2024-yil oktabr oyida O‘zbekiston bozorida Kia brendi avtomobillarining sotuv hajmi ajoyib natijalarni namoyish etdi, ya’ni 2350 dona sotilgan avtomobillar, deb xabar berdi O‘zbekistonda Kia avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi. Xaridorlarning e’tibori zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va o‘tish qobiliyati mukammal uyg‘unlashtirgan krossoverlarga qaratilgan. Sotuv bo‘yicha yetakchi sifatida ixcham va tejamkor Kia Sonet krossoveri bo‘lib, sotilgan barcha Kia modellari umumiy sonining sezilarli ulushini egallagan.
Kia Sonet 1402 dona sotilgan avtomobillar bilan taassurotli natija bilan birinchi o‘rinni ishonchli tarzda egalladi. Bu ko‘rsatkich oktabr oyida Kia avtomobillari umumiy sotuvining 59,66 foizini tashkil etdi. Sonet hamyonbop narxi, jozibali dizayni bilan avtomobil ishqibozlari ishonchi va mehrini qozondi va shahar ichida va shahar tashqarisida safar qilish uchun mos keladi.
Sotilgan 336 dona (14,30 foiz) natija bilan Kia Sportage krossoveri ikkinchi o‘rinni egallashi, uning barqaror xaridorgir ekanligidan dalolat beradi. Keng salon va qudratli dvigatel Sportage’ni oilaviy safarlar va faol dam olish uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.
Yetakchi uchlikka 216 dona sotilgan va bozorning 9,19 foizini egallagan Kia K5 biznes-klass sedani kirdi. Nafis va jo‘shqin K5 qudratli xususiyatlari bilan uyg‘unlashgan uslub va qulaylikni qadrlaydiganlarni o‘ziga jalb qiladi.
Keyingi o‘rinlarda Kia Sorento va Kia Seltos krossoverlari bo‘lib, ularni mos ravishda 100 (sotuv ulushi 4,26 foiz) va 92 xaridorlar (3,91 foiz) tanladi. Sorento va Seltos o‘zining hajmi va qudrati bilan mashhur bo‘lib, katta oilalar va sayohat ishqibozlari uchun ajoyib tarzda mos keladi.
Shuningdek, oktabr oyida 72 dona (3,06 foiz) Kia Carens sotilgan. Mazkur krossven, ayniqsa, shahar muhiti uchun o‘lchamlari, zamonaviy dizayni muhim bo‘lgan xaridorlarning e’tiborini tortdi.
Kia Bongo tijorat avtomobili 36 dona (1,53 foiz) sotilgan. Bongo ishonchlilik va tejamkorlikning maqbul uyg‘unligini taqdim etib, kichik va o‘rta biznes uchun o‘zini munosib ekanligini isbotladi.
Xaridorlarini topgan boshqa modellar orasida Kia Carnival krossoveri (34 dona avtomobillar, 1,45 foiz), Kia Cerato sedani (32 dona avtomobillar, 1,36 foiz) va Kia K8 va K9 biznes-klass sedanlari mos ravishda 22 va 7 donani tashkil etdi. Ushbu avtomobillar o‘ziga xos uslubli va nufuzli yechimlarni afzal ko‘radigan tor doiradagi ixtisoslashgan auditoriya uchun mos keladi.
Alohida ta’kidlash joizki, ekologiyaga xavfsiz va innovatsiyaviy Kia EV6 elektr krossoveri oktabr oyida yagona nusxada sotilishi, umumiy hajmning 0,04 foizini tashkil etdi.
2024-yil oktabr oyida Kia avtomobillari xaridorlari auditoriyasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, brend mijozlarining aksariyati erkaklar bo‘lib, ularning ulushi 66,1 foiz, ayollar esa 33,9 foizni tashkil etdi. Yosh tarkibi bo‘yicha 31 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar Kia avtomobillariga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda va umumiy sonning 34,2 foizini tashkil etmoqda. Keyingi guruhni 41-50 yoshdagi mijozlar tashkil etadi – ularning ulushi 26,2 foizni tashkil qiladi. 51-60 yosh toifasi jami xaridorlarning 19,7 foizi, 18-30 yosh toifasidagi yoshlar esa 10,6 foizini tashkil etadi. Xaridorlarning ozroq qismi – bu katta yoshdagi odamlardir: 8,2 foizi 61-70 yoshda va 1,1 foizi 71 yosh va undan katta.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish kerakki, 2024-yil oktabr oyida Kia avtomobillarini sotish natijalari O‘zbekistondagi xaridorlarning qulay va yuqori texnologiyali krossoverlarga qiziqishini tasdiqlaydi. Sotuv bo‘yicha yetakchilari – Kia Sonet va Sportage – qulaylik va hammaboplikni izlayotgan zamonaviy avtomobil ishqibozlari talablarini aks ettiradi.