Yangi K8 bilan o‘z salohiyatingizni oching. Nafis dizayn va ilg‘or texnologiyalarning uyg‘unligi sizga o‘zligingizni namoyon etish va hayotni ajoyib lahzalar bilan to‘ldirib, undan zavqlanish imkonini beradi. K8 yorqinlik va o‘zini namoyon etishga ilhomlantiradi.
K8’ning futuristik dizayn elementlariga ega ko‘rkam qiyofasi uyg‘un nisbatlar va nafis siluet tufayli shakllanadi. Ulkan va haybatli bamper avtomobilga kuch va ifodalilik qo‘shib, ishonch va zamonaviylik taassurotini uyg‘otadi.
Cho‘zilgan shaklning xromlangan elementlari va "Yulduzlar xaritasi" kontseptsiyasidagi orqa chiroqlar yangi K8’ning zamonaviy va dinamik ko‘rinishiga erishish uchun orqa bamperni uyg‘un ravishda ko‘rsatadi.
Kuzovning eng mayda detallarigacha o‘ylangan nozik geometrik shakllari, salonni yumshoq, iliq yoritish va uning nafisligi ajoyib kenglik va benuqson qulaylik hissini beradi.
Sizni shinamlik va uslub muhitini yaratadigan ajoyib kutib oluvchi yoritish jadvali qarshi oladi. Hashamatli va qulay old o‘rindiqlar sizga sayohatning har bir daqiqasidan zavqlanish imkonini berib, tengsiz qulaylikni ta’minlaydi.
K8 sizning xavfsizligingizni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Zamonaviy texnologiyalar harakatlanishning barcha bosqichlarida ‒ dvigatelni ishga tushirishdan to safar tugaguncha bo‘lgan davrda kompleks himoyani ta’minlaydi. Ular nafaqat barcha tizimlarning ishonchli ishlashini kafolatlaydi, balki har bir sayohatni yoqimli va xavfsiz qilish orqali favqulodda qulaylik darajasini yaratadi.
Xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari majmuasi yo‘l holatini har tomonlama va aniq ko‘rishni ta’minlaydi. Bu haydovchiga eng murakkab vaziyatlarda avtomobilni xavfsiz va samarali boshqarish imkonini beradi, qulaylik va ishonchlilik darajasini sezilarli darajada oshiradi.
Yangi K8 sizning xavfsizligingizni o‘ylab ishlab chiqilgan. Turli yo‘l vaziyatlari uchun ilg‘or texnologiyalar harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirishda ishonchni ta’minlaydi, orqa tomonga harakatlanish bilan to‘xtash jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va yo‘lovchilarni orqa o‘rindiqlarga chiqarish va tushirishda xavfsizlikni oshiradi. Vaziyatning murakkabligidan qat’i nazar – gavjum yo‘lda manyovr qilish yoki oddiy avtoturargohda bo‘lishidan qat’iy nazar, siz K8 boshqaruvida o‘zingizni ishonchli va xotirjam his qilasiz.
Dvigatel
O‘z turkumidagi eng yaxshi 3,5 GDI benzinli dvigatel va elektron boshqaruvga ega podveska o‘rtasidagi muvozanat tengsiz jo‘shqinlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
300o.k
Dvigatel quvvati
359N.m
Burovchi moment
6.9s
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.