
2-fevraldan boshlab O‘zbekistonda Kia К8 premial sport sedani sotuvi boshlandi, mahalliy bozor uchun uni ishlab chiqarish "ADM-Jizzakh" zavodida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston bozorida 300 ot kuchiga ega "Smartstream 3,5 GDI" dvigateli bilan jihozlangan 8 bosqichli transmissiya va old uzatmaga ega K8 taqdim etilgan. Моdel "Drive Wise" nomli xavfsizlik tizimlarining keng to‘plami, yagona panoramali displeyli (har bir ekran diagonali —12,3 dyuym) ilg‘or axborot-ko‘ngilochar tizim, premial audiotizim va interyerni jihozlashda innovatsion yechimlarga ega.

К8 brendning yangi uslubini gavdalantiradi va kompaniyaning yangi logotipiga ega. Modelni yaratishda asosiy e'tibor zamonaviy premial sifat va dinamik ko‘rsatkichlarga qaratilgan. Sedanning old qismidagi «yo‘lbars tabassumi» shaklidagi maxsus radiator panjarasi endi yangi hoshiyasiz shaklda chiqarilgan. Hoshiyasi olib tashlangan panjara old bamper bilan birlashtirilgandek tasavvur uyg‘otadi.

O‘zbekiston Respublikasida Kia modellar lineykasining kengaytirilishi brendning bozordagi o‘rnini mustahkamlash borasida yangi qadam bo‘lib xizmat qildi. Yangi Kia K8 Roodell kompaniyasining Kia rasmiy dilerlari salonlarida sotuvga chiqarilgan.
Kia K8 sedani haqida yanada batafsil ma'lumot kia.uz saytida berilgan.