Joriy yilning yanvar-iyun oylari orasida o'zbekistonliklar 7 122 ta Kia avtomobilini harid qilib, brendning mamlakatimizdagi sotuvlarining tarixiy maksimal darajasini o’rnatishdi. Ushbu ko'rsatkichlar o'tgan yilning shu davridagi ko'rsatkichlardan ancha yuqoridir. O'sish qariyb 329%ni tashkil etdi.
Yangilangan Kia Sportage modeli krossoverlar segmentida 2485 ta avtomobil natijasi bilan rekordchiga aylandi. To'liq o'lchamli Kia Sorento krossoveri 1 742 ta dona sotilib, ikkinchi o'rinni egalladi. D-klass segmentida yetakchilikka erishgan model, bu Kia K5 sport sedani (1 742 birlik) bo'lib, u "absolut" yo’nalishi bo’yicha uchinchi o'rinni egalladi. Va B-krossoverlar segmentida esa eng ko'p harid qilingan, barchaga maqbul bo’lgan Kia Seltos (986 dona) bo'lib, uning yangilangan modeli taqdimoti shu yilning fevral oyida bo'lib o'tgan edi.
2023 yilning mart oyida Kia Bongo tijorat yuk mashinasining sotuvlari boshlandi. Bozordagi yangilikni o'zbekistonliklar iliq kutib olib, ushbu avtomobil kelgusi yillarda o'z segmentida yetakchilik uchun kurashishda yetarli salohiyatga ega deb hisoblashlarini bildirdilar.
Kia atrofimizdagi o'zgaruvchan olamga moslashib bormoqda va ilk Kia EV6 elektr krossoverini ishlab chiqardi. Joriy yilning aprel oyida O'zbekiston bozorida tengi bo’lmagan premium toifasidagi avtomobil sotuvlari boshlanishiga bag'ishlangan ulkan tadbir o'tkazildi.
Kia avtomobillarining mashhurligi tez sur'atlar bilan oshib bormoqda, demak, tobora ko'proq o'zbekistonliklar brendni hayotlari davomidagi ishonchli sherik sifatida boshqalardan afzal ko'rmoqdalar.