Kia

EV6

Elektr krossover

Innovatsion elektr avtomobil platformasi E-GMP

Bir zaryad uchun 500 km dan ortiq masofa*

225 ot kuchi va butun g'ildirakli haydovchi

Kia EV6 elektr krossoveri

Kia EV6 elektr krossoveri

Kia ning ilk to'liq elektrli bo'lgan avtomobilini kutib oling. Kia EV6 krossoveri ko‘p jihatlar bo'yicha brend muhandislari va dizaynerlarining yutuqlarini namoyish etadi: u bosib o‘tish mumkin bo‘lgan masofa, futuristik tashqi ko‘rinishi, innovatsion salon, ilg‘or texnologiyalar. Kia EV6 - bu yaxshiroq kelajak sari harakat va haydashning yangi ilhomlantiruvchi tajribasidir.

Eksteryeri

Dizayn uyg'unligi

Kia EV6 dagi har bir detal eng mayda tafsilotlarigacha yahshi o‘ylangan va eksteryerning yagona kontseptsiyasiga jamlanadi. Ushbu elektromobilda murakkab, yuqori texnologiyali elementlar sof, bo'rttirma hajmlar bilan uyg'unlashgan.



Elektron piksellardan ilhomlangan harakatlanuvchi yorug'lik naqshli kunduzgi yurish chiroqlari elektromobilning nafis elementiga aylanganlar .

Kupe-krossover profilini va yaxshi aerodinamikani yaratish uchun yuqori spoyler. Orqa spoylerga yorug'likdiodli yoritgich o'rnatilgan bo'lib, EV6 ning noyob dizaynini shakllantiradi.

Elektron piksellardan ilhomlangan harakatlanuvchi yorug'lik naqshli kunduzgi yurish chiroqlari elektromobilning nafis elementiga aylanganlar .

Zaryadlovchi

Ilhomlanish zaryadlaydi

Kia EV6ning kombinatsiyalangan zaryadlanishni boshqarish tizimi qo'shimcha adaptersiz 400 V va 800 V kuchlanish bilan ishlashga moslashtirilgan. Qaerga borsangiz ham, bu krossover sizning mobil quvvat manbaingizga aylanadi. Ilhomlantiruvchi sayohat uchun kerak bo'lgan har qanday elektr qurilmasiini unga ulang. Avtomobildagi issiqlik nasosi esa dvigatel va boshqa qismlardan issiqlikni yig'ishga qodir va shu bilan qishda yurish masofasini yo'qotilishini deyarli 20% ga kamaytiradi.



Kia EV6 salonidagi va tashqarisidagi qurilmalarni quvvatlantirish uchun 220V to'liq o'zgaruvchan tok oqimidan foydalaning. To'liq zaryadlangan batareyada quvvat uzatish funksiyasi 3,6 kVt quvvatni ta'minlaydi, bu katta televizor va konditsionerni 24 soat davomida quvvatlantirish uchun yetarli.

Kia EV6 - Kia E-GMP platformasida yaratilgan ilk avtomobildir. Noldan ishlab chiqilgan yangi uzun bazali platforma, tekis polni va u bilan birga qulaylik va ergonomika nuqtai nazaridan yangi yechimlarni joriy etishga imkon berdi.

800 voltli zaryadlash moslamasi krossover batareyasini o'rtacha 20 daqiqada 10% dan 80% gacha to'ldirish imkonini beradi. Ushbu tez zaryadlash moslamasi tufayli siz eng muhim ishlaringiz uchun ko'proq vaqt ajrata olasiz.

"Zaryadlovchi portining lyuki, elektrprivod bilan, shuningdek, smartfon yoki ovozli buyruq yordamida ochiladi va yopiladi. Qurilmalar panelining chap tomonidagi eshik yoki tugmani biroz bosish kifoya. Qopqoq ostidagi shkalalar joriy zaryad darajasini ko'rsatadi. "

Innovatsion ichki jabha

Innovatsion ichki jabha

Kia EV6 ichida bo'lganingizda, juda o'zgacha tuyg'ularni his etasiz. Barcha boshqaruv elementlari haydovchi uchun imkon qadar qulay joylashgan. Siz shunchaki ushbu krossover rulida o'tkazgan har bir daqiqadan zavq olishingiz kerak bo'ladi.

