K9
Dvigatel 3,3 l., 249 o.k.
Barcha yo'lovchilar uchun maksimal qulaylik
To'liq harakatlanuvchi g'ildiraklar va avtomat 8AT
Siz erishilgan natijada to'xtab qolmaysiz va doimo ko'prog'iga intilasiz - rivojlanishda davom etasiz, yangi sohalarni egallaysiz, yangi qadriyatlarga oshno bo'lasiz. Yangi dizayn bunda Kia K9 ning ilg'or texnologiyalari - sizning xizmatingizdadir.
Eksteryer
Kia K9ning zamonaviy va nafis dizayni oldinga qadam bosish qat'iyati bilan yaratilgan.Masshtab va ulug'vorlik avtomobilning har bir detalida seziladi, orqa chiroqlari, bamper va magistral chizig'igacha seziladi, orqa chiroqlar, bamper va yukxona chizig'igacha barcha narsa, go'zalligi bilan ilhomlantirish uchun yaratilgan. Orqa chiroqlar kuzovning chizig'ini ta'kidlaydigan yagona chiziq bilan bog'langan. Bu bilan Kia K9 ning kuchli xarakteri aks ettiriladi.
Orqa chiroqlar kuzovning chizig'ini ta'kidlaydigan yagona chiziq bilan bog'langan
Kia K9 saloni kechagi charchoqdan xalos bo'lishga va kunni yangi ilhom bilan boshlashga yordam beradi. Ergonomik qulay o'rindiqlar, hashamatli interyer, qo'lyozmani aniqlashga ega innovatsion interfeys sizni qiziqtiradigan va ilhomlantiradigan ajoyib tajribani taqdim etadi.
Texnologiyalar
Saloni eng yangi texnologik yechimlar bilan jihozlangan Kia K9 avtomobilida qisqa sayr Sizga ham dunyoga kengroq nazar solish imkonini beradi. Kia K9 ninginteryeri hashamatli, hissiy bo'lib, kelajak standartlarini belgilaydi. U Sizga yangi ilhom manbayini baxsh etadi, kundalik hayotingizga zavq bag'ishlaydi.
Qulaylik
Kengaytirilgan reallik imkoniyatlaridan foydalanib, manzilingizga boring. Kia K9’ning maksimal qulaylikni ta’minlashga mo‘ljallangan texnologik yechimlari sizni hayratda qoldiradi. Avtomobilning interyeri Sizga dam olish imkonini va ilhom baxsh etadi.
Orqa o'rindiqlar uchun sensorli monitorlardan bir-biridan mustaqil foydalanish mumkin.
Chap va o'ng orqa o'rindiqlar qulayroq va hashamatli harakatlanish uchun bir-biridan mustaqil ravishda boshqarilishi mumkin.
Interyer rangini salonni kayfiyatingizga moslashtiruvchi yumshoq yoritilish orqali o'zgartiring.
Xavfsizlik
Drive Wise – Kia ADAS (Advanced Driver Assistance System) texnologiyalari to‘plami bo‘lib, uning maqsadi xavfsizlikni yaxshilab hamda kundalik haydashning zerikarli vazifalarini hal qilish bilan birga haydash zavqini oshirishga qaratilgan.
- Frontal to'qnashuvning oldini olish tizimi (FCA)
- Parkovkalashni masofadan boshqarish Intellektual tizimi (RSPA)
- Parkovkalanish joyidan ort bilan chiqishda yon tomondan to'qnashuvning oldini olish tizimi (RCCA)
- Ort bilan harakatlanish vaqtida to'qnashuvning oldini olish tizimi (PCA)
- Qaytalanuvchi to'qnashuvlarning oldini olish tizimi (RCS)
- Harakatlanish chizig'idan chiqib ketishni oldini olish tizimi (LKA)
Kamera va radarlar yordamida FCA tizimi yo'lingiz bo'ylab avtomobillar, piyodalar va velosipedchilarni kuzatib boradi. Zarurat bo'lganda, tizim sizni ogohlantiradi va to'qnashuvning oldini olish uchun tormozlarniishga tushiradi.
Perpendikulyar, parallel parkovkalash va parkovkalanish joyidan chiqish funktsiyalarini o'z ichiga oladi. Avtomobilni parkovkalash va parkovkalanish joyidan chiqishda yordam berish uchun rul boshqaruvi, tezlik va uzatmalarni oʻzgarishini avtomatik boshqaradi.
Tizim tovushli va yorug'lik signallarini beradi, shuningdek, ko'ndalang yo'nalishda harakatlanadigan obyektlar bilan to'qnashuv xavfi mavjud bo'lsa, tormoz tizimini ham qo'llashi mumkin.
Tizim ort bilan harakatlanayotgandaishga tushadi va orqangizda to'siq mavjud bo'lsa, sizni vizual va ovozli ravishda ogohlantiradi. Agar to'qnashuv xavfi mavjud bo'lsa, tizim tormoz tizimini qo'llaydi.
Tizim birinchi zarba paytida xavfsizlik yostiqchalari ochilganda tormozlarni faollashtirish orqali to'qnashuvda takroriy ta'sirlardan qochishga yordam beradi.
Tasodifiy harakatlanish chizig'i chegarasidan chiqib ketmaslik uchun tizim Kia K9 ning yo'l chiziqlari orasidagi holatini nazorat qiladi. Agar siz burilish signalisiz harakatlanish chizig'ini tark eta boshlasangiz, tizim sizni ogohlantiradi va avtomobilni harakatlanish chizig'iga qaytaradi.
Dvigatel
Kia K9 dvigateli ishonchlilik, samaradorlik va ajoyib dinamikani namoyish etadi. 3.3 Lambda GDI motori yo'lning holatiga va haydash uslubingizga osongina moslasha oladi. Har bir sayohat sizni ilhomlantirsin.
- 249 o.k.Dvigatel quvvati
- 347 N·mMalsimal aylantiruvchi moment
- 8,4 s0 dan 100 km/s gacha tezlashuv (ushbu dvigatel uchun minimal qiymat bilan)
Konfiguratsiya
Imkoniyatlari K9
2 mavjud konfiguratsiyalar
Xizmat ko’rsatish
Kafolat va xizmat
Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.