#SonetUzStyle — ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!

Ishtirok etish uchun arizalar 15 avgustgacha qabul qilinadi

Yarim finalchilarimiz

G‘oyalardan ilhomlaning

Ishtirokchilar va blogerlar yaratgan videolarni kashf eting #SonetUzStyle heshtegi yoki @kia__uzbekistan belgilari orqali tashrif buyuring – o‘z ilhomingizni toping va g‘alabaga intiling.

Yutuqli o‘yin hakamlar hay’ati

Jahongir Latipov

Influenser, YouTube-bloger va fikr yetakchisi.

Haqiqiy jalb qilish qanday ishlashini yaxshi biladi va har bir rolikning virusli salohiyatini aniq sezadi

Alisher Komilov

ADM Jizzakh zavodining strategik rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha direktori

Har bir detalga alohida e’tibor qaratgan holda, ishlab chiqarishni aniq va tartibli tizimga aylantiradi.

Artem Cheley

TDI AI kompaniyasining kreativ direktori.

G'oyalarni trendga aylantira oladigan kontseptsiyalar yaratuvchisi. Ma'nolar va vizual yechimlar me'mori.

Husnora Shadiyeva

Teleboshlovchi, bloger, aktrisa va xonanda

Millionlar taniydigan yuz. Uning xarizmasi, uslubi va kuchli ovozi — ekranda ham, hayotda ham o‘ziga jalb qiladi.

Baholash mezonlari

Ijodkorlik – bu eng muhim jihat. Biz g‘oya, uslub va qalbga ega kliplarni izlamoqdamiz. Hakamlar hay’ati eng yorqin va o‘ziga xos ishtirokchilarni saralab oladi. Quyidagilarni bilish muhim: 1. Kadrda avtomobil mavjudligi – shart emas. Kia Sonet ruhini obrazlar, kayfiyat va o‘xshatishlar orqali namoyish eting. 2. Tanlov barcha uchun ochiq. Agar siz 15000 nafargacha obunachilarga ega bo‘lsangiz – siz bizning ishtirokchimizsiz. Biz yangi iste’dodlarning ovozini eshitishni istaymiz. 3. Brend treki va belgisi – bo‘lishi lozim. Kia_Sonet_Uz trekidan foydalaning, @kia__uzbekistan’ni belgilang va akkauntingiz ochiqligiga ishonch hosil qiling. Hakamlar hay’ati uchun nima muhim? Baholash mezonlari Ijodkorlik – barchasining diqqat markazida turadi. Biz dadil g‘oyalar, yorqin obrazlar va haqiqiy ilhomni izlamoqdamiz.

G'oyaning o'ziga xosligi

G'oyaning o'ziga xosligi Bizni hayratda qoldiring! Hali hech kim ko‘rmagan narsalarni ko‘rsating. Biz nostandart bo‘lgan yondashuvlar, kutilmagan rakurslar va mavzuga yangicha qarashni kutmoqdamiz. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -G'oyaning yangiligi va o'ziga xosligi; -Syujet yoki kutilmagan burilish; -Rolik qanchalik darajada esda qolishi.

Vizual uslub

Vizual uslub Nafaqat nima, balki qanday bo‘lishi ham muhim. Telefon orqali suratga olindimi? Ajoyib – asosiysi, zamonaviy va drayv asosida bo‘lishi kerak. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -Yaxshi yoritilgan tiniq va aniq rasm; -Kreativ bo‘lgan rakurslar, dinamik tarzdagi o‘tishlar va montaj; -Rolik brend treki ritmiga qanchalik mos kelishi.

G‘oya: Kia Sonet + O'zbekiston

Bizning chellenjimiz Kia Sonet – bu faxrlanishga arziydigan milliy mahsulot ekanligi haqida. Buni ramzlar, obrazlar, syujet, kayfiyat orqali berish mumkin. Avtomobilni real suratga olmasangiz ham, uning xarakteri va ruhiyatini ifodalashingiz mumkin: Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -"Kia Sonet – O‘zbekiston g‘ururi " g‘oyasi qanday yetkazilgan; -Zamonaviy, jo‘shqin bo‘lgan avtomobil g‘oyasini O‘zbekiston hayoti, madaniyati, odamlari va kelajagi bilan qanchalik muvaffaqiyatli bog‘ladingiz? -Videongiz ijobiy his - tuyg‘ular uyg‘otadimi: faxr, quvonch, iliqlik va daxldorlik hissiyotlari?

O'zbekona kolorit

Milliy uslub – tafsilotlarda. O‘zbekiston chiroyini sizning obyektivingiz orqali muhabbat va ehtirom bilan ko‘rishni istaymiz. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -Madaniyatdan chiroyli va zamonaviy tarzda foydalanish: makonlar, kiyimlar, bezaklar, urf-odatlar; -Taqdim etishni samimiy va hurmat asosida amalga oshirish; -Bu rolik g‘oyasini ochib berishga qanchalik yordam beradi

Ko‘p beriladigan savollar

Videoda avtomobildan foydalanish shartmi?
Nega faqat 15 ming nafargacha obunachilari bo‘lgan akkauntlar qatnashadi?
15 ming nafardan ortiq obunachilarim bo‘lsa-chi?
Tanlov faqat Instagram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘tkaziladimi?
Sizning trekingizdan foydalanish shartmi?
Mening akkauntim ochiq bo‘lishi kerakmi?
Hakamlar hay’atining baholash mezonlari qanday?
Layklar va tomosha qilinganlik soni-chi?
Ishimni qabul qilishganini qanday bilish mumkin?

Bosh sovrin - yangi

Kia Sonet

O‘zbekiston yo‘llari uchun yaratilgan yorqin shahar krossoveri. Avtomobil egasiga aylaning – tanlovda ishtirok eting va g'alaba qozoning!

Yangi Smartstream G1.5 MPi dvigateli

Bose premium darajadagi audio

O‘rindiqlarni ventilyatsiya qilish

Yakuniy tadbir 28.08.2025 da bo'lib o'tadi

0

kun

0

soat

0

daqiqa

0

soniya

Tanlovda qatnashish orqali siz uning rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan barcha qoidalarga rozilik bildirasiz.

Tanlov qoidalari

Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan katta qiziqish va ko‘p sonli auditoriyaning jalb etilishi tufayli "ROODELL" MChJ – Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – #SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 15-avgustgacha uzaytirilganligini, shuningdek, obunachilar soni limiti 15 000 nafargacha oshirilganligini e’lon qiladi.

Savollar qoldimi? Batafsil axborot uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling

Doimiy aloqa telefoni

1333

Tanlovda ADM Global kompaniyalar guruhi xodimlari, shu jumladan Kia brendining mustaqil dilerlari, shuningdek, sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Saytdagi Kia brendi mahsulotlarining narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat axborot berish maqsadida taqdim etilgan. Ko‘rsatilgan narxlar Kia dilerlarining amaldagi narxlaridan farq qilishi mumkin. Kia mahsulotlarining joriy narxlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun Kia dilerlariga murojaat qiling. Kia brendining istalgan mahsulotini sotib olish yakka tartibdagi oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobilning taqdim etilgan tasvirlari sotilayotganlaridan farq qilishi mumkin.

“Roodell” MChJ O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradi. Sotilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan subyektlarning iste’molchi xatti-harakatlari monitoringi o‘tkazilmaydi. Tegishli modellar va konfiguratsiyalar hamda ularning mavjudligi, narxlari, mumkin bo'lgan imtiyozlari va sotib olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasidagi Kia dilerlaridan olishingiz mumkin. Mahsulot sertifikatlangan. Bu ommaviy offerta emas.