- 2017-2018-yilda Kia J.D.Power nufuzli agentligidan sifat va ishonchlilik sohasida bir qator nufuzli mukofotlarni qabul qildi.
- 2019 yilda brendning jadal rivojlanishi va innovatsion texnologiyalarini ta'kidlaydigan korporativ standartlar yangilandi.
- O'zbekistonda Kia modellarining qatori doimiy ravishda yangilanib turadi, bu esa talabga javob beradi.
- Distributor muvozanatli narx siyosati va keng ko'lamli aloqalarni amalga oshiradi.
- Mijozlar uchun uzaytirilgan kafolat: avtomobillar uchun 5 yil kafolat yoki 150 000 km masofani bosib o’tishi.
- Sherik banklar bilan hamkorlikda Kia avtokredit dasturi.
- Kia avtomobillari Jizzax EIH hududida ishlab chiqariladi.
- Trade-in dasturi bo'yicha yangi Kia avtomobilini sotib olish uchun qulay taklif.
Diler bo'lish
Biznesni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq biz O'zbekiston hududida nomzodlarning arizalarini ko’rib chiqamiz.
Oʻzbekiston Respublikasida biznesni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq hamkorlik qilish maqsadida, quyidagi mintaqalar dilerlik tarmog'ini rivojlantirishning ustuvor zonalari hisoblanadi:
- Bekobod shahri
- Zarafshon shahri - (ariza topshirishning oxirgi muddati 31.01.2025)
Yanada samarali hamkorlik uchun nomzodlar dilerlik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha mutaxassisga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak
To'ldirilgan hujjatlar quyidagi elektron pochta orqali yuborilishi kerak:
- Avtomobil biznesidagi ish tajribasi (afzali xorijiy brendning rasmiy dileri sifatida).
- Professional jamoa.
- Samarali boshqaruv jamoasi.
- Barqaror moliyaviy holat.
- Kia ning korporativ standartlariga muvofiq dilerlik markazini qurish uchun investitsiyaviy salohiyati. Mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va ularni amaldagi standartlarga etkazish imkoni mavjud.
Hamkorlikning birinchi bosqichi nomzod anketasini to'ldirishdan iborat.
To'ldirilgan anketani elektron pochta orqali yuborish kerak
Siz tomonan to'ldirilgan anketani olganingizdan va distribyutor tomonidan oldindan ma’qullangandan keyin Sizga hamkorlik shartlari haqida batafsil ma'lumot yuboriladi. Ushbu bosqichda Kia arxitektura va qurilish standartlariga muvofiq dilerlik markazini qanday qilib qurish kerakligini aniqlashga, mavjud dilerlik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini eng samarali tashkil etishga yordam beramiz.
Kia O'zbekiston tomonidan ijobiy qaror qabul qilingach dilerlikka nomzod bilan mintaqada rasmiy dilerni ochish loyihasini amalga oshirish bo'yicha jarayonlar va bajarilish muddati aks ettirilgan "Maqsadlar to'g'risida bayon " imzolanadi."
Maqsadlar to’g’risida bayon”ni amalga oshirishning barcha bosqichlarida nomzod distribyutorga loyihani amalga oshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot beradi. Distribyutor loyihani amalga oshirish jarayonini nazorat qilish huquqiga ega. "Maqsadlar to’ g’ risida bayon "ning asosiy qoidalariga rioya qilmaslik, eskiz loyihasidan sezilarli darajada aniqlangan og'ishlarning mavjudligi yoki taqvim jadvalining jiddiy buzilishi distribyutor uchun loyihani amalga oshirishning istalgan bosqichida erishilgan kelishuvlarni bir tomonlama bekor qilish uchun etarli asosdir.
Sizni hamkorlikka taklif qilamiz va savollaringizga javob beramiz.
Muvaffaqiyatli hamkorlik istagi bilan,
Dilerlik tarmog'ini rivojlantirish bo'limi.