
21-maydan 24-maygacha, O‘zbekiston va Koreya do‘stligining 30 yilligi sharafiga, «Professor Baek Mon Chong Kubogi» nomi ostida Txekvondo bo‘yicha 13-Xalqaro Ochiq Chempionat bo‘lib o‘tdi.
Baek Mon Chong — Txekvondo assotsiatsiyasi professori hamda O‘zbekiston va Koreyaga katta hurmat qozongan sportchi sanaladi.
Ochiq Chempionat Toshkent shahridagi O‘zbekiston txekvondo assotsiatsiyasi sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Kia kompaniyasi tadbirning bosh homiylaridan biriga aylandi.
«Professor Baek Mon Chong Kubogi» da jami 900 nafardan ziyod O‘zbekistonlik, Qozog‘istonlik, Qirg‘izistonlik va Tojikistonlik sportchilar ishtirok etishdi.

Chempionat kadetlar, yuniorlar va kattalar toifalarida o‘tkazildi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 1-o‘rinni egallad