Texnologiyalar

Multimedia uskunalari

Kia EV6 ning innovatsion interyeri sayohat qilishga chorlaydi. Haydovchi uchun immersiv tajriba biroz egilgan panorama paneli tufayli yaratiladi. Faol tovushlar jo'rligi tizimi (ASD) krossoverning dinamik imkoniyatlarini his qilish imkonini beradi – ishga tushirilganda u, motor aylanmalari va avtomobil tezligini hisobga olgan holda dvigatelning tovushini imitatsiya qiladi.



Mashina ichidagi har bir kishi qulayliklar bilan ta'minlanadi. Orqa qatordagi yo'lovchilar uchun mobil qurilmalarni zaryadlash USB ulanmalari mavjud.

Panoramali displey raqamli raqamli qurilmalar paneli va multimediya tizimning ikkita 12,3 dyuymli HD ekranlarini choksiz birlashtiradi. Intuitiv tushunarli bo'lgan grafika va sensorli boshqaruv haydovchining maksimal qulayligini ta'minlaydi.

Tezlik, yo'l belgilari haqidagi ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda, yo'l chizigi bo'ylab harakatlanish yordamchisining maslahatlari old oynaga proyeksiya qilinadi. Ekran sizni yo'ldan chalg'itmaslik uchun, ko'rish chizig'ingizdan sa'l pastroqda joylashgan.

Uzatmalarni almashtirtish uchun faqatgina tormoz pedalini bosishingiz va transmissiyani boshqarish shaybasini chapga va o'ngga burishingiz kerak. P tugmasi KIA EV6 ni tohtab turish rejimiga o'tkazadi. "Plyus" va "minus" belgilariga ega yangi rul osti o'zgartirgichlar tizimning soddaligini ta'kidlaydi.

Markaziy konsoldagi 15V quvvatli zaryadlash paneli mos bo'lgan smartfonni simdan foydalanmasdan tezda zaryad qilish imkonini beradi.

Britaniyaning yetakchi audio komponentlar ishlab chiqaruvchisi bo'lgan Meridian ajoyib akustik tajriba yaratish uchun 14 karnayli tizimni ishlab chiqqan.

Yorug'likdiodli sensorli klaviatura bir marta bosish bilan o'z tartibini o'zgartiradi. Multimediyani boshqarish uchun o‘qcha tasviriga yoki iqlim tizimiga o‘tish uchun ventilyator tasviriga bosing.

Qulaylik

Yangi darajadagi qulaylik

Yassi pol va keng kuzov orqali Kia EV6ning dizaynerlari sizning qulayligingiz uchun o'ylangan yechimlarni yaratishda ko'proq erkinlikka ega bo'ldilar. Bo'shashtiruvchi qulay o'rindiqlar vaznsizlik hissini yaratadilar. Sozlamalarning keng doirasi charchoqni minimallashtirib, eng qulay holatga joylashishga imkon beradi.



Kia EV6 ni zaryadlanishida,relaksatsiya funksiyasi deyarli gorizontal holatda yotish imkonini beradi. Keng ko'lamli sozlamalar tufayli o'rindiq sonlar va belga bosimni kamaytirish uchun mo'ljallangan.

"Ventilyatsiyalanuvchi old o'rindiqlar, haydovchi va yo'lovchiga issiq havoda qulayroq muhitni ta'minlaydi. Konsoldagi sensorli tugmalar yordamida havo oqimini boshqaring. "

"Ventilyatsiyalanuvchi old o'rindiqlar, haydovchi va yo'lovchiga issiq havoda qulayroq muhitni ta'minlaydi. Konsoldagi sensorli tugmalar yordamida havo oqimini boshqaring. "

Salonni havo va quyosh nuri bilan to'ldirish uchun bir marta bosish orqali keng ochiladigan va suriladigan lyukni harakatga keltiring.

Yoningizda Smart Key bilan mashina orqasida turing va bir necha soniyadan so'ng yukxona avtomatik ravishda ochiladi. Orqa eshikning ko'tarilishini qulay balandlikda sozlashingiz mumkin.

Orqa o'rindiqlar ortlarini buklash orqali yukxona hajmini 1300 litrgacha oshirish mumkin. Shunchaki qulay joylashgan dastakni tortish kifoya.

