Carens
Atmosferali dvigatel 1.5 MPI
Salonning olti oʻrindiqli tuzilishi
Oʻrindiqlarning ventilyatsiyasi
Yangi Kia Carens’ning dizayni xay-tek uslubida, tabiatdan ilhomlangan elementlardan foydalanib yaratilgan. Qat’iy, dadil qiyofasi ortida eng zoʻr istiqbolga loyiq boʻlgan nafislik va yuksaklik yashirilgan. Vaqt sinovidan oʻtgan va koʻpchilikka manzur boʻlgan mazkur model mukammallikning yangi darajasiga koʻtarilgan boʻlib, hayratlanarli taassurotlarni taqdim etadi.
Eksteryer
Kia Carens krossvenning taniqli va esda qolarli uslubi hissiyotlar va hurmatni uygʻotadi. Avtomobil jasur va dadil koʻrinishga ega boʻlib, shu bilan birga u eng zamonaviy ma’nodagi nafislikka ham egadir.
- Yodda qoluvchi dizayn
- "Yoʻlbars tabassumi" radiator panjarasi
- Yorug'lik diodli farфlar va kunduzgi yurish chiroqlari
- “Yulduzlar xaritasi” uslubidagi yorug‘lik diodli orqa chiroqlar
- Tomdagi shaffof lyuk
- Ikki rangli 16 dyuymli yengilqotishmadan ishlangan disklar
- Orqa bamperdagi xromlangan qoplama
- Arkalardagi qora plastikli qoplamalar va 180 mm lik yo‘l sathidan balandlik
"Yoʻlbars tabassumi" Kianing firmaviy stilistikasidagi radiatorning panjarasi dizayni raqamli davrning zamonaviy trendlarini inobatga olgan holda Kia yaratilgan
"Yulduzlar xaritasi" uslubidagi yorug'lik diodli faralar va kunduzgi yurish chiroqlari
Kia Carens’ning o‘rindiqlari ko‘rkam va zamonaviy bo‘lib, hatto yilning sovuq davrida ham qulaylikni ta’minlovchi isitish funktsiyasi bilan jihozlangan. Xay-tek uslubida ishlangan old panel, qulaylik muhitini yaratib haydovchini va yo‘lovchini go‘yoki o‘rab turadi. Avtomobilning interyeri har bir sayohatingizni mukammal qilish uchun mayda detallargacha sinchkovlik bilan puxta ishlangan.
Interyer
Salonning kengligi – ushbu avtomobillar sinfidagi eng maqbullaridan biridir. Bu yerda chinakamiga dam olish va o‘zingizni his qilishingiz mumkin. Oilaviy sayohatga chiqish uchun joy yetarli – olti o‘rindiqli tuzilish bunga osonlikcha imkon beradi. Mato yoki ekocharm bilan bezatilgan o‘rindiqlar uch qator joylashgan. Uydan uzoq bo‘lganingizda ham o‘zingizni uyingizdaday his qiling.
Hamma qulay joylashishi muhimmi yoki ko‘proq bagaj olibmi? Kia Carens oilaviy sayohatlaringiz uchun kerakli bo‘lgan joy hajmini taqdim etadi. Yo‘lga chiqayotganda, hech narsani uyda qoldirib ketmaysiz.
Ikkinchi qatordagi o‘rindiqlarni tugmani bir marta bosish orqali elektr privod yordamida yig‘ish mumkin
Shiftga ikkinchi va uchinchi qatorlar uchun havoni konditsionerlash maqsadida alohida kanallar uchun deflektorlar o‘rnatilgan
O‘rindiqning orqa qismiga o‘rnatilgan stakan ushlagichli va gadjet tayanchiga ega qatlanadigan stolcha
Umumiy saqlash hajmi 2,5 litr bo‘lgan old eshiklar cho‘ntaklaridagi shishalar uchun ushlagichlar hamda krujkalar ichimlik bankalari uchun sovutiladigan bo‘lmalar
Texnologiyalar
Gap qulaylik haqida ketgana, hatto eng kichik detallar ham muhimdir. Kia Carens’ning salonida ko‘plab kichik xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular qisqa shahar ichra sayohatlarda ham, uzoq sayohatlarda ham ulkan qulaylik tuyg‘usini yaratadi. Transformatsiyalanuvchi salon, buyumlarni saqlash uchun turli xil bo‘lmachalar, qurilmalarni zaryadlash uchun alohida USB-C portlari va yana ko‘plab narsalar – bularning barchasi yangi Kia Carens’da mavjud.
- Apple CarPlay va Android Auto’ga ega multimedia
- Sakkiz karnayga ega premium toifasidagi BOSE Premium Sound audio tizimi
- 64 ta rang varianti bo‘lgan atmosferaviy yoritilish
- Rangli 4.2" LCD displeyli raqamli qurilmalar paneli
- Iqlim-nazoratini boshqarish paneli
- Koʻp funksiyali markaziy konsol
- Qoʻshimcha USB-C port
- USB portlari va saqlash uchun boʻlmachaga ega markaziy tirsak tayanchi
Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi old panelga integratsiyalangan multimedia
USB va USB-C portlari, 12V rozetka va bir nechta muhim tizimlarni boshqarish tugmalari simsiz zaryadlash paneli yonidagi markaziy konsolda qulay joylashtirilgan.
Uchinchi qatordagi yoʻlovchilar oldingi oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchilardan telefonlarini zaryadlashlarini soʻrashlariga hojat yoʻq: alohida USB-C port ularning ixtiyorida
Markaziy tirsak tayanchining orqa qismida nafaqat USB va USB-C portlari, balki ichimliklar uchun sovutish boʻlmasi ham mavjud.
Dvigatel
Yangi Kia Carens oʻzining kuchli xususiyatlari bilan sizni hayratda qoldiradi. U dinamikasi va qiziqarli boshqaruvi bilan chinakamiga zavq baxsh etish imkoniyatiga ega.
- 115 o.kDvigatelning quvvati
- 144 n.mAylantiruvchi moment
- 160 o.kDvigatelning quvvati
- 253 n.mAylantiruvchi moment
Xavfsizlik
Kia Carens uchun ushbu sinfdagi avtomobillari eng zoʻrlaridan biri boʻlgan, standartlarga qoʻshimcha xavfsizlik imkoniyatlarini oʻz ichiga oluvchii Robust 10 toʻplami taqdim etiladi. Ushbu toʻplam bilan Carens oʻz segmentidagi eng xavfsiz avtomobil unvoniga asosli ravishda da’vogarlik qiladi. Sizning xavfsizligingiz – biz uchun yangi model ishlab chiqilishining boshlanishidanoq amalga oshiriladigan vazifadir.
Konfiguratsiya
Imkoniyatlari Carens
4 mavjud konfiguratsiyalar
Xizmat ko’rsatish
Kafolat va xizmat
Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.