7 Июня 2023

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

3 iyun kuni Kia avtomobillarining rasmiy distribyutori bo’lgan Roodell kompaniyasi- Kia Seltos Kia sohiblarini, Kia Go shiori ostida o'tkaziladigan sport-ko'ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Jozibali Royal Gardens (Bo'stonliq tumani) majmuasi hududida bo'lib o'tgan ta’surotlarga to‘la dastur, hech bir kishini befarq qoldirmagan turli sport musobaqalariga boy edi.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Kia Go tadbitining asosiy bellashuv, bu GPS orqali orientirlanish musobaqasi edi. Musobaqa ishtirokchilari maxsus nuqtalarni topish uchun GPS navigatsiyasi orqali foydalanilgan ko'rsatmalar va koordinatalarni oldilar. Eng qisqa muddat ichida barcha koordinata nuqtalarini to'plagan jamoa g'oliblikka erishdi.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Tadbirning unutilmas lahzalaridan biri bu qiziqarli kvestda ishtirok etish bo'lib, unda ishtirokchilar imolar va parollarni qo‘lga kiritish uchun turli masalalarni yechishlari kerak edi. Kvest barcha ishtirokchilar o'yindan maksimal darajada zavq olishlarini ta'minlash maqsadida turli qiyinlik darajalaridan foydalangan holda ishlab chiqildi.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Bundan tashqari, tadbirda boshqa ko'plab tadbirlar, jumladan, ziplinda uchish, kontaktli hayvonot bog'i, vatrushkalarda uchish, arqonli shaharcha, katta oilaviy hovuz va boshqa ko'plab ko‘ngilochar o‘yinlar mavjud edi. Ushbu ko‘ngilochar o‘yinlar barcha ishtirokchilarga Kia GO tadbiri taqdim eta oladigan barcha ko’ngilhushliklardan zavq olish va rohatlanish imkoniyatini berdilar.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Butun tadbir davomida di-jey o‘ziga xos bayram muhitini yaratib, mehmonlarning kayfiyatini yaxshi musiqa bilan qo‘llab-quvvatlab turdi. Tadbir boshlovchisi nafaqat mehmonlarni xushnud etdi, balki g‘oliblarga Kia brendining sovg‘alarini va kompaniyaning hamkori bo‘lgan Asia Lux sayyohlik agentligining bosh sovrini - Antaliyaga 2 ta chiptani ham topshirdi.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Bayramda kun davomida avtomobil sohiblariga qimmatli maslahatlarini ayamay, Kia avtomobillari haqidagi turli savollarga javob bergan servis xodimlari ham ishtirok etdilar.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Kia Seltos sohiblariga ilk elektr krossoveri bo’lgan Kia EV 6 haqida ko'proq ma'lumot olish shuningdek, o‘z avtomobillaringiz haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashish imkoniyati ham taqdim etildi.

Roodellning Kia Go sport va ko'ngilochar tadbiri

Tadbirda avtomobil sohiblari nafaqat vaqtlarini do‘stlari va oila a’zolari bilan chog‘ o‘tkazibgina qolmay, balki yangi insonlar bilan tanishish, avtomobilga egalik qilish tajribasi bilan o‘rtoqlashish va ko‘plab qiziqarli sarguzashtlardan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar. Mehmonlar puxta o‘ylangan va tashkil etilgan dastur uchun Roodell kompaniyasiga o’zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.