Kafolat
Avtomobillarimizga to'liq ishonchni Kiaga avtomobildan foydalanish bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatilgan tavsiyalarga siz tomondan amal qilinganda (oldindan nima bo'lishiga qarab) 60 oy yoki 150 000 km o’tgan masofa davomida uzellar va agregatlarning ishonchli ishlashini ta'minlaydi.
Bizning ishonchimiz nafaqat avtomobilingizni kafolatli texnik xizmat ko’rsatish, balki faqat Kianing asl ehtiyot qismlaridan foydalanib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etadigan dilerlik tarmog'ining mutaxassislari tajribasi va bilimlariga asoslanadi. Kia dilerlari sizning avtomobilingizni har doim "formada " bo'lishini va sizning eng yuqori talablaringizni ham qondirishini ta'minlaydi.
Kia o'z mahsulotlarini doimiy ravishda takomillashtirishga intiladi, bu Sizning avtomobilingizga ham tegishli bo’lishi mumkin, shuning uchun Kia servis kitobida ko’rsatilgan ba'zi shartlar va talablarni maxsus ogohlantirishsiz o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Kia faqatgina avtomobillarni sotish bilan cheklanmaydi, balki malakali texnik xizmat ko’rtishni ham ta'minlaydi. Bizning asosiy ustuvor vazifalarimizdan biri Kia avtomobillarini ishlatishda qulaylikni ta'minlashdir