17 Декабря 2021

Kia 2021-yil noyabr oyi yakunlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha savdo natijalarini e'lon qiladi

Kia kompaniyasi 2021-yil noyabr oyida dunyo bo‘yicha umumiy hisobda 222 232 dona avtomobil sotilganligi haqida xabar berdi.

O‘zbekistonning ichki bozorida 285 dona Kia avtomobili xaridorlar qo‘liga topshirildi. O‘zbekiston bozorida krossoverlar savdo yetakchilariga aylanishdi. Eng katta hajmni 196 dona avtomobil bilan Kia Seltos namoyish etdi. Ikkinchi o‘rinda – 73 dona miqdorda sotilgan o‘rta o‘lchamdagi Sorento krossoveri.

Dunyo bozorida 222 232 dona Kia avtomobili sotilgan. Eng katta hajmda sotilgan model ixchamgina Seltos krossoveri bo‘lib, 42 929 dona miqdorda sotilgan. Ikkinchi o‘rinda – Kia Sportage 30 992 dona sotilgan avtomobil bilan Kia Sportage. Noyabr oyida eng ko‘p sotilgan modellar uchligini Kia Rio yakunladi, uni 27 115 ta xaridor sotib olgan.