4 Сентября 2024

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

2024-yil avgust oyi O‘zbekistondagi Kia kompaniyasi uchun muvaffaqiyatli oy bo‘ldi. Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu rusumdagi avtomobillarning umumiy sotuv hajmi 1966 donani tashkil etdi, bu esa Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisining mahsulotlariga O‘zbekiston bozoridagi bo‘lgan barqaror qiziqishi mavjudligini ta’kidlaydi. Modellar boyicha sotuvlar qanday taqsimlanganini va ushbu segmentda qanday tendensiyalarni ajratib korsatish mumkinligini batafsil korib chiqamiz.

Sotuv yetakchisi: Kia Sonet

Avgust oyida Kia Sonet krossoveri o‘zbekistonlik iste’molchilar orasida eng ommapoblashgani bo‘ldi. Mazkur oyda ushbu modeldagi 1093 ta avtomobil sotilgan. Sonet o‘zining uyg‘unlashgan uslubi, texnologiyasi va arzon narxi bilan o‘zbekistonliklarni jalb qilishda davom etmoqda. Ixcham o‘lchamlari va uddaburonlik bilan harakatlanishi uni shahar sharoiti uchun ajoyib tanlov sifatida ko‘rsatishi ham ushbu modelga bo‘lgan yuqori talabni keltirib chiqardi.

Ommapobligi bo‘yicha ikkinchi model: Kia Sportage

Sotuv hajmi bo‘yicha keyingisi bo‘lib 306 dona bilan Kia Sportage hisoblanadi. Ushbu krossover o‘zining yuqori darajadagi qulayligi va ishonchliligi bilan mashhur bo‘lib, uni oilaviy safarlar va uzoq muddatli sayohatlar uchun jozibali tanlovga aylantiradi. Sportage o‘zbekistonlik avtohavaskorlar orasida eng sevimlilardan biri sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

Uchinchi o‘rin: Kia Sorento

Uchinchi o‘rinni 219 dona sotilgan Kia Sorento egalladi. Sorento keng salon va quvvatli dvigatellarni taklif qilganligi bois, uni yirik va qudratli krossoverni qidirayotganlar uchun ajoyib tanloviga aylantiradi. Mazkur model qulaylik va quvvatni ilg‘or texnologiyalar bilan uyg‘unlikda qadrlaydigan xaridorlar orasida mashhur.

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

To‘rtinchi o‘rindagi modellar

Sotuvlar bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni bir nechta modellar egalladi: Kia Seltos, Carens va K5. Ushbu modellarning har biri o‘ziga xos noyob xususiyatlari tufayli o‘z xaridorini topdi. Kia Seltos ixcham formatda o‘ziga xos uslubda dizayn va zamonaviy texnologiyalarni taklif qiladi, Carens – bu oilaviy sayohatlar uchun universal miniven, K5 esa yuqori darajadagi qulaylik va unumdorlikni o‘zida mujassam etgan bejirim sedan hisoblanadi.

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

2024-yil avgust oyida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha Kia avtomobillari sotuvining tahlili quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 43,7 foiz;
  • Samarqand viloyati – 10,2 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 6,3 foiz;
  • Navoiy viloyati – 6,1 foiz;
  • Buxoro viloyati – 5,8 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 4,8foiz;
  • Xorazm viloyati – 4,6foiz;
  • Jizzax viloyati – 4,4 foiz;
  • Andijon viloyati – 4,2 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 4,0 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,2 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,1 foiz;
  • Namangan viloyati – 1,6 foiz.

Hisobot oyi uchun statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, jami xaridorlarning 67,9 foizini erkaklar, 32,1 foizini ayollar tashkil etadi.

O‘z navbatida, Kia avtomobillari xaridorlarining yosh bo‘yicha tuzilmasi tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:

  • 18-24 – 2,9 foiz;
  • 25-29 – 5,6 foiz;
  • 30-34 – 10,7 foiz;
  • 35-39 – 17,5 foiz;
  • 40-44 – 16,8 foiz;
  • 45-49 – 13,5 foiz;
  • 50 va undan katta – 33,1 foiz.

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillari O‘zbekiston bo‘ylab sotuvining natijalari

2024-yil avgust oyida Kia avtomobillarining sotuv natijalari O‘zbekistonda uning rusumi va modellariga bo‘lgan qiziqishning barqaror yuqoriligidan dalolat beradi. Umumiy savdo hajmi 1966 dona bo‘lishi o‘zbekistonlik iste’molchilarning Kia taklif etayotgan sifat va innovatsiyalarga bo‘lgan barqaror talabi va sodiqligini tasdiqlaydi. Kelajakda, ayniqsa agar kompaniya raqobatbardosh modellarni taklif qilishda va bozor ehtiyojlarini qondirishda davom etsa, ijobiy sur’atning davomiyligini kutish mumkin.

Shunday qilib, 2024-yil avgust oyi O‘zbekistonda Kia uchun yana bir muvaffaqiyatli oy bo‘lib hisoblanishi, mazkur markaning mintaqadagi barqaror o‘rni va turli xil mijozlarni jalb qilish qobiliyatini ta’kidlaydi.