Kia elektr krossoveri
Tez orada Rossiyada
Innovatsion elektr avtomobil platformasi E-GMP
325 ot kuchi va to'liq g'ildirakli haydovchi
Bir zaryad uchun 500 km dan ortiq masofa*
Просмотр 360°
Изображение может не соответствовать выбранной комплектации.
Цвет автомобиля может отличаться от представленного на данном сайте.
2 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Kia ning ilk to'liq elektrli bo'lgan avtomobilini kutib oling. Kia EV6 krossoveri ko‘p jihatlar bo'yicha brend muhandislari va dizaynerlarining yutuqlarini namoyish etadi: u bosib o‘tish mumkin bo‘lgan masofa, futuristik tashqi ko‘rinishi, innovatsion salon, ilg‘or texnologiyalar. Kia EV6 - bu yaxshiroq kelajak sari harakat va haydashning yangi ilhomlantiruvchi tajribasidir.
Eksteryeri
Kia EV6 dagi har bir detal eng mayda tafsilotlarigacha yahshi o‘ylangan va eksteryerning yagona kontseptsiyasiga jamlanadi. Ushbu elektromobilda murakkab, yuqori texnologiyali elementlar sof, bo'rttirma hajmlar bilan uyg'unlashgan.
Zaryadlovchi
Kia EV6ning kombinatsiyalangan zaryadlanishni boshqarish tizimi qo'shimcha adaptersiz 400 V va 800 V kuchlanish bilan ishlashga moslashtirilgan. Qaerga borsangiz ham, bu krossover sizning mobil quvvat manbaingizga aylanadi. Ilhomlantiruvchi sayohat uchun kerak bo'lgan har qanday elektr qurilmasiini unga ulang. Avtomobildagi issiqlik nasosi esa dvigatel va boshqa qismlardan issiqlikni yig'ishga qodir va shu bilan qishda yurish masofasini yo'qotilishini deyarli 20% ga kamaytiradi.
Kia EV6 ichida bo'lganingizda, juda o'zgacha tuyg'ularni his etasiz. Barcha boshqaruv elementlari haydovchi uchun imkon qadar qulay joylashgan. Siz shunchaki ushbu krossover rulida o'tkazgan har bir daqiqadan zavq olishingiz kerak bo'ladi.
Texnologiyalar
Kia EV6 ning innovatsion interyeri sayohat qilishga chorlaydi. Haydovchi uchun immersiv tajriba biroz egilgan panorama paneli tufayli yaratiladi. Faol tovushlar jo'rligi tizimi (ASD) krossoverning dinamik imkoniyatlarini his qilish imkonini beradi – ishga tushirilganda u, motor aylanmalari va avtomobil tezligini hisobga olgan holda dvigatelning tovushini imitatsiya qiladi.
Qulaylik
Yassi pol va keng kuzov orqali Kia EV6ning dizaynerlari sizning qulayligingiz uchun o'ylangan yechimlarni yaratishda ko'proq erkinlikka ega bo'ldilar. Bo'shashtiruvchi qulay o'rindiqlar vaznsizlik hissini yaratadilar. Sozlamalarning keng doirasi charchoqni minimallashtirib, eng qulay holatga joylashishga imkon beradi.
Yangi Kia EV6 elektr krossoveri Yevropada «Car of the Year 2022» (2022 yil avtomobili) mavqeiga sazovor bo'ldi. Yevropaning 22 davlatidan 59 nafar taniqli va hurmatli jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati innovatsion to‘liq elektrli krossoverni ushbu yilgi tanlovning mutlaq g‘olibi deb tan oldi
Drive Wise
Drive Wise texnologiyalari sizni potentsial xavf-xatarlar haqida ogohlantirish uchun yo'ldagi vaziyatni baholaydi. Qayerga bormang, rulda o'zingizni ishonchli va xotirjam his qilasiz. Chunki, zarurat bo'lganda, tizim nafaqat sizning e'tiboringizni jalb qiladi, balki avtomobilni boshqarishga ham qo'shiladi.
Batareya
Energiya zaxirasi darajasi yoki zaryadlash uchun zarur bo'lgan vaqt haqidagi ma'lumotlar har doim sizning nazoratingiz ostida. Boshqaruv paneli displeyining chap tomonidagi oddiy belgilar kerakli ma'lumotlarni real vaqtda uzatadi. Keyingi zaryadlash haqida o'ylamasdan sayohatdan rohatlaning.
л. с.
Dvigatel quvvati
325Н·м
Burovchi moment
5,2c
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.