K8
8 pog’onali avtomatik transmissiya
300 o. k. quvvatli 3.5 GDI dvigatel
Harakat
Harakat va ish ilhom manbai va inson evolyutsiyasining kelib chiqishidir. Insoniyat doimiy sayohat va tadqiqotlar, yangi joylarni izlash, yangi odamlar bilan tanishish va yangi tajriba orttirish orqali rivojlandi. Shunday qilib, Kia hayotga mobillik uchun yangi imkoniyatlar taklif etadigan xizmatlari va yanada takomillashtirilgan avtomobillari yordamida yangi ilhom bag’ishlashga tayyor. Kia innovatsion xususiyatlari va makonlari, shuningdek, qulay qo’shimcha xizmatlari hayotda muvaffaqiyatga olib keladigan yangi imkoniyatlarni ochadi.
Hayotni yangi Ilhom bilan to’ldiradigan sport uslubidagi futuristik dizayn. K8 dizayni mobillikning kelajagini tasavvur qilish uchun hozirgi paradigmalardan ajralib turadi. "Barchasi birda" radiator panjarasi bilan yangi bamper noodatiy, ammo jozibador va fastbek sport kuzovining mutlaq uyg’unligi klassning yangi darajasini belgilaydi.
Ultrazamonaviy panellar bilan yuqori texnologiyalarni boshqarishdan zavqlaning. Ko’zlarning e’tiborini tortadigan, barmoq uchlari bilan seziladigan va eshitiladigan barcha texnologiyalar va dizaynlar, puxta takomillashtirildi va optimallashtirildi. Foydalanuvchilar turli funksiyalarni ichki his bilan sezgan ravishda boshqarishi, musiqa va haroratni o’z xohishiga ko’ra moslashtirishi va K8'da tashvishsiz hayotdan bahramand bo’lishlari mumkin.
Drive Wise
Haydovchini qo’shni chiziq bo’ylab yaqinlashib kelayotgan avtomobil bilan to’qnashuv xavfi haqida ogohlantiradi. To’qnashuv xavfi oshib ketganda tormozlar avtomatik ravishda yoqiladi. Shuningdek, tizim parallel turgan avtomobil yo’lga chiqib, qo’shni chiziqqa yaqinlashsa ham faollashadi.
Avtomobil eshigi ochilayotganda qo’shni chiziq bo’yicha orqa tomondan avtomobil yaqinlashib kelayotgan bo’lsa, signal beradi. Eshiklar ochilmasligi uchun bolalar elektron xavfsizlik qulfini faollashtiradi.
Haydovchini avtomobil, piyoda yoki velosipedchi bilan to’qnashuv xavfi haqida ogohlantiradi. Agar to’qnashuv xavfi ortib borayotgan bo’lsa, shuningdek, chorrahalarda chap yoki o’ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari bilan to’qnashuv xavfi mavjud bo’lganda tormozlar avtomatik ravishda yoqiladi
Haydovchiga chiziqning markazida qolishiga yordam berish uchun chiziqni kuzatib boradi.
Yuqori texnologiya
Jahon miqyosida yuqori sifatli Meridian audio tizimi salonda toza va realistik tovushni ta’minlaydi. Meridian tiziming o’ziga xos raqamli algoritmi tovushni yo’lovchilarning tinglashdan zavqini oshirish uchun avtomobil tezligidagi o’zgarishlarga moslashtiradi va turli xil sozlamalar taklif qiladi.
Masofadan turib avtomobilingizning holati va atrof-muhitini ko’rsatadi.
Orqa o’rindiqlarda yo’lovchining bor-yo‘qligini orqa eshikning ochilishi va yopilishi hamda salon ichidagi datchiklar orqali aniqlaydi. Xatar signalini berib, klasterda xabar ko’rsatgan holda orqa o’rindiqlarni tekshirish kerakligi haqida haydovchini ogohlantadi.
Yuqori texnologiyali boshqaruv paneli axborot-ko’ngilochar tizimlari va konditsioner tizimlarining asosiy funksiyalarini birlashtiradi va panelning markazida joylashgan bir tizim funksiyasini o‘chirib, ikkinchisinikini yoqishga mo‘ljallangan bitta tugma boshqaruvni yengillashtiradi. Media tovushini va salonda haroratni sozlash kabi intuitiv boshqaruvni talab qiladigan funksiyalar uchun mo’ljallangan barcha jismoniy tugmalar eng yangi elektron qurilmalar kabi sensorli.
Burilish signali yoqilganda orqa tomonni ko’rsatadi.
Dvigatel
Eng yaxshi 3,5 GDI benzinli dvigatel va elektron boshqaruv osma tizimi o’rtasidagi muvozanat betakror dinamiklik va barqarorlikni ta’minlaydi.
- 300 o.k.Quvvati
- 359 Н·мBurovchi moment
- 6,9 sTezlikni 0 dan 100 km/soatgacha oshirish vaqti (ushbu dvigatel uchun minimal qiymat bilan)
Konfiguratsiya
Imkoniyatlari K8
1 mavjud uskunalar
Xizmat ko’rsatish
Kafolat va xizmat
Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.