15 Мая 2024

Kia Sonet krossoverining baʼzi komplektatsiyalari uchun narxlar oʻzgarmoqda

Kia Sonet krossoverining baʼzi komplektatsiyalari uchun narxlar oʻzgarmoqda

Kia Uzbekistan 2024 yilning 1 iyun sanasidan boshlab Kia Sonet krossoveri uchun narxlar oʻzgarishi toʻgʻrisida xabar qilmoqda

Avval xabar qilinganidek, Kia Sonet uchun joriy maxsus narxlar modelni oldindan buyurtma qilish davrida cheklangan miqdorda amal qiladi. Ilk Kia Sonet avtomobillari 1 iyun kuniyoq baxtiyor egalariga topshiriladi.

2024 yil 1 iyundan boshlab amalga kiruvchi yangi narxlar:

Classic - 199 900 000 so'm

Luxe - 222 900 000 so'm (o'zgarishsiz)

Prestige - 249 900 000 so'm

Bunda, 2024 yilning 1 iyuniga qadar tuzilgan va shartnoma shartlariga muvofiq to‘lov amalga oshirilgan barcha shartnomalardagi narxlar o‘zgarishsiz qoladi.