27 Июня 2024

Oʻzbekistondagi Kia’ning sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilishining yangi istiqbollari

Oʻzbekistondagi Kia’ning sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilishining yangi istiqbollari

2024-yilning 27-iyul kuni Toshkent shahrida Kia avtomobil brendining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan Kia avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilish boʻyicha dilerllar Konferentsiyasi oʻtkazildi. Hilton Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtgan tadbirda butun mamlakat boʻylab 80 dan ortiq Kia’ning dilerlik markazlari vakillari ishtirok etdilar.

Zamonaviy avtomobilsozlik biznesida sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilishning asosiy roli muhokamasi Konferentsiyaning asosiy mavzusi boʻldi. Kia kompaniyasining Oʻzbekistondagi sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilish boʻyicha direktori Yuriy Goryachev, sifatli servis xizmatini koʻrsatish mijozlarning sodiqligi va brendning raqobatbardoshligining eng muhim omili ekanligini ta’kidladi.

Oʻzbekistondagi Kia’ning sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilishining yangi istiqbollari

Konferensiyada Kia avtomobillari uchun kafolatli xizmat ko’rsatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rossiya va Koreyadan kelgan mutaxassislar ishtirokchilarga amaldagi standartlar, kafolat ishlarini amalga oshirish tartibi va ishlab chiqaruvchi bilan oʻzaro munosabat yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar. Ushbu bilim va koʻnikmalar dilerlarga mijozlarga yanada samaraliroq maslahatlar berishlariga va ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishlariga imkon beradi.

Oʻzbekistondagi Kia’ning sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatilishining yangi istiqbollari

Sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish yoʻnalishini toʻgʻri boshqarish hisobiga biznesning daromadliligini oshirish alohida mavzuga aylandi. Ishtirokchilar narxlar, ehtiyot qismlar logistikasi, xodimlarni ragʻbatlantirish va boshqa muhim jihatlar boʻyicha eng yaxshi yondashuvlarni oʻzaro muhokama qildilar. Konferensiyada olingan tavsiyalar Oʻzbekistondagi Kia’ning dilerlariga oʻz servis markazlarini yangi darajaga koʻtarishga yordam yaratadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilai muhokama qilingan masalalarning yuqori amaliy ahamiyatini ta’kidladilar va oʻz kompaniyalarida sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatishning ilgʻor usullarini joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bunday konferensiyalarni tashkil etilishi ishlab chiqaruvchi va dilerlar o'rtasida muhim bogʻlovchi rishta boʻlib, Oʻzbekistondagi Kia’ning butun avtomobil ekotizimining rivojlanishiga koʻmaklashadi.