5 Декабря 2024

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha sotuv natijalari

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha sotuv natijalari

Kia O‘zbekistonda ommalashgan modellar sotuvini oshirishni davom ettirmoqda. 2024-yilning noyabr oyida umumiy sotuv hajmi 2 445 donani tashkil etdi. Bunday natija ham ommaviy segmentni, ham premium darajadagi avtomobillarni qamrab olgan keng turdagi modellar qatoriga barqaror qiziqishni namoyish etadi.

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha sotuv natijalari

Ixcham bo‘lgan Sonet krossoveri salmoqli 1654 dona sotuvga erishib, umumiy hajmining 67,6 foizini egallashi, uni sotuvlar bo‘yicha o‘zgarmas yetakchi sifatida qoldirmoqda. Bunday ommaboplik arzon narx, tejamkorlik, shahar muhitidagi qulaylik va zamonaviy dizaynning uyg‘unligi bilan izohlanadi.

Ikkinchi o‘rinni 258 dona sotilgan avtomobillar (10,6 foiz) bilan ishonchli natijani ko‘rsatgan Sportage egalladi. Ushbu model o‘zgacha uslubli tashqi ko‘rinish, keng hajmli salon, ilg‘or texnologiyalar va yo‘ltanlamas sifatlarga ega imkoniyatlarning uyg‘unligi tufayli xaridorlar orasida sevimli bo‘lib qolmoqda. Sportage uzoq vaqtdan beri o‘zini shahar va uzoq safarlar uchun mos keladigan keng qamrovli avtomobil sifatida ko‘rsatdi.

Noyabr oyida 179 dona sotilgan avtomobillar (7,3 foiz) bilan iste’molchilari orasida ommaviyligi bo‘yicha uchinchi Kia modeli sifatida K5 avtomobili bo‘ldi. K5 qulaylik, ilg‘or texnologiya va jo‘shqinlik o‘rtasidagi muvozanatni izlayotgan auditoriyaga mo‘ljallangan o‘ziga xos va ommabop sedan o‘rnini egallaydi.

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha sotuv natijalari

Sorento va Carens sotuvi bo‘yicha 176 dona (7,2 foiz) natijasi bilan munosib ko‘rsatkichlarni namoyish etdi.

Sorento – bu qudratli dvigatel, keng hajmli interyer va yuqori darajadagi xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan flagmanli yo‘ltanlamas. Model, ayniqsa, oilaviy safarlar, uzoq muddatli sayohatlar va har qanday sharoitda foydalanish mumkin bo‘ladigan avtomobilni izlayotgan xaridorlar orasida mashhur. Sorento’ning premium darajadagi opsiyalari uni qulaylik va zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydiganlar uchun jozibali tanlovga aylantiradi.

Carens, o‘z navbatida, ixcham oilaviy minivenlar segmentini taqdim etadi. Uning asosiy afzalliklari kenglik, qulaylik va ishonchlilik bo‘lib, uni oilalar uchun ajoyib yechimga aylantiradi. Carens keng imkoniyatlarga egaligi, zamonaviy ko‘rinishi va egasining turli ehtiyojlariga avtomobilni moslashish imkonini beruvchi salonning moslashuvchan konfiguratsiyasi bilan ajralib turadi.

Ikkala model ham oilaviy xaridorlarga mo‘ljallanganligi, yuqori darajadagi jihozlanishi hamda narx va sifatning muvozanatli uyg‘unligi tufayli barqaror talabni namoyish etmoqda.

Boshqa modellarning sotuvi noyabr oyi umumiy hajmining 7,3 foizini tashkil etdi.

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha sotuv natijalari

Kia avtomobillari xaridorlari orasida erkaklar 65,7 foiz, ayollar esa 34,3 foizni tashkil etdi.

Yosh toifalari bo‘yicha eng ko‘p xaridlar 30-39 yoshdagi – 30,5 foiz, undan so‘ng 40-49 yoshdagi – 26 foiz va 50-59 yoshdagi – 22,3 foiz xaridorlar guruhlarida qayd etilgan bo‘lsa, 18-29 yoshdagi xaridorlar ulushi 9,8 foiz, 60-69 yoshdagilar – 10,4 foiz, 70 yoshdan kattalar – 1,1 foizni tashkil etdi.

Xulosa o‘rnida shuni qayd etish kerakki, Kia O‘zbekistonda iste’molchilar talablariga javob beradigan keng turdagi modellarni taklif qilish orqali o‘z sotuvlarni muvaffaqiyatli oshirib bormoqda. Yuqori sifat va zamonaviy texnologiyalar tufayli kompaniya bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom etmoqda va yangi modellar qatorini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun ijobiy rivojlanishni bildiradi.