
O‘zbekiston brendlari va agentliklari marketing samaradorligining 2023-yil uchun yakuniy reytingi ma’lum bo‘ldi. Unda Kia brendi faxrli birinchi o'rinni munosib bo‘ldi.
Marketing samaradorligi reytingi - bu Marketing Assotsiatsiyasining brendlar va agentliklarining yillik reytingi boʻlib, u Oʻzbekistondagi marketing sohasidagi eng samarali kompaniyalarning soʻnggi ikki yil davomidagi kasbiy yutuqlari natijalarini aks ettirib, barcha tomonidan eʼtirof etiluvchi bozorda to'g'ri pozitsiyalanish va targ’ib etilish strategiyasini ob'ektiv baholashning yagona vositasidir.

Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni Kia brendi “2022 yil brendi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Ommaviy ovoz berish, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlarining mustaqil ovoz berishlari natijalariga ko‘ra Kia premiyaning “Transport” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olibligiga erishdi.
Ovoz berish natijalari shuni ko'rsatdiki, Kia ko'pchilik iste'molchilarning ishonchi va mehrini qozona oldi va "Transport" nominatsiyasida birinchi o'rinni haqli ravishda egalladi. Premiyaning ekspertlari ham Kia brendini mukofot bilan taqdirlashdi.

Telefon raqami: 55-5008333
Sayt: kia.uz
Instagram: @kia__uzbekistan
Kianing telegram-kanali: t.me/kia_rasmiy
Telegram-bot: t.me/kiauzbekistanbot