
- Kia maxsus elektromobillar (PBV, Purpose Built Vehicles) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan birinchi zavodini ochadi
- Kia'ning PBV segmentida rivojlanishi – Plan S strategiyasining keyingi qadami bo‘lib, uning maqsadi – barqaror rivojlanish davrining mobillik yechimlari sohasidagi yetakchilikdan iborat
- Yangi zavod qurilishi 2023 yilning birinchi yarmida boshlanadi, ishlab chiqarishni boshlash esa 2025 yilning ikkinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan
- Kompaniya tarixida birinchi marta zavodda ma'lumotlar, axborot tarmoqlari imkoniyatlari va robotlashtirish texnologiyalaridan foydalanish asosida ishlaydigan E-FOREST intellektual ishlab chiqarish ekotizimi yaratiladi
2022 yil 18 may, Seul – Kia kompaniyasi maxsus elektromobillar (PBV) ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladigan mutlaqo yangi yuqori texnologiyali va intellektual ishlab chiqarish tizimini yaratish niyati borligi haqida e'lon qildi. Bu qadam barqaror rivojlanish davri mobillik yechimlari va servislari ishlab chiqaruvchisi transformatsiyasining keyingi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. PBV ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yangi intellektual zavod xabi Kia'ning Xvasong (Hwaseong), Janubiy Koreyadagi mavjud ishlab chiqarish maydonida joylashadi. Kompaniya qurilishni 2023 yilning birinchi yarmida boshlashni rejalashtirmoqda, tijorat uchun ishlab chiqarishni boshlash esa 2025 yilning ikkinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan. Zavodning dastlabki ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 000 PBV'ni tashkil qiladi, segment o‘sishiga qarab u 150 000 donagacha oshirilishi mumkin. «Maxsus avtomobillarni ishlab chiqaruvchi yangi zavod – Plan S strategiyamizni amalga oshirishning negizlaridan biri, negaki Kia PBV global bozorining yetakchisi bo‘lishga intiladi, – dedi Kia prezidenti va bosh direktori Xo Sun Song (Ho Sung Song). – Biz turfa maxsus transport vositalari to‘plamini taklif etish orqali yangi bozorlarni tadqiq qilamiz. Keyin esa ma'lum vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, avtopilot texnologiyalari qo‘llaniladigan PBV modellarini taklif etgan holda global bozorlardagi o‘rnimizni astalik bilan kengaytiramiz».
Kia – PBV bozorida ishlashni boshlagan dastlabki global kompaniyalardan biri. Plan S strategiyasining yo‘l xaritasi yo‘nalishlaridan biri sifatida brend 2030 yilga borib PBV segmentida yetakchi o‘rinni egallashni rejalashtirmoqda. Avtopilot texnologiyalari bilan uyg‘unlikda PBV inqilobiy yuk tashish vositasiga aylanishi va butun jamiyat hamda sayyoradagi alohida jamoalar hayotini yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.
E-FOREST intellektual ishlab chiqarish ekotizimi
E-FOREST – Kia tomonidan ishlab chiqilgan intellektual ishlab chiqarish ekotizimi. Bu nomdagi birinchi «Е» harfi avtomobil sanoatining samaradorlik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar nuqtai nazaridan umumiy taraqqiyotini anglatadi. Tizim sun'iy intellekt, robotlashtirish texnologiyalari va axborot-kompyuter texnologiyalarini mujassamlashtirgan. Nomning ikkinchi qismi – Forest («O‘rmon») – tarkibiy qismlar bilan yaxlit tizim sifatida ishlash imkonini beruvchi ekotizimning o‘zini anglatadi.
Yangi PBV zavodi ishlab chiqarish jarayonida karbonat angidrid gazi chiqindilarini kamaytirish imkonini beruvchi eng zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlikda ilg‘or avtomatlashtirish jarayonlarini qo‘llaydi. Ishlab chiqarish kompleksi tarkibiga ekologik toza bo‘yash va energiyani tejash tizimlari ham kiradi, bu atrof-muhitga zararli ta'sirni yanada kamaytirish imkonini ta'minlaydi.
Kia kelajagi
2025 yilning ikkinchi yarim yilligida sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish boshlanganda, yangi PBV zavodi o‘rtacha o‘lchamdagi maxsus avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Kia ishlab chiqargan birinchi PBV asosi shu turdagi transport vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan skeytbord-platformadan iborat bo‘ladi. Yangi platforma mijozlarning turfa ehtiyojlariga muvofiq PBV'ning turli modellari va tur-o‘lchamlarini moslashuvchan loyihalashni ta'minlaydi. SW belgisi ostida model chiqarilganidan keyin Kia modellar qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Avtopilotda ishlaydigan mikro-PBV, logistika vazifalari uchun transport vositalari, barra oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish xizmatlari, koʻp oʻrinli yoʻlovchi shatllari va mobil ofis yoki doʻkon sifatida foydalanish mumkin boʻlgan katta o‘lchamdagi PBV'lar paydo bo‘ladi
Kia'ning har bir innovatsion PBV'lari dasturiy ta'minotni simsiz yangilash funksionali bilan jihozlangan bo‘ladi (OTA). Ushbu funksional real vaqt rejimida yangilanish imkonini ta'minlaydi, bu esa egalik qilishning umumiy qiymati va ekspluatatsiya qilish qulayligi nuqtai nazaridan qo‘shimcha afzalliklar yaratadi.
Kia barqaror rivojlanish davrining mobillik yechimlariga o‘tishga ko‘maklashadigan, kelajakka yo‘naltirilgan ko‘plab istiqbolli tashabbuslarni joriy etishda davom etmoqda. Ushbu tashabbuslar jumlasidan: The Ocean Cleanup, Blue Carbon va Joining the Climate Group’s RE100 loyihalari, shuningdek, Koreyada to‘liq elektr taksi vazifasini bajarayotgan, seriyali krossoverning maxsus versiyasi bo‘lgan Niro Plus modelini bozorga olib chiqish
Kelajakda Kia raqobatchilar takliflaridan oshib ketadigan ajoyib dinamik imkoniyatlar va sifatni taklif etish orqali jahon elektromobillar bozorida trendlarni rusmga kirituvchiga aylanish niyatida