
2023-yilning 1- yanvar sanasidan boshlab O'zbekiston Respublikasida QQS stavkasining 15% dan 12% gacha pasayishi munosabati bilan, Kia avtomobillarining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo’lmish Roodell kompaniyasi, 2023-yilning 1-yanvarigacha Kia avtomobillarini harid qilish uchun shartnoma tuzgan va to'lovni amalga oshirgan barcha mijozlarga - original aksessuarlar, ularni o'rnatish va arzon narxlarda barcha rasmiy Kia dilerlik markazlarida texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha xizmatlarga ega bo’lish uchun sertifikatlarni taqdim etadi
Sertifikat egalari uchun sertifikatning amal qilish muddati davomida, muntazam texnik xizmat ko'rsatish uchun belgilangan qiymatdan 20% miqdorida arzonroq bo’lgan texnik xizmat ko'rsatish chegirmasi taqdim etiladi.
Kianing rasmiy xizmat ko'rsatish markazlariga asl qo'shimcha jihozlarni o'rnatish orqali siz 5 yillik kafolatni saqlab qolishingiz va avtomobilingizni xavfsizligini ta’minlashingiz mumkin.
Ta'kidlash kerakki, Roodell kompaniyasi, Pandora va Pandect o'g'irlikka qarshi tizimlarining ham O'zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Xizmatlar va qo'shimcha jihozlar ko’rinishida quyidagi optsiyalar mavjud:
-Turli xil aksessuarlar (karter himoyasi, ostonalar, radiator to'ri, salon va bagajnik sholchalari, o’rindiq g‘iloflari, cho‘tkalar, loy to‘skichlar, avto changyutgichlar va hokazolar)
- Avtosignalizatsiyalarni o'rnatish
-Radar detektorlarini o'rnatish
-Moy almashtirish
Sertifikatdan 31.12.23y. sanagacha bo'lgan muddatda, bir necha tashriflarda foydalanish mumkin.
Qo'shimcha optsiyalardan foydalanish rad etilgan holatda, QQS bo’yicha pul mablag‘i ekvivalentidagi farq, yozma murojaat qilingan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida mijozlarga plastik kartaga o'tkazib berish shaklida qaytarilishi mumkin.
Rasmiy dilerlik markazlarining manzillari saytda keltirilgan: https://kia.uz/dealers