16 Января 2024

Good Design Awards 2023 tanlovida Kia kompaniyasi ikki marotaba g‘oliblikka erishdi

Good Design Awards 2023 tanlovida  Kia kompaniyasi ikki marotaba g‘oliblikka erishdi
  • Kia EV9 Good Design Award 2023 tanlovining “Transport” kategoriyasi bo’yicha mukofotga sazovor bo'ldi
  • EV9ning - "Ki" Axborot-ko'ngilochar tizimi (Infortainment System) “Interaktiv media” kategoriyasi bo’yicha g'olib deb e'lon qilindi
  • Tanlovning natijalari, yaqindagi Kia’ning yangi “Opposites United” dizayn falsafasining muvaffaqiyani ta’kidlamoqda.

 

(Seul) 2024-yil, 17-yanvar – Kia kompaniyasi, Good Design Awards 2023 tanlovida ikki marotaba nufuzli mukofot bilan taqdirlandi, ushbu marosimda brendning yangi “Opposites United” falsafasi orqali ifoda etilgan hissiyotli va jozibali dizaynga bo’lgan intilishi alohida eʼtirof etildi.

Good Design Awards 2023 tanlovida  Kia kompaniyasi ikki marotaba g‘oliblikka erishdi

EV9 dizayniga kelganda, “Opposites United” falsafasi ishonch, ravshanlik hamda xotirjamlikni bahsh ettuvchi sodda, tekkis liniyalar va yuzalarda, shuningdek, kontseptual va futuristik ko’rinishni taʼminlovchi "Digital Tiger Face" jihati orqali ifodalanadi.

Kia EV9ning 'Ki' axborot-ko'ngilochar tizimi, brendning "Opposites United" vizual kontseptsiyasi  berilgan urg'u bilan uyg’unligini ta'kidlaydi. O‘sishga bo’lgan tendentsiyani ifodalovchi qiya chiziq, axborot-ko'ngilochar tizimining (Infortainment System) - piktogrammalar, shriftlardan tortib, to qurilmalar paneligacha bo’lgan barcha elementlarida asosiy vizual element sifatida ishlatiladi.

O’zining 73 yilligini nishonlayotgan Good Design Awards tanlovi dunyodagi eng uzoq faoliyat ko’rsatayotgan dizayn bo’yicha tanlovlardan biridir. Har yili dastur doirasida innovatsiyalar uchun yangi yo'nalishlarni ochib beruvchi va jahon bozoridagi raqobatbardosh mahsulotlar uchun chegaralarni kengaytir olgan eng zo’r dizayn va grafik yechimlar ro'yxati tanlab olinadi.

Good Design Awards  tanlovi haqida batafsil ma'lumotlarni rasmiy saytda orqali topishingiz mumkin: https://www.good-designawards.com/