylandi, uning qiyofasi dadil, hissiyotli, zamonaviy, ammo mutlaqo tabiiy. Bezak qoplamalarida eng yuqori sifatli hashamatli va yoqimli materiallardan foydalanilgan, buning natijasida yangi Kia Sportage interyeri safar davomida hech bir mubolag‘asiz energiya bilan quvvatlantiradigan noyob makonga aylanadi.

Cheksiz ilhomlanish uchun

Yangi Kia Sportage dadil va shiddatli dizaynga ega. Avtomobil qayerda bo‘lishingiz va qayerga intilishingizdan qat’i nazar, yo‘lda o‘zingizni yanada ishonchli his qilish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda yaratilgan. Harakatlanishda davom etayotganlar uchun. Izlanishda davom etayotganlar uchun. Ilhomlanish mandabi doimo yoningizda.

Eksteryer

Yorqin individuallik

Аvtomobil dizaynning yangi “Qarama-qarshiliklar birligi” falsafasiga muvofiq ishlangan va darhol wow-taassurot uyg‘otadi. Kuzovning sof atletik yuzalari radiator panjarasi va faralar blokining kontrastli va yorqin grafikasi bilan uyg‘unlikda yo‘llarda avtomobilga shiddatli va mardonavor ko‘rinish baxsh etadi.

Immersiv maydon

Kia Sportage interyeri premial sifat va haydovchi uchun qulay dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan. Havo o‘tkazuvchi ko‘rkam deflektorlar bilan hoshiyalangan nafis va ingichka egri panoramali displey haydovchi ustidan aylanib o‘tgandek taassurot uyg‘otadi va multimedia sohasidagi eng ilg‘or yutuqlardan foydalanish imkonini ochib beradi.

Interyer

Har bir safardan rohat olish

Hatto avtomobil boshqarayotgan paytingizda ham kashf etish, izlash, yangilik tomon intilish istagingizni baham ko‘rgan holda Sportage eng yaxshi yechimlarni taklif etadi. Вarcha boshqaruv elementlari sodda avtonom displeylarga o‘rnatilgan bo‘lib, bu avtomobilni boshqarish vaqtida imkon qadar kamroq chalg‘ish imkonini beradi.

Qulaylik

Qulay qarorlar

Sportage istalgan so‘rovingizga moslashishga qodir. O‘rindiqlar haroratini o‘zingizga qulay qilib sozlash, paltoni osib qo‘yish yoki kutilmaganda o‘zingiz bilan olishga qaror qilgan ko‘plab narsalarni joylash kerakmi? U barcha ehtiyojlaringizni qondiradi.

Qo'rqmas va yorqin

Kia Sportage X-Line versiyasida krossoverning o‘zigagina xos ishonch to‘la tabiatini yanada chuqur ochib beradi. Uni yo‘ltanlamas elementlari va kuzovning tabiatga xos noyob rangi alohida ajratib turadi.

X-Line

Puxta va dilovar

Salonning kengligi va suyanchig‘ini og‘dirish funksiyasi bor orqa o‘rindiqlar tufayli yo‘lovchilaringizga ham xuddi siz kabi qulay bo‘ladi. Avto ichi maydonidan siz o‘z xohishingizga ko‘ra foydalanish imkoniga ega bo‘lishingiz uchun Kia Sportage o‘rindiqlarini deyarli yassi poldek yig‘ib qo‘yish mumkin. Ikki darajali yukxona katta hajmga ham ega — har qanday holat uchun doim joy topiladi.

Xavfsizlik

Ishonch bilan harakatlanish

ADAS xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari texnologik majmui bilan siz atrof-muhit sharoiti qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘zingizni har qachongidan ham ishonchli his etasiz.

Har qanday sharoitga tayyor

Yo‘l sharoitlariga moslashish bo‘yicha yangi Terrain Mode tizimi tufayli Sportage oddiy yo‘lga nisbatan murakkab yo‘l sharoitlarida ham maksimal darajada harakatlanish qulayligi va xavfsizligini saqlab qoladi (SNOW — qor, MUD — loy, SAND — qum rejimlari). Agar Terrain Mode tizimi o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, unda Drive Mode harakatlanish rejimlarini tanlash tizimi qo‘llaniladi.

Dvigatel

Yo‘llar va cho‘qqilarni zabt etib

siz har qanday yo‘l va ob-havo sharoitlarida ham harakatlanish shiddati va a'lo darajadagi boshqaruvchanlikdan voz kechmagan holda katta masofalarni bosib o‘tishingiz mumkin.

156o.k

Dvigatel quvvati

192N.m

Burovchi moment

11,4s

0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)

Video sharhlar

Yangi Kia Sportage: qulaylik, texnologiya va xavfsizlikning yangi bosqichi

Kia yordamchilari: ular qanday ishlaydi va qaysi modellarda mavjud

Kia avtomobillarining rekord darajadagi sotuvlari +26,7%

Bir kechada ikkita yangilik: Kia O‘zbekistonda yangilangan Sportage va Carens modellarini taqdim etdi

Kia Sportage video sharhi