

5 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Yangi Kia Sportage krossoverlarga xos bo‘lgan cheklov va standartlar chegara doirasidan o‘tib ketadi. Ushbu avtomobil ilg‘or texnologik va dizaynerlik yechimlarini taklif etib, boshqaruvlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Yulduzli xarita ko‘rinishidagi brendli yoritgich va dinamik qarshi olish yoritgichi dadil va maftunkor dizaynga futuristik did ohangini qo‘shgan holda Kia’ning zamonaviy uslubini o‘zida mujassam etmoqda.
Haydovchi uchun qulay bo‘lgan dizayndagi gorizontal chiziqlar zamonaviy uslubning mukammalligini aks ettiradi. Salondagi atmosferali yoritgich va paneldagi dekorativ qoplamalar o‘zaro uyg‘unlashgan. Interyerning har bir elementi avtomobil boshqaruvidan haqiqiy zavq olish va o‘z egasining nufuzini alohida ko‘rsatish uchun yaratilgan.

X-Line’ning dadil xarakteri o‘ziga xos tashqi dizayni, shiftining qora zamsh qoplamasi va premium toifadagi rul chambaragi bilan alohida ajralib turadi.
Ilg‘or texnologiyalar qulaylikni oshiradi va avtomobil boshqaruvining unutilmas taassurotlarini taqdim etadi.
Aniq rul boshqaruvi va past shovqin darajasi har qanday sharoitda avtomobil boshqaruvi uchun maksimal qulaylik yaratadi. 8 pog‘onali avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi 2,5 litrli benzinli dvigatel bilan birgalikda ajoyib dinamikani ta’minlaydi.

Dvigatel
Kia Sportage dvigatellarining quvvati va yonilg‘i tejamkorligining uyg‘unligi tufayli siz har qanday yo‘l va ob-havo sharoitida dinamika va boshqaruvchanlikdan zavqlanishdan voz kechmasdan uzoqroq masofani bosib o‘tishingiz mumkin.
156o.k
Dvigatel quvvati
192N.m
Burovchi moment
11,4s
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Haydovchiga ilg‘or xavfsizlik va yordam tizimlari (ADAS) avtomobil boshqaruvi va avtoturargohga joylashtirishda xavfsizlik va qulaylikni oshiradi.
Zamonaviy tizimlar, jumladan, rulni ushlab olinganligini aniqlash tizimi (Steering Wheel Grip Detection) kabi ilg‘or avtonom boshqaruv va monitoring texnologiyalari avtomobil boshqaruvini yanada qulay va tushunarli qilishga yordam beradi.
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.
