3 Июля 2024

Oʻzbekistonda Kia’ning 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

Oʻzbekistonda Kia’ning 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

Kia avtobillarining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyuteri boʻlgan – ADM Global kompaniyalar guruhi sotuvlar boʻyicha hisobotini taqdim qildi, – yana 1220 xaridor oʻz avtomobillarini qabul qilib oldilar.

Barchaga manzur boʻlgan Kia K5 biznes-sedani oʻzining sotuvlar boʻyicha yetakchi maqomini tasdiqladi – iyun oyida 282 nafar xaridorlar oʻz avtomobillarini qabul qilib oldilar. Bu butun Kia model qatorining iyun oyidagi umumiy sotuvlar hajmining 23 foizini tashkil etdi.

Kia K5 – yuqori darajadagi stil, qulaylik va texnologik imkoniyatlarga ega boʻlgan biznes-avtomobillar segmentining muhim vakili. Aerodinamik dizayni, salonining zamonaviy jihozlanishi va ilgʻor xavfsizlik tizimlari uni Oʻzbekistondagi avtomobil ixlosmandlari orasida oʻta mashhurlikka erishishiga sabab boʻldi. Oʻzining oʻlchamlari tufayli sedan haydovchi va toʻrt yoʻlovchi uchun qulay joylashuvni ta’minlaydi.

Yetakchilar roʻyxatidagi ikkinchi oʻrinni minimal farq bilan birvarakayiga uchta model egalladi: Sportage, Sonet – 19 foiz (235 dona) va Sorento – 18 foiz (218 dona).

Oʻzbekistonda Kia’ning 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

Brutal qiyofali Kia Sportage krossoverlar orasidagi sotuvlar boʻyicha yetakchi oʻrinni egalladi, bu esa yoʻltanlamaslik xususiyatlarga ega shahar avtomobillarining tobora ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Uning jozibador dizayni, ilgʻor texnologiyalari, yuqori oʻlchamli va ajoyib dinamik xususiyatlari iste’molchilarning keng qatlamini jalb etadi. Model 2.0 MPI va 2.5 GDI dvigatellari bilan turli xil komplektatsiyalarda mavjud.

Yetti oʻrindiqli Kia Sorento krossoveri oʻzining shahar sharoitlarida ham, yoʻlsizlikda ham samarali ishlay oladigan yuqori sifatli va ishonchli oilaviy avtomobil mavqeini ta’kidlaydi.

  • Qudrat va brutal xarakterni ta’kidlaydigan zamonaviy dizayn.
  • Ergonomik jihatdan puxta loyihalashtirilgan qulay salon.
  • Qudratli va ishonchli dvigatel.
  • Xavfsizlikning ilgʻor tizimlari.

Ushbu keng krossover har safarda sizga zavq bagʻishlaydi!

Kia Sonet – oʻz segmentidagi eng jozibali va muvozanatli takliflardan biridir. Ushbu krossover iste’mol xususiyatlari, zamonaviy texnologiyalar va raqobatbardosh narxning optimal uygʻunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarilishining Oʻzbekistonda mahalliylashtirilishi sezilarli darajada xaridorlarning modelga boʻlgan qiziqishini orttirdi. Agar siz tejamkor, ammo shu bilan birga munosib subixcham SUV istayotgan boʻlsangiz, unda Kia Sonet Siz uchun ajoyib tanlovdir.

Oʻzbekistonda Kia’ning 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

Barcha sotuvlar hajmining 20 foiz qolgan modellarga: premium toifasidagi K8 va K9 biznes sedanlari, yuqori sigʻimga ega Carnival va Carens, ixcham Seltos va Cerato hamda kam tonnajli Bongo tijorat yuk avtomobiliga toʻgʻri keladi.

Ta’kidlash joizki, Kia avtomobillari nafaqat poytaxtda xaridorgirdir, balki sotuvlar butun Oʻzbekiston boʻylab faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda Kia’ning 2024-yil iyun oyidagi sotuvlari natijalari

Sotuvlar natijalari, iste’molchilarning Kia brendiga boʻlgan yuqori ishonchidan dalolat beradi. Mijozlar avtomobillarning taklif etilayotgan avtomobillarning yuqori sifat standartlarini, zamonaviy texnologiyalarini, ishonchliligi va sifatini alohida qadrlaydilar.

Ta’kidlash kerakki, rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilingan Kia’ning barcha avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km yurishiga kafolat ama qiladi.

Kredit dasturlari bilan Kia’ning axborot liniyasi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki Kia’ning rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.

Kia’ning Oʻzbekistondagi axborot liniyasi: +998 55 500 83 33