8 Января 2024

Kianing 2023 yil yakunlari bo’yicha sotuvlari natijalari

Kianing 2023 yil yakunlari bo’yicha sotuvlari natijalari

Mashhur Janubiy Koreya brendi O‘zbekistonda qanday natijalarga erishdi va Kianing distribyutori o’z oldiga yaqin kelajakda qanday amalga oshiriluvchi maqsadlarni qo’ymoqda?

2023-yil davomida Kia brendi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi sezilarli darajada oshirganligini namoyish etdi. Sotuvlar hajmi 14 931 ta avtomobilni tashkil etdi, bu 2022 yildagi ko’rsatgichga nisbatan uch baravar ko’pdir. Ushbu natija brend uchun O'zbekistondagi rekord ko’rsatgich bo'ldi.

Kianing 2023 yil yakunlari bo’yicha sotuvlari natijalari

Xususan, beshinchi avloddagi Kia Sportage modeli umumiy savdo hajmi 4965 dona avtomobilni tashkil etgan holda sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi. K5 biznes sedanining sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga o‘sib, Kia markasi xaridorlari orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab ajoyib natijadorlikni namoyish etdi. Uchinchi o‘ringa ikki krossover sazovor bo’ldi: o‘rta o‘lchamli Sorento va ixcham Seltos. Restaylingi o’tkazilgandan so'ng iste'molchilar orasida yanada ko'proq e'tirof va ishonchga sazovor bo'lib, eng kuchlilar reytingida yetakchi pozitsiyalarni egallay olgan Kia Seltos modeli alohida e'tiborga loyiqdir.

Kianing 2023 yil yakunlari bo’yicha sotuvlari natijalari

Erishilgan natijalar O'zbekiston bozoridagi iste'molchilar orasida brendning mashhurligi va unga bildirilgan ishonchdan dalolat beradi.

Ommaviy ovoz berish, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kia brendi “Transport” nominatsiyasida VI “Yil brendi – 2022” tanlovi g‘olibiligiga erishdi. Ovoz berish natijalari, Kia brendi ko'pchilik iste'molchilarning ishonchi va mehrini qozona olganligini va haqli ravishda birinchi o'rinni egallaganini ko’rsatdi.

Kia brendi zamon bilan hamnafas bo‘lish va o‘z mijozlarini hushnud etish maqsadida faol ravishda bozorga yangi modellarni kiritib, mavjud modellar qatorini modernizatsiya qilmoqda. 2023-yilda yangi mahsulotlar qatorida bozorga quyidagilar kiritildi: Seltosning yangilangan modeli, Kianing ilk elektr krossoveri – EV6, K9 premium toifali biznes sedani va Bongo kam tonnajli tijorat- yuk mashinasi.

Bundan tashqari, Kia potentsial mijozlarga xizmat ko'rsatish qulayligi va avtomashinalarining mavjudligini ta'minlash maqsadida O'zbekistondagi dilerlik tarmog'ini rivojlantirishda davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 8 ta rasmiy dilerlik markazlari ochildi: Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro shaharlarida va Denov tumani markazida.

Kianing 2023 yil yakunlari bo’yicha sotuvlari natijalari

Brend shu bilangina kifolayalanib qolmayapti. 2024 yilda Kia bir vaqtning o'zida 6 ta yangi modellarni chiqarishni rejalashtirmoqda: ular orasida brendning flagmani bo’lgan to'liq elektrda ishlovchi to'liq o'lchamli EV9 krossoveri, ixcham va arzon Sonet krossoveri va yangi gibrid model mavjud. Bundan tashqari, 2024-yilda Kianing eng mashhur 4 ta modeli yangilanishlarga ega bo’ladi.

Yaqin kelajakda Kia O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish va o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Brend bozorda yangi modellarni taqdim etishda va mavjudlarini yangilashda davom etib, mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilashga e'tibor qaratadi.