
Seul, 2024-yil 13-sentabr - Kia EV9 avtomobili Amerika Xalqaro Dizaynerlar Jamiyati (IDSA) tomonidan o‘tkaziladigan International Design Excellence Awards (IDEA) tanlovida 2024-yilning oltin sovrinini qo‘lga kiritdi.
Kia EV9 elektr yo‘ltanlamas nufuzli jahon dizayn va avtomobil sanoati tanlovlarida mukofotlarni yig‘ishda davom etmoqda. Yaqinda mazkur avtomobil Texas shtatining Ostin shahrida bo‘lib o‘tgan IDEA 2024 marosimida "Avtomobil va transport" toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Kia'ning IDEA tanlovidagi birinchi oltin mukofoti bo‘lib, Red Dot va iF Design mukofotlardagi sovrinlar qatorini to‘ldirdi.
EV9 dadil dizaynni ekologik mas’uliyat va ilg‘or texnologiyalar bilan birlashtirgan Kia "Qarama-qarshiliklar birligi" falsafasini ifodalaydi. Modelning asosiy dizayn elementlari orasida aniq chiziqlar, silliq yuzalar, radiatorning futuristik panjarasi mavjud. Mazkur noyob xususiyatlar EV9'ga dizayn sohasidagi eng yuqori mukofotlarni qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Shuningdek, Kia EV9 brendning barcha yangi modellarida mavjud bo‘ladigan 10 ta asosiy ekologik elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda barqaror mobillik sohasida yetakchi sifatida brend pozitsiyasini mustahkamladi va Kia'ning sifatli biomateriallarni ishlab chiqishga bo‘lgan intilishini o‘zida mujassamlashtirdi.
Dizayn bo’yicha sovrinlardan tashqari, EV9 2024-yilning World Car Awards tanlovida "Yilning jahon avtomobili" va "Eng yaxshi elektromobil" yo’nalishlarida g‘olib bo‘lishi uning xalqaro muvaffaqiyatlarini tasdiqlaydi.
Bu yil IDEA tanlovi 44 yoshga to‘lmoqda. Mazkur tanlov mukofotlari jahon miqyosida dizayn sohasidagi eng uzoq muddatli va nufuzli hisoblanishadi. Har yilgi tanlov dizaynerlik mahoratining cho‘qqilarini aniqlashga qaratiladi. 2017-yilda IDEA tanlovi Kia Telluride Concept kontseptsiyasiga bronza medalini topshirganidan yetti yil o‘tib, EV9 "Avtomobil va transport" toifasidagi oltin sovrinini qo‘lga kiritdi.