Rasmiy distribyutor afzalliklari

Kafolat

Ishlab chiqaruvchining kafolati faqat rasmiy distribyutor tomonidan yetkazib berilgan avtomobillarga beriladi. Norasmiy dilerlardan sotib olingan yoki xususiy tartibda olib kirilgan avtomobillarga kafolat tatbiq etilmaydi. Rasmiy dilerlik markazlarida professional xizmat ko‘rsatish uskunalari o‘rnatilgan va malakali xodimlar ishlaydi. Avtomobil nosoz bo‘lib qolganida kafolat bo‘yicha ta’mirlash sifatli va asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda hamda rasmiy distribyutor hisobidan amalga oshirilishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Kafolat haqida batafsil

Mahalliy sharoitlarga moslashish

Ishonch bilan aytish mumkinki, rasmiy distribyutorning avtomobili mahalliy iqlim va yo‘llarning holatini hisobga olgan holda yig‘ilgan va foydalanishga sozlangan. Avtomobilning butun xizmat muddati davomida maksimal ishonchlilik va qulaylik.

Mijozlarga yordam xizmati

Rasmiy distribyutor mijozlarga keng turdagi axborot yordamini taqdim etadi. Avtomobilingizni sotib olish va foydalanish bilan bog‘liq har qanday masala bo‘yicha maslahat olishingiz mumkin.

1333

Kia doimiy aloqa telefoni

+998 71 215-70-07

Kia axborot aloqa telefoni

Sifatli diagnostika

Rasmiy dilerlar ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq va maxsus uskunalardan foydalangan holda avtomobillarga muntazam texnik xizmat ko‘rsatadi. Mamlakatga rasmiy distribyutor ishtirokisiz olib kirilgan avtomobillar farq qiluvchi xususiyatlarga ega, shu sababli diagnostika va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish murakkab bo‘lishi mumkin.

Servisga yozilish

Asl ehtiyot qismlar

Rasmiy distribyutor professional ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, detallar va butlovchi qismlarni yetkazib berishni ta’minlaydi. Asl ehtiyot qismlar ta’mirlash va servis ko‘rsatish ishlarining yuqori sifati garovidir.

Ehtiyot qismlarga