Konfiguratsiyalar

Kia Carnival variantlari

3 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar

Comfort

624 900 000 so'm dan

Dvigatel

3.5 MPI / 272 o.k. , Benzin

Asosiy opsiyalar

Orqa oynaning isitilishi

Kunduzgi LED yurish chiroqlari (LED DRL)

Gabarit LED chiroqlari

Svetodiod yoritgichlar (LED)

Luxe

724 900 000 so'm dan

Dvigatel

3.5 MPI / 272 o.k. , Benzin

Asosiy opsiyalar

Old o‘rindiqlarning isitilishi

Orqa oynaning isitilishi

Charm qoplamali rul chambaragi

Old panel va eshiklarni yog‘och teksturali qoplamalar bilan bezatilishi (Hydro Graphics)

Prestige

834 900 000 so'm dan

Dvigatel

3.5 MPI / 272 o.k. , Benzin

Asosiy opsiyalar

Old o‘rindiqlarning isitilishi

Rul chambaragini isitilishi

Old o‘rindiqlarni venilyatsiyalash

Isitiladigan orqa o'rindiqlar

Ariza yuborishDilerlar bilan aloqalar

Yangi Kia Carnival

O‘z turkumida so‘zsiz yetakchi bo‘lgan Kia Carnival bilan innovatsiyalar olamini kashf eting. Yangi dizayn oilaviy krossvenga nafislik qo‘shadi, hashamatli interyer qulaylikni ta’minlaydi, ajoyib boshqaruv esa har qanday yo‘lda ishonchni kafolatlaydi.

Eksteryer

Tashqi ko‘rinishi

Yangi Kia Carnival’ning nafis va nozik dizayni uning har bir qismida namoyon bo‘lib, oilaviy krossveningizga o‘ziga xos uslub bag‘ishlaydi hamda turmush tarzingiz bilan hamohang tarzda uyg‘unlashadi.

Interyer

Manzarali bukilgan monitor bilan uyg‘unlashtirilgan zamonaviy va ko‘rkam interyer nafisligi, qulayligi va funksional rejalashtirilishi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Qulaylik

Qulay makon

Yangi Kia Carnival interyeri nafaqat premium darajadagi qulaylik, balki har bir qismga alohida yondashuv bilan farqlanadi. Raqamli qurilmalarning ishlashini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy interfeys zamon bilan hamnafas bo‘lish imkonini beradi. Qulay axborot-ko‘ngilochar tizim oila a’zolari bilan birgalikdagi safarlarda o‘tkaziladigan har bir daqiqani quvonch va zavqqa to‘ldiradi.

Texnologiyalar

Zamonaviy texnologiyalar

Ilg‘or jihozlar yangi Kia Carnival boshqaruvini esda qolarli qiladi. Har qanday joyda va har qanday vaziyatda siz takomillashtirilgan innovatsion yechimlar tufayli rulda beqiyos qulaylik va ishonchni his qilishingiz mumkin.

Haydovchiga yordam

Haydovchiga yordam berishning zamonaviy tizimlari

Haydovchiga yordam berishning takomillashtirilgan tizimlari turli yo‘l sharoitlariga osongina moslashib, yanada yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ilg‘or texnologiyalar avtomobil haydashdagi bir oz noqulaylikni ham bartaraf etadi, dam olishga va premium darajadagi krossvenda haqiqiy zavq olishga yordam beradi.

Passiv xavfsizlik tizimi

Avtomobil old, markaziy va yon xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan. Kengaytirilgan yostiqchalar haydovchi va old o‘rindiqlardagi yo‘lovchilarni himoya qiladi, birinchi qatorning markaziy yon xavfsizlik yostig‘i yo‘lovchilar o‘rtasida to‘qnashuvni oldini oladi, parda xavfsizlik yostiqchalari esa ag‘darilishga sezgirlik darajasi yuqori hisoblanadi. Alohida yostiqcha haydovchining tizzalari himoyalash uchun mo‘ljallangan. Umuman olganda, Kia Carnival saloni sakkizta xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bo‘lib, ular haydovchi va yo‘lovchilarni qo‘shimcha himoya qiladi.

Dvigatel

Sezilarli quvvat

Kia Carnival’ning innovatsion benzin dvigateli samarali sovutish tizimi hamda kamroq ishqalanish tufayli yoqilg‘ini sezilarli darajada tejaydi. Uzatmalarni ravon va ishonchli almashtirish hamda kengaytirilgan ish diapazoni bilan ajralib turadigan 8 pog‘onali avtomat tarzda uzatmalar qutisi bilan juftlikda siz mukammal quvvat va tejamkorlik muvozanatiga ega bo‘lasiz.

272o.k

Dvigatel quvvati

332N.m

Burovchi moment

8,5s

0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)

Video sharhlar

Yangi Kia Carnival: oilaviy avtomobilga zamonaviy yondashuv

Yangilangan Kia Carnival - butun oila va biznes uchun qulaylik makoni

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

xizmat ko‘rsatish

Kafolat va servis

Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.