

360° ko‘rish
Tasvir tanlangan komplektatsiyaga mos kelmasligi mumkin.
Avtomobilning rangi ushbu veb-saytda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

4 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Kia K3 o‘zida dadil dizayn va ilg‘or xavfsizlik texnologiyalarini mujassam etib, o‘z sinfida yangi standartlarni belgilaydi. Ushbu nafis va kuchli avtomobil innovatsiyalarni hamda har bir safarda murosasiz qulaylikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. K3 bilan yangi kuchni kashf eting.

Eksteryer
Kia K3’ning futuristik qiyofasi, fastbek uslubidagi ifodali kuzov chiziqlari kuchli va ishonchli timsolni yaratadi. Zamonaviy yoritish yechimlari modelning innovatsion xususiyatini namoyon etib, avtomobilni shahar oqimidan ajratib turadi.
GT-Line versiyasi avtomobilga yorqin sport xarakterini taqdim etadi. Eksteryerning puxta o‘ylangan jihatlariga ishonch va tajovuzkor uslub baxsh etadi.
165 mm yuqori klirens bilan har qanday yo‘llardagi ishonchli harakatlanish.

Interyer
Kia K3’ning keng va qulay saloni har bir yo‘lovchi har qanday safarda o‘zini qulay his qilishi uchun yaratilgan.
Komfort
Har qanday ob-havoda o‘zingizga yuqori qulaylikni ta’minlang.
Haydovchiga yordam
Haydovchiga intellektual yordam berish tizimlari sizni yo‘lda qo‘llab-quvvatlaydi va xavfsizlik darajasini oshiradi.
Zamonaviy aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari haydovchi va har bir yo‘lovchi haqida g‘amxo‘rlik qilgan holda, eng qat’iy xalqaro talablarga to‘liq javob beradi. Model 6 dona xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bo‘lib, Latin NCAP xalqaro dasturi bo‘yicha eng yuqori "5 yulduz" xavfsizlik bahosini olgan holda, haqli ravishda ishonchlilik etaloni hisoblanadi.

Dvigatel
Yangi Kia K3 o‘zining qudratli xususiyatlari bilan sizni hayratda qoldiradi. U dinamika va hayajonli boshqaruvdan chinakam zavq bag‘ishlashga qodir.
o.k
Dvigatel quvvati
133N.m
Burovchi moment
11,7s
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.

