Maxsus takliflar

360° ko‘rish

Kia Sonet

Tasvir tanlangan komplektatsiyaga mos kelmasligi mumkin.
Avtomobilning rangi ushbu veb-saytda ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.

Konfiguratsiyalar

Kia Sonet variantlari

4 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar

Classic

199 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k, Benzin

Asosiy opsiyalar

Kunduzgi LED yurish chiroqlari (LED DRL)

Gabarit LED chiroqlari

215/60R16 o‘lchamli shinalarga ega 16" shtamplangan diskalar

Qora jiloli qoplamaga ega radiator panjarasi

Luxe

222 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k, Benzin

Asosiy opsiyalar

Tomdagi reylinglar

Kunduzgi LED yurish chiroqlari (LED DRL)

Gabarit LED chiroqlari

Tumanga qarshi faralar

Prestige

249 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k, Benzin

Asosiy opsiyalar

Tomdagi reylinglar

Kunduzgi LED yurish chiroqlari (LED DRL)

Gabarit LED chiroqlari

Tumanga qarshi faralar

Black Edition

254 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k, Benzin

Asosiy opsiyalar

16" qora yengil qotishmali disklar, 215/60R16 o‘lchamdagi shinalar bilan

Qora eshik dastalari

Tomdagi qora reylinglar

Old bamperning qora yaltiroq dekorativ elementlari

Ariza yuborishDilerlar bilan aloqalar

Yorqin o'ziga xoslik

Kia Sonet ishonchli va dinamik ko'rinishga ega. Lekin bular unng yagona emas fazilatlari emasdir. U ishonchlilik va nafislikning ajoyib uyg'unlashuvini taqdim etadi. Kengligi va samaradorligi bilan hushnud etadi. Sonetni boshqarish oson va eng ilg'or texnologik yechimlar bilan jihozlangandir. Ushbu krossoverning ixcham o'lchamlari ortida haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar yashiringan.

Dizayn

Ko'p qirrali iste'dodlar

Yangi Kia Sonetning dizayni ushbu krossoverning ko'p qirrali imkoniyatlarini ta'kidlaydi. Sportcha silueti yo’ltanlamas avtomobilga hos aksentlar bilan uyg’unlahgandir. Yukxona bo'lmasi eshigi shakli universal foydalanish uchun yaratilgan: uzoq safar davrida juda ko'p yuklarni yuklash uchun ham, shahar bo'ylab qisqa sayohatlarda tez-tez ochish va yopish uchun ham bir xilda qulaydir. Kia Sonet imkon qadar funktsionallikka ega bo’lib, undan foydalanishda chinakam zavqni bag'ishlaydi.

Texnologiyalar

Yuqori texnologiyalar va qulay osoyishtalik

Haydovchining yuqori joylashuvi va ortni ko'rish kamerasi ajoyib ko'rinishni ta'minlaydi. Qurshab turuvchi qulaylik va yuqori texnologik yechimlar har bir safarda erkinlik, dinamika va haydashdan zavq olinishini ta'minlaydi. Kia Sonetning puxta oylangan interyeri kengdir, Premium toifadagi Bose audio tizimi esa uni yuqori sifatli, hajmli va yorqin tovush bilan to'ldirib, kontsert zaliga aylantiradi.

Doimo qulaylik qurshovida

Yangi Kia Sonetda haydovchi va yo'lovchilar yuqori darajadagi qulaylik bilan sayohat qilishlari mumkin. O'rindiqlar mustahkam va qulay, stakan ushlagichlari, USB zaryadlovchisi ulagichlari, ko'plab mayda buyumlarni saqlash uchun bo’lmalar esa salon ichidagi har bir yo’lovchi uchun mavjud. Qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranining "Choksiz" ulanishi Sonetni Kianing boshqa model qatorlari bilan birlashtirib interyerni yanada zamonaviyroq qiladi.

Maxsus seriya Sonet Black Edition

Tashqi bezakning qora elementlari, ifodali chiziqlar va puxta o‘ylangan qismlar tufayli dadil va nafis uslubi bilan e’tiborni jalb etadi. Bu xususiyatlar avtomobilga jo‘shqin va zamonaviy ko‘rinish baxsh etadi.

O‘rindiqlar ventilyatsiyasi

Premium toifadagi Bose audiosi

Tashqi bezakning qora elementlari

Qora 16″ yengil qotishmali diskalar

Qulaylik

Sarguzashtlarga doim tayyor!

Ehtimol, o'zingizning kichkinagina ekspeditsiyangiz uchun rejalar tuzyapgandirsiz? Yoki safarda har qanday holatga tayyor bo'lishni istarsiz? Sonet, shahar ichra sayohatlarda ham, shahar tashqarisidagi sayohatlarda ham foydali bo'lgan ko'plab interyer va eksteryerning imkoniyatlari va optsiyalarini taklif etadi.

Dvigatel

Mukammallikka yetkazilgan soddalik

Dvigatel va transmissiyaning samarali va ishonchli kombinatsiyasi Sonetni hatto zich shahar tirbandligida ham oson va qulay haydash imkonini yaratadi. Avtomobil zavqli xarakterga ega, shu bilan birga zamonaviy yuqori samarali bort elektron tizimlari tufayli dinamika va xavfsizlik bir-biri bilan mukammal tarzda uyg’unlashadilar.

115o.k

Dvigatel quvvati

144N.m

Burovchi moment

10,6s

0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)

Xavfsizlik

Haydovchiga yordam tizimlari

Siz tinch va osoyishta rulni boshqarishingiz uchun xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari majmuasi. Sonetning haydovchisi va yo'lovchilarini 6 ta xavfsizlik yostiqchasi himoyalaydi. Kuzovning ko'plab elementlari yuqori bardoshli po'latdan yasalgan bo'lib, bu kuzovning qattiqligini ortiradi, to'qnashuv paytida zarb energiyasini mukammalroq tarzda taqsimlash va tarqatish imkonini berib, salonning yo'lovchilar zonasini va avtomobil ichida bo'lganlarni ishonchliroq himoyasini ta’minlaydi.

Video sharhlar

Kia muhim marrani nishonlamoqda: Jizzaxdagi zavod konveyeridan 20 000-chi Sonet chiqarildi

#SonetUzStyle tanlovining yarim finalchilari aniqlandi

#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

Kia Sonet x Avtotuning: Nimalar yangilangan?

#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!

Yangi Kia Sonetni benzin sarflashi qanchalik past

xizmat ko‘rsatish

Kafolat va servis

Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.