Zamonaviy Kia to’liq uzatmasining tizimlari

Zamonaviy Kia to'liq uzatma tizimlari yengil avtomobillar (Stinger, K900) uchun qanday bo’lsa, krossover va yo’ltanlamaslar (Seltos, Sportage, Sorento, Sorento Prime, Mohave) uchun ham xuddi shunday belgilanadi. Ular yo'lning murakkab qismlarini yengishga yordam beradilar, shuningdek sirg’anchiq qoplamali yo'llarda haydashda qo'shimcha xavfsizlikni ta'minlaydi. Avtomatik ravishda ulangan to'liq uzatmani boshqaruv tizimi yo'l sharoitlarini, g'ildirakning aylanish tezligini, tezlanish, haydash uslubini baholaydi va aylanish momentini old va orqa o’qlar o'rtasida optimal nisbatlarda taqsimlaydi. Krossoverlar va yo’ltanlamaslar uchun – aylanma momentni taqsimlashga javob beradigan o’q orasidagi majburiy bloklash- rejimi 4WD Lock ko’zda tutilgan. Rejimni faollashtirganda, old va orqa g'ildiraklar orasidagi momentni taqsimlash 50:50 nisbatida o'rnatiladi. Tezlikni 40 km/soatdan oshirishda, tizim avtomatik rejimga o'tadi. Doimiy to’liq uzatmaning yanada murakkab va ko'p funksiyali tizimni Mohave yo’ltanlamasiga o'rnatiladi. Ushbu avtomobilning mukammal o'tkazuvchanligi past uzatma va markaziy bloklash funktsiyasi bilan ikki bosqichli uzatish qutisi bilan ta'minlanadi.