15 Марта 2022

Kia EV6 modeli – Yevropaning «Yil avtomobili» mukofoti sovrindori

Kia EV6 modeli – Yevropaning  «Yil avtomobili» mukofoti  sovrindori

Eng so‘nggi elektr krossoveri Kia EV6 Yevropada «Car of the Year 2022» unvoni – jahon avtosanoatida har yili beriladigan eng obro‘li mukofotlardan biriga loyiq deb topildi.

Tanlov so‘ngida innovatsion Kia krossoveri 279 ball to‘plab, Renault Megane E-Tech va Hyundai Ioniq 5 kabi jiddiy raqiblarni ortda qoldirdi.

Yevropa Ittifoqining 22 davlatidan kelgan 59 ta hurmatga sazovor jurnalistlardan iborat bo‘lgan tanlovning hakamlar hay'ati prezidenti Frenk Yanssen bunday dedi: «Kia EV6 g‘alabasi kutilmagan, ammo yoqimli hodisa bo‘ldi. Kia qanday sur'atlarda o‘sayotgani chindan ham hayrat uyg‘otadi».

Kia EV6 modelini seriyaviy ishlab chiqarish Koreyada 2021-yildagina yo‘lga qo‘yilganligiga qaramasdan, u allaqachon xaridorlar muhabbatini qozonishga ulgurdi.