Ishtirokchilar va blogerlar yaratgan videolarni kashf eting #SonetUzStyle heshtegi yoki @kia__uzbekistan belgilari orqali tashrif buyuring – o‘z ilhomingizni toping va g‘alabaga intiling.
Ijodkorlik – bu eng muhim jihat. Biz g‘oya, uslub va qalbga ega kliplarni izlamoqdamiz. Hakamlar hay’ati eng yorqin va o‘ziga xos ishtirokchilarni saralab oladi. Quyidagilarni bilish muhim: 1. Kadrda avtomobil mavjudligi – shart emas. Kia Sonet ruhini obrazlar, kayfiyat va o‘xshatishlar orqali namoyish eting. 2. Tanlov barcha uchun ochiq. Agar siz 5000 nafargacha obunachilarga ega bo‘lsangiz – siz bizning ishtirokchimizsiz. Biz yangi iste’dodlarning ovozini eshitishni istaymiz. 3. Brend treki va belgisi – bo‘lishi lozim. Kia_Sonet_Uz trekidan foydalaning, @kia__uzbekistan’ni belgilang va akkauntingiz ochiqligiga ishonch hosil qiling. Hakamlar hay’ati uchun nima muhim? Baholash mezonlari Ijodkorlik – barchasining diqqat markazida turadi. Biz dadil g‘oyalar, yorqin obrazlar va haqiqiy ilhomni izlamoqdamiz.
G'oyaning o'ziga xosligi Bizni hayratda qoldiring! Hali hech kim ko‘rmagan narsalarni ko‘rsating. Biz nostandart bo‘lgan yondashuvlar, kutilmagan rakurslar va mavzuga yangicha qarashni kutmoqdamiz. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -G'oyaning yangiligi va o'ziga xosligi; -Syujet yoki kutilmagan burilish; -Rolik qanchalik darajada esda qolishi.
Vizual uslub Nafaqat nima, balki qanday bo‘lishi ham muhim. Telefon orqali suratga olindimi? Ajoyib – asosiysi, zamonaviy va drayv asosida bo‘lishi kerak. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -Yaxshi yoritilgan tiniq va aniq rasm; -Kreativ bo‘lgan rakurslar, dinamik tarzdagi o‘tishlar va montaj; -Rolik brend treki ritmiga qanchalik mos kelishi.
Bizning chellenjimiz Kia Sonet – bu faxrlanishga arziydigan milliy mahsulot ekanligi haqida. Buni ramzlar, obrazlar, syujet, kayfiyat orqali berish mumkin. Avtomobilni real suratga olmasangiz ham, uning xarakteri va ruhiyatini ifodalashingiz mumkin: Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -"Kia Sonet – O‘zbekiston g‘ururi " g‘oyasi qanday yetkazilgan; -Zamonaviy, jo‘shqin bo‘lgan avtomobil g‘oyasini O‘zbekiston hayoti, madaniyati, odamlari va kelajagi bilan qanchalik muvaffaqiyatli bog‘ladingiz? -Videongiz ijobiy his - tuyg‘ular uyg‘otadimi: faxr, quvonch, iliqlik va daxldorlik hissiyotlari?
Milliy uslub – tafsilotlarda. O‘zbekiston chiroyini sizning obyektivingiz orqali muhabbat va ehtirom bilan ko‘rishni istaymiz. Hakamlar hay'ati quyidagilarni baholaydi: -Madaniyatdan chiroyli va zamonaviy tarzda foydalanish: makonlar, kiyimlar, bezaklar, urf-odatlar; -Taqdim etishni samimiy va hurmat asosida amalga oshirish; -Bu rolik g‘oyasini ochib berishga qanchalik yordam beradi
Yo‘q, kadrda avtomobilning mavjudligi emas, balki g‘oya, kreativlik darajasi baholanadi.
Tanlovimiz mashhur blogerlar uchun emas, balki g‘oyasi, qarashlari va o‘zini ko‘rsatish istagi bor xohlovchilarlar uchun. Biz yangi ovozlarga imkoniyat beramiz – shuning uchun video joylash paytida obunachilari soni 5 000 nafardan kam bo‘lgan akkauntlargina ishtirok etishi mumkin.
Ishingizni albatta ko‘rib chiqamiz, lekin tanlov doirasida baholay olmaymiz.
Tanlov faqat Instagramda o‘tkaziladi
Ha, bizning trekimizdan foydalanish, #SonetUzStyle heshtegi va @kia__uzbekistan akkauntini belgilash – majburiy shart hisoblanadi
Ha, tanlov davomida akkauntingiz ochiqligini tekshiring, aks holda videongizni ko‘ra olmaymiz.
Hakamlar hay’ati 4 ta asosiy jihat bo‘yicha baholaydi: 1. G‘oyaning o‘ziga xosligi – lol qoldiring! 2. Vizual yondashuv – video bizning trekimiz ostida “aylansin”! 3. Kia Sonet va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqa – Sonet bizning faxrimiz ekanligini ko‘rsating. 4. O‘zbekona ohang – til, urf-odatlar, kiyim-kechak, musiqa, taomlar – O‘zbekistonni betakror qiladigan barcha jihatlar!
Hakamlar hay’ati birinchi navbatda g‘oya, uslub va taqdimot darajasini baholaydi. Ammo agar bir nechta ijodiy ish bir xil ball to‘plasa, unda ko‘rishlar soni va jalb qilinganlik darajasi finalchini tanlashda rol o‘ynashi mumkin.
Agar tashkilotchi 2 ish kuni ichida siz bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unda ishingizni direktga yuborishingiz va sababini aniqlashtirishingiz mumkin
O‘zbekiston yo‘llari uchun yaratilgan yorqin shahar krossoveri. Avtomobil egasiga aylaning – tanlovda ishtirok eting va g'alaba qozoning!
Yangi Smartstream G1.5 MPi dvigateli
Bose premium darajadagi audio
O‘rindiqlarni ventilyatsiya qilish
#SonetUzStyle tanloviga arizalar qabuli tugashiga juda oz vaqt qoldi! Imkoniyatni boy bermang - arizalar 27.07.2025-yilgacha qabul qilinadi
Tanlovda qatnashish orqali siz uning rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan barcha qoidalarga rozilik bildirasiz.
Tanlov qoidalariSavollar qoldimi? Batafsil axborot uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling
Doimiy aloqa telefoni
Tanlovda ADM Global kompaniyalar guruhi xodimlari, shu jumladan Kia brendining mustaqil dilerlari, shuningdek, sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi