Yangi Kia

Sonet

Yangi liderlar davri kelmoqda!

Yangi Smartstream G1.5 Mpi dvigateli

Bose premium-audio tizimi

O'rindiqlar ventilyatsiyasi

Yorqin o'ziga xoslik

Kia Sonet ishonchli va dinamik ko'rinishga ega. Lekin bular unng yagona emas fazilatlari emasdir. U ishonchlilik va nafislikning ajoyib uyg'unlashuvini taqdim etadi. Kengligi va samaradorligi bilan hushnud etadi. Sonetni boshqarish oson va eng ilg'or texnologik yechimlar bilan jihozlangandir. Ushbu krossoverning ixcham o'lchamlari ortida haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar yashiringan.

Dizayn

Ko'p qirrali iste'dodlar

Yangi Kia Sonetning dizayni ushbu krossoverning ko'p qirrali imkoniyatlarini ta'kidlaydi. Sportcha silueti yo’ltanlamas avtomobilga hos aksentlar bilan uyg’unlahgandir. Yukxona bo'lmasi eshigi shakli universal foydalanish uchun yaratilgan: uzoq safar davrida juda ko'p yuklarni yuklash uchun ham, shahar bo'ylab qisqa sayohatlarda tez-tez ochish va yopish uchun ham bir xilda qulaydir. Kia Sonet imkon qadar funktsionallikka ega bo’lib, undan foydalanishda chinakam zavqni bag'ishlaydi.



Radiator panjarasining ko’rkam dizayni firmaning "yo'lbars tabassumi" uslubida, yoritilish texnkalaining surati esa "yurak urishi" stilida yaratilgan.

Orqa eshiklar ortidagi tomning baquvvat qiya ustunlari yukxona va orqa yon oynalarning lniyasini ta'kidlab, avtomobil siluetiga qo'shimcha uchqurlik va sportcha uslub bahsh etadilar

Ular tomonidan "yurak urishi" uslubiyatida yaratiladigan "yortilish imzosi" funktsional bo’lib, shu bilan birga ko’rkam ko’rinishga egadir.

Texnologiyalar

Yuqori texnologiyalar va qulay osoyishtalik

Haydovchining yuqori joylashuvi va ortni ko'rish kamerasi ajoyib ko'rinishni ta'minlaydi. Qurshab turuvchi qulaylik va yuqori texnologik yechimlar har bir safarda erkinlik, dinamika va haydashdan zavq olinishini ta'minlaydi. Kia Sonetning puxta oylangan interyeri kengdir, Premium toifadagi Bose audio tizimi esa uni yuqori sifatli, hajmli va yorqin tovush bilan to'ldirib, kontsert zaliga aylantiradi.



TFT-matritsasi asosidagi sensorli SK - displey audiotizimini oddiy teginishlar orqali audio tizimni boshqarish imkonini beradi. Android Auto va Apple CarPlay smartfonlar integratsiyasini qo'llab-quvvatlov platformasi tufayli simsiz aloqa orqali ulangan mobil qurilmaning asosiy ekranidagi ma’lumotni unda aks ettirish mumkin.

To'liq rangli raqamli qurilmalar paneli safar va avtomobilning barcha tizimlari ishi bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlarni aks ettiradi

Salonning old tomonida quvvatlilari va past chastotalilari orqa tomonida joylashtirilgan 7 ta dinamikli Premium toifadagi BOSE Premium Sound System tizimi, ajoyib tovush sahnasini shakllantiradi

Markaziy konsolning old qismidagi sovutiladigan panel qo'shimcha simlarsiz mos keladigan mobil qurilmani zaryadlash imkonini beradi.

Transmissiya selektori "ortga yurish" holatiga qo'yilganda, markaziy 8 dyuymli displeyda Sonetning ortidagi, ustiga parkovkalanishga ko’maklashuvchi yo’naltiruvchi chiziqlar aks etuvchi maydonning tasviri paydo bo'ladi.

Doimo qulaylik qurshovida

Yangi Kia Sonetda haydovchi va yo'lovchilar yuqori darajadagi qulaylik bilan sayohat qilishlari mumkin. O'rindiqlar mustahkam va qulay, stakan ushlagichlari, USB zaryadlovchisi ulagichlari, ko'plab mayda buyumlarni saqlash uchun bo’lmalar esa salon ichidagi har bir yo’lovchi uchun mavjud. Qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranining "Choksiz" ulanishi Sonetni Kianing boshqa model qatorlari bilan birlashtirib interyerni yanada zamonaviyroq qiladi.

Qulaylik

Sarguzashtlarga doim tayyor!

Ehtimol, o'zingizning kichkinagina ekspeditsiyangiz uchun rejalar tuzyapgandirsiz? Yoki safarda har qanday holatga tayyor bo'lishni istarsiz? Sonet, shahar ichra sayohatlarda ham, shahar tashqarisidagi sayohatlarda ham foydali bo'lgan ko'plab interyer va eksteryerning imkoniyatlari va optsiyalarini taklif etadi.



Dvigatel

Mukammallikka yetkazilgan soddalik

Dvigatel va transmissiyaning samarali va ishonchli kombinatsiyasi Sonetni hatto zich shahar tirbandligida ham oson va qulay haydash imkonini yaratadi. Avtomobil zavqli xarakterga ega, shu bilan birga zamonaviy yuqori samarali bort elektron tizimlari tufayli dinamika va xavfsizlik bir-biri bilan mukammal tarzda uyg’unlashadilar.



Dvigatel Smartstream G1.5

  • 115 o.k
    Dvigatel quvvati
  • 143,8 n.m
    Aylantiruvchi moment

Xavfsizlik

Haydovchiga yordam tizimlari

Siz tinch va osoyishta rulni boshqarishingiz uchun xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari majmuasi. Sonetning haydovchisi va yo'lovchilarini 6 ta xavfsizlik yostiqchasi himoyalaydi. Kuzovning ko'plab elementlari yuqori bardoshli po'latdan yasalgan bo'lib, bu kuzovning qattiqligini ortiradi, to'qnashuv paytida zarb energiyasini mukammalroq tarzda taqsimlash va tarqatish imkonini berib, salonning yo'lovchilar zonasini va avtomobil ichida bo'lganlarni ishonchliroq himoyasini ta’minlaydi.



Agar avtomobil qiyalikda to'xtatilsa, tizim tormozlarni ishga tushitadi, bu esa haydovchiga tormoz pedalidan oyog'ini olib, gazni bosish imkonini beradi. Buning natijasida harakatining xavfsiz va bir maromli tiklanishini ta'minlanadi.

Agar shinalardagi bosim belgilangan darajadan pastga tushsa, qurilmalar panelida ogohlantirish aks etadi va qay bir shina e'tiborga muhtojligi ko'rsatiladi.

Variator yo'l sharoitlariga mos ravishda dvigatelning aylanish tezligini eng samarali diapazonda avtomatik ushlab turadi. 6-pog'onali mexanik uzatmalar qutisi haydovchiga uzatmalarni aniq va tez almashtirishga imkon beradi.

360° tomosha qilish

Sonet

  • Tashqi
  • Ichki makon
Rang: Clear White (UD)
Rang: Qora, mato qoplamasi (WK)

Konfiguratsiya

Imkoniyatlari Sonet

3 mavjud konfiguratsiyalar

Xizmat ko’rsatish

Kafolat va xizmat

Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.

Konsultasiya

Batafsil bilib olish Kia Sonet

Diler qo'ng'irog’iga buyurtma berish