6 Января 2025

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

2024-yil dekabr oyida Kia brendi avtomobillarining sotuvi
2024-yil dekabr oyida Kia brendining 2125 dona avtomobillari sotilgani, brendning iste’molchilar orasida yuqori talabga ega ekanligini tasdiqladi. Sonet krossoveri o‘zgarmas yetakchi sifatida namoyon bo‘lib, uning ulushi sotilgan avtomobillar umumiy sonining 62,92 foizi yoki 1337 donani tashkil etdi. Yetakchi beshtalikni Sportage (190 dona), Sorento (185 dona), K5 (155 dona), Seltos (113 dona) modellari egalladi.

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

Kia avtomobillari sotuvi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar poytaxt, Samarqand va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri keldi

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

Kia xaridorlarining dekabr oyidagi tarkibi tahlili namoyoni, brend avtomobillari umumiy xaridorlar ichida erkaklar orasida (68 foiz) ommabopligicha qolganligidan xabar bermoqda. O‘z navbatida, avtomobillarning 32 foizini ayollar sotib olishdi. Yosh taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, Kia avtomobillariga eng ko‘p qiziqish 30-39 yoshdagi (31,3 foiz) xaridorlarga to‘g‘ri keladi, ulardan keyin 40-49 yosh (27,6 foiz) va 50-59 yosh (19,3 foiz) guruhlari keladi. 18-29 yoshdagi yoshlar jami xaridorlarning 9,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 60-69 yoshdagi xaridorlar ulushi 10,9 foiz, 70 yoshdan oshgan xaridorlar ulushi esa 1,1 foizni tashkil etdi.

Kia 2024-yil davomida: sotuvlar va bozor yetakchilari

2024-yilda Kia kompaniyasi 19 390 dona avtomobillarni sotib, o‘z modellarining ishonchligi, jozibador dizayni va universalligi tufayli bozorda o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Ixcham va zamonaviy Kia Sonet modeli sotuvda yetakchi bo‘ldi. Mazkur krossover o‘zgacha uslub, qulaylik va hamyonbop narx o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun mukammal yechimdir. Yil davomida 7 739 nafar kishi Sonet egalariga aylanib, bu barcha sotilgan Kia avtomobillarining 40 foizini tashkil qildi.
Ikkinchi o‘rinda keng salon, zamonaviy dizayn va ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan afsonaviy Kia Sportage. Ushbu avtomobilni 3 314 nafar xaridor (17 foiz) tanladi.
Kia K5 biznes-klassining hashamatli sedani ishonchli tarzda uchinchi o‘rinni egalladi. Mazkur avtomobilning sport qiyofasidagi dizayni va premium darajadagi qulayligi sababli 3 070 nafar kishini (16 foiz) o‘ziga jalb etdi.
To‘rtinchi o‘rinni oilaviy krossover bo‘lib hisoblangan Kia Sorento egalladi. Uning keng saloni, harakatlanish xususiyati va zamonaviy jihozlanishi, 2 022 nafar xaridorlar (10 foiz) uni tanlab olishiga sabab bo‘ldi.
Ixcham va shiddatli Kia Seltos yetakchi beshlikni yakunlab beradi. Ushbu krossover shahar bo‘ylab safarlar va faol hayot tarzi uchun juda mos keladi. Yil davomida mazkur modeldan 1 374 donasi (7 foiz) sotilgan.

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

O‘zbekiston hududlari bo‘yicha muvaffaqiyat geografiyasi.

2024-yilda Kia avtomobillari O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z egalarini topib, butun mamlakat bo‘ylab brendga yuqori qiziqishni namoyish etdi. Eng ko‘p avtomobillar poytaxtda sotilgan. Toshkentda 7 157 dona Kia avtomobillari sotilib, umumiy sotuv hajmining 37 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, u yerda 1 815 dona avtomobillar (9 foiz) sotilgan. Uchinchi o‘rinni 1 498 dona sotilgan mahsulotlari (8 foiz) bilan Buxoro viloyati egalladi. Qashqadaryo viloyati 1 377 dona avtomobillarni (7 foiz) sotgan holda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Farg‘ona viloyati 1 022 dona sotilgan avtomobillari (5 foiz) bilan yetakchi beshlikni yakunlab berdi.

2024-yilda Kia avtomobillari sotuvi natijalari

Sotuvlar taqsimoti butun mamlakat bo‘ylab brendga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchni tasdiqlaydi, modellar xilma-xilligi esa turli darajadagi daromad va turmush tarziga ega bo‘lgan xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

O‘zbekistonda Kia avtomobil brendi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33.
Sayt: http://kia.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan