14 Июля 2022

Yangi Kia Sportage Euro NCAP xavfsizlik reytingining «besh yulduzi»ga sazovor bo‘ldi

Yangi Kia Sportage Euro NCAP xavfsizlik reytingining «besh yulduzi»ga sazovor bo‘ldi
  • Yangi N3 platformasi va Drive Wise yuqori texnologiyali xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari kompleksining eng zamonaviy versiyasi hisobiga Kia'ning jahon miqyosidagi bestsellerining beshinchi avlodi xavfsizligi oshirildi
  • Euro NCAP sinovlarida yangi Sportage katta yoshli yo‘lovchilar himoyasi uchun 87% va yo‘lovchi-bolalar himoyasi uchun 86% ijodiy ko‘rsatkichlarga erishdi
  • Takroriy to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi va old markaziy xavfsizlik yostig‘i qo‘shimcha afzalliklarni ta'minlab beradi

 

2022 yil 6 iyul – yangi, beshinchi avlod Kia Sportage avtomobili, yangi avtomobillar xavfsizligini baholash bo‘yicha Yevropaning yetakchi mustaqil tashkiloti bo‘lgan Euro NCAP tomonidan o‘tkazilgan kompleks sinovlar natijasiga ko‘ra «besh yulduz»ga ega bo‘ldi. Qator sinovlar vaqtida krossover eng qat'iy talablarga muvofiqligini namoyish etib, faol va passiv xavfsizlik eng yuqori darajada ekanligini tasdiqladi.

 

Baholash to‘rt toifa bo‘yicha o‘tkazildi: katta yoshdagi yo‘lovchilar himoyasi, yo‘lovchi-bolalar himoyasi, xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari hamda yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari himoyasi. Katta yoshdagi yo‘lovchilar himoyasi sinovlarida Sportage yuqori darajadagi 87% natija ko‘rsatdi. Euro NCAP mutaxassislari, qisman to‘sib qolish bilan frontal zarba olish krash-testida yo‘lovchilar salonining kuch strukturasi mustahkam saqlanib qolinganligini alohida e'tirof etib o‘tishdi. O‘rindiq holati va haydovchi va old yo‘lovchi tana tuzilishidan qat'i nazar ularning tizzalari va bo‘ksa qismi himoyasi yaxshi darajada ekanligi ham ta'kiblab o‘tildi. Yo‘lovchi-bolalar himoyasi sinovlarida Sportage 86% to‘plab, 6 va 10 yoshli bolalar vazifasini bajargan manekenlarning barcha muhim tana qismlariga ta'sir kamayishini namoyish qildi.

 

Drive Wise xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari kompleksi 72% natija to‘pladi. Euro NCAP ekspertlari frontal kameradan ma'lumot oladigan tezlikni cheklovchi intellektual ISLA ishini, shuningdek, LKA yo‘l chizig‘i bo‘ylab harakatlanishni nazorat qiluvchi tizim ishini alohida e'tirof etishdi. АЕВ favqulodda tormozlanish avtomatik tizimi ham yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari himoyasi sinovlari natijasiga o‘z hissasini qo‘shdi, bu sinovlarda Sportage 66% to‘pladi. Bu tizimning velosipedchilarni aniqlash imkoniyatini ekspertlar, ayniqsa, yuqori baholashdi.

 

Krash-testlarda a'lo natijalarga erishishga ta'sir qilgan eng muhim omillardan biri — Sportage'ning beshinchi avlodi uchun, o‘ziga xos jihati yuklanishni qayta taqsimlash strukturasidan iborat bo‘lgan yangi N3 platformasidan foydalanilganligi bo‘ldi. Ushbu tuzilish tufayli to‘qnashuvning ta'sir energiyasi ko‘p yo‘nalishlarda yoyiladi, bu esa uning yanada samarali singib ketishiga yordam beradi va yo‘lovchilar saloniga ta'sirni kamaytiradi. Yangi, kuchaytirilgan va shu bilan birga qayrilishga qarshi yuqori qattiqlik ko‘rsatkichlariga ega kuzovning yengil massali kuch strukturasi ham odamlar himoyasiga qo‘shimcha hissa qo‘shadi.

 

Yangi Kia Sportage Euro NCAP xavfsizlik reytingining «besh yulduzi»ga sazovor bo‘ldi

Sportage'ning yangi avlodi MCB (Multi-Collision Brake) takroriy to‘qnashuvning oldini olish tizimi bilan jihozlangan. Markaziy old xavfsizlik yostig‘ini o‘rnatish evaziga xavfsizlik yostiqchalarining umumiy soni yettitagacha oshirildi. Sportage shuningdek, passiv va faol xavfsizlik tizimlarining zamonaviy to‘plami, DriveWise yuqori texnologiyali xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimining so‘nggi versiyasi bilan ham jihozlangan. Ushbu yechimlarning barchasi modelni krossover segmentidagi eng xavfsiz modellardan biriga aylantiradi. To‘qnashuv sodir bo‘lganda yoki foydalanuvchi tomonidan faollashtirilganda, eCall masofaviy favqulodda xabar berish tizimi avtomatik ravishda ogohlantiribgina qolmasdan, balki avtomobil joylashgan manzil ma'lumotlarini ham uzatadi.

 

Yevropa davlatlari bozorida Sportage katta talabga ega: hozirgacha 60 000 dan ortiq yangi Sportage sotib bo‘lindi. Ushbu miqdorning 27 foizi Plug-in Hybrid versiyasi — tashqi manbadan quvvatlanadigan gibrid kuch qurilmasili model hisobiga to‘g‘ri keldi.