4 Августа 2024

Iyul oyida Kia avtomobilarining sotuvlari oshdi

Iyul oyida Kia avtomobilarining sotuvlari oshdi

Kia avtomobil brendining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yilning iyul oyida avvalgi oyga nisbatan sotuvlar 43,5 foizga oshganini ma’lum qildi.

Sonet – iyul oyidagi sotuvlarining mutloq yetakchisidir. Shiddat bilan mashxurlikga erishayotgan yangi model iyul oyida 1260 dona sotilib, bu Kia modellarining umumiy sotuvlar hajmining 58,3 foizni tashkil etdi. Ushbu juda ixcham krossover zamonaviy texnologiyalar, amaliy xususiyatlar va jozibador narxning uygʻun kombinasiyasi tufayli xaridorlarning e’tirofiga sazovor boʻldi. Ishlab chiqarishni Oʻzbekistonda mahalliylashtirilishi modelni yanada arzonlashtirishga imkon berdi. Agar siz tejamkor, ammo shu bilan birga zamonaviy va funksional SUV izlayotgan boʻlsangiz, Kia Sonet – siz uchun eng yaxshi tanlovdir.

Iyul oyida Kia avtomobilarining sotuvlari oshdi

Iyul oyida Sportage modeli sotuvlar hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, Kia avtomobillarining sotuvlari umumiy hajmining 11,7 foizni yoki 252 dona birlikni tashkil etdi. Ushbu krossover oʻzining jozibador dizayni, oshirilgan yoʻl sathidan balandligi va zamonaviy texnologik yechimlari bilan ajralib, bu uni shahar auditoriyasi orasida talabgir qilmoqda.

Iyul oyidagi sotuvlar hajmi boʻyicha, ammo ahamiyati boʻyicha emas uchinchi oʻrinni 216 dona birlikda sotilgan Sorento modeli egallab, bu umumiy sotuvlar hajmining 10 foizni tashkil etadi. Ushbu yetti oʻrindiqli krossover allaqachon oʻzini ishonchli va yuqori sifatli oilaviy, shahar yoʻllarida ham, yoʻlsizlik sharoitlarida ham a’lo ekspluatasion xususiyatlarni ta’minlaydigan avtomobil sifatida namoyon eta oldi. Model zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan boʻlib, bu haydovchi va yoʻlovchilarni himoyalanganlik darajasini orttiradi, shinam va ergonomik saloni esa barcha yoʻlovchilar uchun, hatto uzoq sayohatlarda ham umumiy qulaylik darajasini oshirilishiga yordam beradi. Ma’lum haydovchining odatlariga moslashuvchi funksiyaga ega yangilangan kruiz-nazorati tizimi alohida e’tiborga loyiqdir. Xaridorlarning istagiga binoan 2,5 MPI (175 ot kuchi) yoki 3,5 MPI (272 ot kuchi) qudratli, yoʻllarda dadillikni kafolatlay oladigan kapot ostidagi dvigatellar taklif etiladi.

Keyingi oʻrinlarda 201 dona avtomobil birlikda sotilgan biznes-klassidagi mashhur K5 sedani (9,3 foiz); yoshlar uchun moʻljallangan Seltos krossoveri – 89 dona (4,1 foiz); chidamli va sigʻimli kichik tonnajli Bongo yuk avtomobili – 82 dona (3,8 foiz) va Kia’ning boshqa modellari joylashdilar.

Iyul oyida Kia avtomobilarining sotuvlari oshdi

Agar Oʻzbekistondagi sotuvlarning hududlar kesimidagi taqsimotiga qarasak, Tashkent shahri shubhasiz yetakchilik hqilmoqda. Uning hissasiga barcha sotuvlarning 35,19 foizga toʻgʻri keladi. Toshkent shahridan keyin hududlar quyidagicha joylashdilar:

  • Samarqand viloyati – 10,93 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 6,71 foiz;
  • Toshkent viloyati – 6,67 foiz;
  • Buxoro viloyati – 6,34 foiz;
  • Navoiy viloyati – 5,51 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,23 foiz;
  • Jizzax viloyati – 4,49 foiz;
  • Fargʻona viloyati – 4,35 foiz;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 3,89 foiz;
  • Xorazm viloyati – 3,61 foiz;
  • Andijon viloyati – 3,19 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,36 foiz;
  • Namangan viloyati – 1,53 foiz.

2024-yilning iyul oyida Kia avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar orasida erkaklarning soni koʻproq boʻldi – ularning ulushi 68,5 foizni tashkil etdi, ushbu markaning 31,5 foiz avtomobillarini esa ayollar xarid qildilar.

30 yoshgacha boʻlgan yoshlar xaridorlar tuzilmasining kamroq ulushini – bor-yoʻgʻi 9,9 foizni tashkil etdilar. Xaridorlarning asosiy qismini 30 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar tashkil etdilar – 90,1 foiz.

Kia avtomobillari iste’molchilar orasida barqaror mashhurlikni saqlab kelmoqdalar va bu taajjubli hol emasdir: avtomobillar sohiblari yigʻilishning yuqori sifatiga, orttirilgan qulaylik va xavfsizlik darajasiga, yaxshi shovqindan himoya va o’ta zamonaviy tashqi koʻrinishga yuqori baho berdilar. Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar tufayli Kia avtomobillari yuqori ekspluatasion xususiyatlarga egalar. Brend oʻz mijozlariga nafaqat qulaylik, balki haydov xavfsizligini ham ta’minlaydigan eng ilgʻor boʻlgan muhandislik yechimlarini taklif etadi. Aynan shuning uchun ham Kia brendi sifatli va ishonchli avtomobillarni qadrlaydigan iste’molchilarning ishonchini tobora koʻproq qozonib boryapti.

Eslatib oʻtish lozimki, rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilingan barcha Kia avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km yurishga kafolat amal qiladi.

Kredit dasturlari bilan tanishish uchun Kia’ning axborot liniyasiga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki Kia’ning rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kia’ning Oʻzbekistondagi axborot liniyasi raqami: +998 55 500 83 33