
- Yangilangan Kia Seltos O'zbekiston bozoriga 2023 yilning fevral oyida chiqadi
- Kia Seltos yanada sportcha tashqi dizaynga, yaxshilangan ovoz izolyatsiyasiga va haydovchiga yordam tizimlarining eng zamonaviy to'plamiga ega bo’ldi
- Avtomobil 147 ot kuchiga ega ikki litrli benzinli dvigatel, old o'qga uzatmali CVT pog’onasiz variatorli transmissiyasi bilan taklif etiladi
Mijozlarga krossoverning uch komplektatsiyasi taqdim etiladi: 369 900 000 so'm narxda Style, 399 900 000 so'm narxda Prestige, 426 900 000 so'm narxda Premium
2023 yil 15 fevral, Toshkent – Kia ning O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo’lgan Roodell kompaniyasi, 2023 yil fevral oyida yangilangan Seltos krossoverining sotuvi boshlanishi haqida e’lon qilmoqda.

2022 yil 30-iyun kuni Janubiy Koreyalik avtomobil ishlab chiqaruvchi krossoverning ilk rasmiy tasvirlarini chop qildi, modelning jahon premyerasi esa 15-iyul kuni Pusan shahridagi xalqaro avtosalon stendlarida namoyish etildi.
Yangilangan Kia Seltosning dizayni, mazkur avtomobilning sportcha xarakterini ta'kidlaydigan qator tafsilotlarga ega. Shuningdek, mashina yaxshilangan ovoz izolyatsiyasi, yanada zamonaviy va kengaytirilgan xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlariga ega bo‘ldi. Endi mashhur bo’lgan, ixcham krossover uchun, ko'rinmas zonalar nazorati va ortga harakatlanishda qarama-qarshi trayektoriya bo’ylab harakatlanayotgan transport vositalari bilan to'qnashuvning oldini olish tizimlari mavjuddir.
Dvigateli, transmissiyasi, dinamikasi
O'zbekiston bozorida yangilangan Kia Seltos 147 ot kuchiga ega, 2,0 l hajmli atmosferali benzinli dvigatel bilan taqdim etiladi. Dvigateli taqsimlanlgan in'ektsiya tizimi (MPI) bilan jihozlangan va Atkinson tsikli bo’yicha ishlaydi. Avtomobil CVT pog’onasiz transmissiyasi (variator) bilan jihozlanib, oldingi o'qda uzatmaga ega. Bunday dvigatel va transmissiya bilan yangilangan Kia Seltos, 9,6 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlasha oladi va kombinatsiyalangan yoqilg'i sarfi esa 100 km ga 6,6 l ni tashkil qiladi.
Eksteryeri (Tashqi ko’rinishi)
Krossoverning kuzovi yanada nafislashib, avtomobilning orqa qismi dizayni o’zgarganligi va optikasi modernizatsiyalanganligi hisobiga yanada zamonaviy shakllarga ega bo'ldi. Radiatorning effekli panjarasi, g’ildirak disklarining futuristik dizayni bilan uyg’unlikda “Yulduzli xarita” (Starmap) uslubidagi old va orqa chiroqlarning o'ziga xos grafikasi yangi Kia Seltosni yo'llarda unutilmasga aylantiradi.
Yangilangan Kia Seltosning gabarit uzunligi, kengligi va balandligi mos ravishda 4390 mm, 1800 mm va 1615 mm ga teng. Krossoverning g'ildirak bazasi - 2630 mm, yo’l sathidan balandligi – 185 mm. Jihozlangan shaklda, avtomobil, spetsifikatsiyasiga qarab 1360 dan 1445 kg gacha massaga ega.
Interyeri (Ichki jihozlanishi)
Ta'kidlangan gorizontal dizayn elementlari salonni vizual ravishda kengaytiradi. Displeylar va boshqaruv elementlari aniq ko'rinib turadi va haydovchi uchun osondir. Simsiz zaryadlash paneli va mobil telefoninni audio tizimga simsiz ulash uchun Bluetooth-moduli haydovchiga yo'ldan chalg'imasdan aloqada bo'lish imkonini beradi. Yangilangan Kia Seltosning keng saloni, avtomobildagi barcha odamlarga bosh va oyoqlar uchun yetarli joyni taqdim etadi. Krossoverga isitilish funktsiyasiga ega qulay o'rindiqlar o’rnatilgan, maksimal komplektatsiyasida haydovchi o'rindig'i sozlashlar xotirasiga ega. intellektual ochilish tizimiga ega bagaj bo’lmasi eshigining elektr uzatmasi o’rnatilishi imkoni mavjud.

O'zbekiston bozori uchun yangilangan Kia Seltos Kuzovining 11 ta rangi mavjud bo'lib, ulardan ikkitasi ikki ranglidir.
Avtomobil uch komplektatsiyada taqdim etiladi: Style 369 900 000 so'm narxda, Prestige 399 900 000 so'm narxda, Premium 426 900 000 so'm.
Kia ning 1333 qizg’in telefon liniyasiga qo'ng'iroq qilib, kia.uz sayti orqali, yoki rasmiy Kia dilerlik markazlariga murojaat qilib qo'shimcha ma'lumot olish va oldindan buyurtma berish mumkin:
Kia Yakkasaroy: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Xalka Yo'li ko'chasi (Malaya koltsevaya), 70A.
Kia Sergeli: Toshkent shahri, Sergeli tumani, A. Navoiy massivi, Toshkent avtomobil halqa yo'li.
Kia Denov: Denov tumani, "Lochin" mahallasi, Humo ko'chasi.
Kia Andijan: Andijon shahri, Jalabek KFY, S. Ashurov massivi.
Kompaniya haqida:
Kia Corporation - bu mijozlar, lokal va global hamjamiyatlar uchun barqaror mobillik echimlarini yaratishga intilib, mobillik mahsulotlari va servislarini yaratish va ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi dunyo brendidir. Kompaniya 1944 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kia 190 dan ortiq mamlakatlarda 3 millionga yaqin avtomobillarni sotayotgan kompaniya. Korporatsiya xodimlarining umumiy soni 52 ming kishidan ortiq. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonlari oltita mamlakatda joylashgan. Kia elektromobillariga o'tishdagi peshqadam bo’lib, butun dunyo bo'ylab shaharsozlik muammolarini hal qilishda ko’maklashish uchun mobillik servislarini rivojlantirish bilan shug'ullanib kelmoqda.
ООО «ROODELL» (www.roodell.uz) O'zbekiston hududida Kia avtomobillarining rasmiy distribyutoridir. Kia ning sotuvlar boshlanganidan beri O'zbekistondagi umumiy sotuv hajmi 10 000 dan ortiq avtomobilni tashkil etadi. Kia avtomobillari uchun 5 yillik yoki 150 000 km masofaga kafolat mavjud. 2023 yilning boshi holatiga, O'zbekiston hududida, Kia ning 4 ta rasmiy dilerlik markazi faoliyat ko'rsatmoqda.