Kapot ostidagi bo'linma to'liq privodli modellarda 10 kg yoki 20 litrgacha, orqa privodli modellarda esa 25 kg yoki 52 litrgacha sig'imga ega.

Avtopremiya

«Car of the Year»

Yangi Kia EV6 elektr krossoveri Yevropada «Car of the Year 2022» (2022 yil avtomobili) mavqeiga sazovor bo'ldi. Yevropaning 22 davlatidan 59 nafar taniqli va hurmatli jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati innovatsion to‘liq elektrli krossoverni ushbu yilgi tanlovning mutlaq g‘olibi deb tan oldi

Drive Wise

Elektromobilingizga ishoning

Drive Wise texnologiyalari sizni potentsial xavf-xatarlar haqida ogohlantirish uchun yo'ldagi vaziyatni baholaydi. Qayerga bormang, rulda o'zingizni ishonchli va xotirjam his qilasiz. Chunki, zarurat bo'lganda, tizim nafaqat sizning e'tiboringizni jalb qiladi, balki avtomobilni boshqarishga ham qo'shiladi.



SCC oldinda ketayotgan transport vositasigacha bo'lgan masofani va haydovchi tomonidan o'rnatilgan tezlikni avtomatik ravishda saqlashga yordam beradi, shu jumladan avtomatik to'xtash va qisqa to'xtashdan keyin harakatni davom ettirishni ham.

RCCA orqaga yurishda chapdan/o'ngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bilan to'qnashuvning oldini olishda ko'maklashadi.

Ushbu tizim avtomobilning rulida bo'lmasdan parkovka qilish va parkovkalanish joyidan chiqish imkonini beradi. Agar yo'lda to'siq paydo bo'lsa, Kia EV6 avtomatik ravishda tormozlanadi.

Tor joylarda manevr qilishda bir nechta kameralar avtomobilning yuqoridan kattalashtirilgan ko'rinishini ta'minlaydi, bu sizga avtomobilni ishonchli va xotirjam haydash imkonini beradi.

Tizim avtomobilning yon va orqa tomonidagi vaziyatni nazorat qiladi va ko'rinmas zonada yaqinlashib kelayotgan avtomobil aniqlansa, sizni ogohlantiradi. Zarurat bo'lganda, tizim xavfli vaziyatdan qochish uchun tormozlanishni va rul boshqaruvini faollashtiradi.

Agar orqadan avtomobil kelayotgan bo'lsa,tizim qisqa signal beradi v eshikni ochishga imkon bermaydi. Salondan chiqishdan oldin atrofga qarashni unutmang.

"Kamera va radarlar yordamida FCA tizimi yo'lingiz bo'ylab avtomobillar, piyodalar va velosipedchilarni kuzatib boradi. Zarurat tug'ilganda, tizim sizni ogohlantiradi va to'qnashuvning oldini olish uchun tormozlanishni faollashtiradi. "

Batareya

Energiyani to'liq nazorat qilish

Energiya zaxirasi darajasi yoki zaryadlash uchun zarur bo'lgan vaqt haqidagi ma'lumotlar har doim sizning nazoratingiz ostida. Boshqaruv paneli displeyining chap tomonidagi oddiy belgilar kerakli ma'lumotlarni real vaqtda uzatadi. Keyingi zaryadlash haqida o'ylamasdan sayohatdan rohatlaning.



Orqa privod, batareya 58 kVt/s

  • 170 o.k.
    Quvvat
  • 350 N·m
    Maksimal aylantiruvchi moment
  • 8,5 s
    0 dan 100 km/s gacha tezlashuv (ushbu dvigatel uchun minimal qiymat bilan)

To'liq privod, batareya 77,4KW*s

  • 325 o.k.
    Quvvat
  • 605 N·m
    Aylantiruvchi moment
  • 5,2 s
    0 dan 100 km/s gacha tezlashuv (ushbu dvigatel uchun minimal qiymat bilan)

360° tomosha qilish

EV6

  • Tashqi
  • Ichki makon
Rang: Moonscape Matte (KLM)
Rang: Oq va qora

Konfiguratsiya

Imkoniyatlari EV6

2 mavjud konfiguratsiyalar

Xizmat ko’rsatish

Kafolat va xizmat

Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.

Maslahat

Kia EV6 haqida ko'proq bilib oling

Diler qo'ng'irog’iga buyurtma berish