Ezgulik yo'lida
Sotuvdan olingan mablag'ning bir qismi xayriyaga yo'naltiriladi
Muqaddas Ramazon oyida ezguliklar yanada ziyoda bo‘ladi!
Kia sotuvdan tushgan mablag‘ning bir qismini Ramazon oyida xayriya ishlariga yo‘naltiradi.
Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ijtimoiy mas’uliyat va muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga amal qilishda davom etmoqda. Muqaddas Ramazon oyida brend xayriya tashabbusini boshlaydi: avtomobillar sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi kam ta’minlangan oilalarga yordam berishga yo‘naltiriladi.
Ramazon – bu mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik va xayrli ishlar fursati bo‘lib, Kia yordamga ko‘proq muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi. Yig‘ilgan mablag‘lar ushbu o‘ziga xos davrda insonlarning hayotini yanada qulay va quvonchli qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyoj buyumlarini xarid qilishga hamda boshqa yordamga yo‘naltiriladi.
Faqat mart oyida Kia’ni tanlab, siz nafaqat ishonchli va zamonaviy avtomobilga ega bo‘lasiz, balki ezgu tashabbusning bir qismiga aylanib, muhtojlarga ko‘mak berishda ham o‘z hissangizni qo‘shasiz! Tashabbusimizga qo‘shiling va birgalikda olamni yanada farovon qilamiz!
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1333 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.