11 Марта 2024

Kia EV9 2024 yildagi ayollar uchun eng zo’r avtomobil deb topildi

Kia EV9 2024 yildagi ayollar uchun eng zo’r avtomobil deb topildi

Kia EV9 2024 yildagi ayollar uchun eng zo’r avtomobil deb topildi

  • 5 qit'aning 52 mamlakatidan bo‘lgan 75 nafar avtojurnalist ayol, 2024 yil uchun dunyodagi eng zo’r avtomobilni aniqladilar.
  • G‘oliblarni e’lon qilish marosimi Xalqaro xotin-qizlar kunida o‘tkazildi

Kia EV9 nufuzli Women's Worldwide Car of The Year mukofotining versiyasiga ko'ra "2024 yilning eng yaxshi ayollar uchun avtomobili" unvoni uchun kurashda mutlaq g'oliblikka erishdi. Tadbir, nafaqat ayollarning imkoniyatlarini kengaytiradigan, balki shaxsiy avtonomiya va avtomobillar o'rtasidagi bog'liqlikni ham tan oladigan xalqaro xotin-qizlar kunida bo'lib o'tdi.

G'oliblarni e'lon qilishdan oldin, dunyoning 5 qit'asining 52 mamlakatidan bo‘lgan faqat ayollardan iborat 75 ta avtojurnalistlar, avtomobilning har bir xususiyatini sinchkovlik bilan baholash orqali ko'plab modellarni sinovdan o'tkazdilar. Tegishli toifalar bo’yicha quyidagi avtomobillar g'olib deb topildi:

  • Eng zo‘r oilaviy avtomobil - Volvo EX30
  • Eng zo‘r yirik avtomobil - BMW Series 5
  • Eng zo‘r SUV - Kia EV9
  • Eng zo‘r 4x4 avtomobil va pikap - Volkswagen Amarok
  • Eng zo‘r eksklyuziv avtomobil - Aston Martin DB12

Uzunligi deyarli 5 metrga teng bo'lishiga qaramay, Kia K9 ajoyib aerodinamikaga ega bo‘lib, bu uning ajoyib samaradorlikka ega bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, model zamonaviy texnologiyalarni o'zida mujassam etgan va ikki tomonlama va o'ta tez zaryadlash imkoniyatlarini taklif qiluvchi ilg'or dizaynni namoyish etadi.

Women’s Worldwide Car of the Year mukofoti haqida

Women's Worldwide Car of the Year - faqat ayol avtojurnalistlardan iborat dunyodagi yagona mukofotdir. U Yangi Zelandiyalik avtojurnalist Sendi Mixre tomonidan 2009 yilda tashkil etilgan.
Mazkur noyob mukofot yilning eng yaxshi avtomobillarini aniqlash va ayollarga avtomobil olami haqidagi fikrlarini ifoda etish imkoniyatini berish uchun mo'ljallangan. Ovoz berish mezonlari har qanday haydovchini avtomobil tanlashda foydalanadigan printsiplarga asoslanadi. Hakamlar hay'ati "ayollar avtomobili"ni tanlamaydilar, chunki avtomobillar genderli tabaqalanishga ega emaslar. Ovoz berishda xavfsizlik, sifat, narx, dizayn, boshqarish qulayligi, afzalliklar, ekologik tozalik va hokazolar kabi jihatlar hisobga olinadi.
Biroq, yilning eng zo‘r avtomobillarini tanlashdan tashqari, mukofotning maqsadi - avtomobil olamidagi ayollarga e'tiborni jalb qilish va barcha qit'alarda ayollarning fikrlari tinglanishiga erishishdir, chunki mobillik ayol uchun ko'plab shaxsiy va professional imkoniyatlardan foydalanishni anglatadi.