
- Ketma-ket ikkinchi yil “Eng zo’r oilaviy yo’ltanlamas” nominatsiyasi Kia Sportagega nasib etdi
- “Eng zo’r oilaviy elektr krossover” mukofotiga Kia EV6 sazovor bo’ldi
- Yangi Kia EV9 “Eng zo’r 7 o‘rindiqli elektromobil” deb topildi
- Kia buksirovka qilish imkoniyatiga ega bo’lgan avtomobillarning qatori kengligi tufayli “Tow Car Award” mukofotini qo'lga kiritdi
Kia Sportage: “Eng zo’r oilaviy yo’ltanlamas”
Hakamlar Kia Sportageni Buyuk Britaniyadagi eng mashhur sinflardan birida boshqa barcha raqiblaridan ustun deb baholadilar. Kia Sportagening beshinchi avlodi 2022-yil boshida taqdim etilgan bo’lib, 2023 yilda What Car? tanlovida “Eng zo’r oilaviy yo’ltanlamas” nominatsiyasi bo’yicha mukofotga sazovor bo’lgan.

Kia EV6: “Eng zo’r oilaviy elektr yo’ltanlamas”
2022-yilgi "What Car?" tanlovida “Yil avtomobili” mukofotini qo'lga kiritgan Kia EV6, hozirda ham o'z sinfidagi elektromobillar uchun mezon bo'lib hizmat qilmoqda. Avtomobil tobora raqobat ortib borayotgan segmentda bir nechta yangi raqobatchilarni ortda qoldirib, 2024 yilgi “Eng zo’r oilaviy elektr yo’ltanlamas”mukofotini qo'lga kiritdi.
Kia EV9: “Eng zo’r 7 o‘rindiqli elektr avtomobil”
Buyuk Britaniyada 2024-yil boshida sotuvga chiqariladigan yangi Kia EV9 “Eng zo’r 7 o‘rindiqli elektr avtomobil” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. EV9 hakamlar tomonidan imkoniyatlari va raqobatchilariga nisbatan ustunliklari tufayli juda yuqori baholandi.

Kia "Tow Car Award"
Kianing to‘rtinchi mukofoti “Tow Car Award” nominatsiyasida qo’lga kiritilgan bo‘lib, u odatda alohida avtomobil uchun joriy etiladi, ammo bu yil Kianing buksirovka qilish imkoniyatiga ega bo’lgan avtomobillarning qatori kengligini tan olindi.
What Car? Car of the Year Awards mukofoti haqida
Har yili What Car? “Yil avtomobili” tanlovi bir necha toifalardagi eng zo’r yangi avtomobillarni tanlab oladi. Mukofotlarga sazovor bo'lish huquqini qo’lga kiritish uchun avtomobil What Car? Nashrining tadqiqotchilari tomonidan, raqobatchilari bilan yelkama-yelka sinalishi va maxsus sinov o’tkazilish obyektida sinovdan o'tkazilishi lozim.