Endi katta buyumlarni sotib olish va tashish ancha osonlashdi. Qo'llaringiz sumkalar, yuklar yoki sport anjomlari bilan band bo'lganda, bagajnik qopqog'ini, smart-kalit kamida uch soniya davomida yaqin bo'lganda avtomatik ravishda ochiladigan qilib sozlash mumkin.
Cerato
150 ot kuchiga ega 2.0 dvigatellar va 6AT avtomat
Har safardagi yaxshi kayfiyat sehri
Yangi Kia Cerato ruliga o'tiring - va u Sizga butun kun davomidagi bardamlik va xotirjamlik tuyg'usini baxsh etadi. Ushbu ajoyib sedan ajoyib xususiyatlarga ega va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan, va eng muhimi - bu zamonaviy, qulay va ishbob avtomobildir. Bunday sheriklikda hayot yangi ranglar bilan aks etadi
Eksteryer
Har safar Ceratoga ko'zingiz tushganida, Siz doimo juda ko'plab qiziqarli tafsilotlarni ilg’aysiz. Faralarning jasur va murakkab arxitekturasi. Radiator panjarasining geometriyasi va qanotlarning betakror konturi. Orqa chiroqlarning bagajnik qopqog’i chizig'i bilan organik mosligi. Ceratoning har bir liniyasi uning jozibali ko'rinishini to'ldiradi.
Interyer
Ceratoning qurilmalar paneli, ortiqcha narsalar mavjud bo’lmagan dizayni tufayli nafis va yuqori sifatli ko‘rinishga ega. Nafis yechimlar, qurilmalar paneli va multimedia tizimining displeyidagi haydovchini xabardor qilishning puxta o'ylangan algoritmi. Bezalishdagi metall aktsentlar sportcha, shu bilan birga nafis ko'rinishni beradi, mo’tadil liniyalar esa turbina shaklidagi shamollatish teshiklarining yaxlit dizaynini to'ldiradi.
Sig'imlilik
Ajoyib hamroh
Qulaylik
Ceratoning keng saloni – bu nafis liniyalar, qulay o'rindiqlar va teginishda yoqimli materiallardir. Barcha komplektatsiyalarda ikkala qatordagi o'rindiqlar qulay bo'rttirma yostiqlar bilan jihozlangan, orqa o'rindiqlarda esa ikki yoki uch yo'lovchini qulay joylashuvi uchun yetarli joy mavjud.
Sovuq kunlarda o'rindiqni isitish dam olishingiz va haydashga e'tibor qaratishingiz uchun, tezda siz uchun qulay haroratni ta'minlaydi.
Rulning qulay harorati sovuq havoda haydashni nafaqat yoqimli, balki xavfsizroq qiladi.
IMS ikki haydovchi uchun moslashtirilgan sozlamalarni saqlashga imkon beradi.
Avtomatik iqlim nazorati qurilmasi doimo Siz va Sizning hamrohlaringiz uchun ideal haroratni saqlab turadi.
Drayv
Cerato ikkala dunyoning eng yaxshi tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan: sportcha xarakterli manevrli podveskani va sezgir transmissiyani, shu bilan birga keng va qulay salonni. Nafis aerodinamik konturlar har qanday rakursdan nigohlarni jalb qiladilar, bunda, uning ko'zni effekli ko'rinishi esa bu avtomobil har qanday vaziyatga tayyor ekanligidan dalolat beradi.
6 pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi yuqori tejamkorligini saqlab, silliq va aniq ishlaydi.
Barmoqlaringiz uchi bilan uzatmalarni tez almashtirish Sizga avtomobilni to‘liq boshqarish hissini baxsh etadi.
Avtomobilga kalitsiz kirish va dvigatelni masofadan ishga tushirish tizimi qulay va foydali yechim bo'lib, Sizga albatta manzur keladi.
Xavfsizlik
Комплекс технологий Kia Cerato повышает удовлетворение от вождения, обеспечивая безопасность и решая утомительные задачи повседневного вождения. Усовершенствованные датчики и технологии обработки данных помогают сделать вождение максимально безопасным, простым и эффективным
Radarlar yordamida BCW qo'shni bo'lakda orqadan kelayotgan transport vositasini aniqlasa, sizni ogohlantiradi. Tizim avtomobilni ko'rinmas zonada aniqlagandan so'ng, xavf tomondagi yon ko’zguda vizual ogohlantirishni chiqaradi.
Orqaga yurilganda orqani ko'rinish kamerasi avtomatik ravishda yoqiladi va yo'naltiruvchi chiziqlar bilan tasvirni uzatadi. Bundan tashqari, avtomobil orqasidagi bo'shliqning yuqori ko'rinishidan ham foydalanishingiz mumkin. Oldinga harakatlanayotganda ham tasvir ekranda ko'rsatilishi mumkin.
Dvigatel
Shiddatli 1.6 va quvvatli 2.0 litrlik benzinli motorlarning yorqin dinamikasidan bahramand bo'ling. Dvigatel gaztaqsimlanish fazalari ikki tomonlama o'zgaruvchan tizimi (D-CVVT) va zamonaviy elektron boshqaruvli yonilg'ini sepish tizimi bilan jihozlanadi.
- 128 o·kDvigatel quvvati
- 154,6 N·mMaksimal aylantirish momenti
- 11,6 s0 dan 100 km/s gacha tezlanish (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat bilan)
- 152 o·kQuvvat
- 192 N·mAylantirish momenti
- 9,8 s0 dan 100 km/s gacha tezlanish (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat bilan)
Texnologiyalar
Hatto eng kichik nuanslarda ham mavjud bo’lgan texnologik yechimlar, diqqat bilan haydashga ko’maklashadilar. Ekranga oddiy teginish yoki ruldagi qulay tugmalar yordamida audiotizimning turli funksiyalarini boshqarishingiz mumkin. Smartfonni simsiz zaryadlovchi qurilmaga qo\'yib, u haqda tashvishlanmasa ham bo’ladi: u doimo qo\'l ostida va zaryadlangan holda bo’ladi.
Yorqin 8-dyuymli rangli sensorli LCD displey ma’lumotlarni o'qish va audiotizimni boshqarishni osonlashtiradi hamda avtomobil haqida ma'lumotlarning keng spektrini namoyish etadi.
Android Auto va Apple CarPlay tizimlari smartfon funksionalini multimedia tizimi ekraniga chiqaradi va sayohat davomida xizmatlar va ilovalardan qulay va xavfsiz foydalanish imkonini beradi.
Android Auto va Apple CarPlay tizimlari smartfon funksionalini multimedia tizimi ekraniga chiqaradi va sayohat davomida xizmatlar va ilovalardan qulay va xavfsiz foydalanish imkonini beradi.
Bort kompyuteri 4.2” o’lchamdagi rangli displeyli qurilmalar paneliga funksiya sozlamalari, marshrut, yoqilg‘i sarfi, ob-havo va boshqa ko‘p ma’lumotlarni chiqaradi.
Konfiguratsiya
Imkoniyatlari Cerato
5 mavjud konfiguratsiyalar
Xizmat ko’rsatish
Kafolat va xizmat
Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.