
J.D. Power Amerika tahliliy agentligi 2022 yil uchun avtomobillarning eng ishonchli model va rusumlarining reytingini e’lon qildi. Reytingda Kia mutlaq yetakchi bo‘ldi
Mana 33 yildirki, ushbu kompaniya avtomobillarning ishonchliligini baholab keladi va uslubiyatini takomillashtirib boradi, axir avtomobillar murakkablashmoqda, yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda
Amaldagi protokol to‘qqizta toifaga bo‘lingan 184 ta muammoni hisobga oladi:
- mikroiqlim;
- haydovchining yordamchilari;
- haydovchilik tajribasi;
- eksterer;
- ikkilamchi ergonomika (o‘chirgichlar, ekranlar, djoystiklar va hk.);
- multimedia tizimi;
- interer;
- kuch agregati;
- o‘rindiqlar.
Bundan tashqari, yaqin vaqtdan beri, tadqiqot avtomobilga 3-yillik egalikdan keyin qoniqqanlik darajasini, shuningdek, ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomobilni aktual holatda ushlab turish (avvalo bu dasturiy ta’minot yangilanishiga tegishli) sifatini hisobga ola boshladi

Diagrammada ko‘rinishicha, Kia avtomobillarining egalari muammolardan eng kam shikoyat qilganlar. 2022 yil tadqiqoti 2021 yilning iyul-noyabr oylarida 29 487 nafar amerikalik 3-yillik (ya’ni, 2019 yilda sotib olingan) Kia avtomobillarining sohiblarining so‘roviga asoslangan bo‘lib, avtomobil egalari duch kelgan muammolarning sonini hisobga oladi. Ularning javobi asosida, PP100 reytingi shakllanib, u 100 ta mashinada aniqlangan muammolarning sonini ko‘rsatadi. Agar o‘tgan tadqiqotda avtomobil egalari oxirgi 12 oyda duch kelgan muammolar hisobga olingan bo‘lsa, yangi uslubiyatga asosan butun egalik davri inobatga olina boshladi.
Shunday qilib, yirik o‘rta o‘lchamli SUV (krossoverlar) o‘rtasida ishonchlilik reytingida Kia Sorento avtomobili yetakchilik qilmoqda. Yangi Sorento yuqori xavfsizligi, ajablanarli boshqaruvchanligi, murosasiz ishonchliligi hamda amaliy jihatdan qulayligi va universalligi bilan ajralib turadi.
Bu modelni O‘zbekistonga yetkazib berish muddati o‘rtacha bir oyni tashkil qiladi. Mazkur avtomobil test-drayv uchun mavjud. Bu va boshqa Kia modellarini rasmiy dilerlik markazlarida xarid qilishingiz mumkin.
Kia avtomobillari haqida ko‘proq ma’lumot uchun raqam: +998 71 215 70 07