
Kia kompaniyasi «2022 CEO Investor Day» mobaynida kompaniyaning 2030 yilga qadar rivojlanish rejasi bilan bo‘lishdi. Ushbu reja 2020 yilda e'lon qilingan Plan S strategiyasiga asoslangan bo‘lib, uning asosida barqaror rivojlanish davri mobillik sohasining yetakchisi bo‘lishga intilish yotadi.
Kia strategiyasi uchta asosiy tamoyilga tayanadi: «odamlar» (people), «sayyora» (planet) va foyda (profit). Ushbu tamoyillarga tayangan holda Kia mijozlar uchun o‘z faoliyati qimmatini oshirish, iqtidorlarni rivojlantirish, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida uglerod gazlari chiqishi miqdorini kamaytirish va fuqarolik jamiyatining mas'uliyatli a'zosi bo‘lib qolgan holda, foydalilik ko‘rsatkichlarini oshirishga intilmoqda.

Investorlar bilan uchrashuv chog‘ida Kia'ning prezidenti va bosh direktori Xo Sun Song (Ho Sung Song) shunday dedi: «Kia katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, unga qarashlar, strategiya, mahsulot, dizayn, logotipning o‘zgarishlari kiradi. Kompaniyaning strategik maqsadiga erishish va barqaror rivojlanish davrining mobillik yechimlari provayderiga aylanish uchun biz kuchimizni kelajak biznes-modellariga o‘tishni tezlatishga qaratamiz. Biz biznesga bo‘lgan yondashuvimizda mijoz manfaatlariga yo‘naltirilganlik jihatini yanada oshiramiz, shiddatli transformatsiyani amalga oshiramiz, shu bilan birga biznes-jarayonlarimizning ishonchliligi va barqarorligini pasaytirmaymiz».
Plan S strategiyasi e'lon qilinganidan keyin o‘tgan ikki yil mobaynida Kia jahon elektromobillar (EV) bozorida yetakchi brend darajasigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishga erishish bilan bir qatorda 2021 yilda kompaniya tarixidagi pul tushumlari va operatsion foydaning eng yuqori ko‘rsatkichlarini namoyish etdi. Kia kelajakdagi o‘sish uchun ijobiy bo‘lgan ushbu turtkini ham miqdor, ham sifat jihatidan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ekologik toza avtomobillarni ommalashtirish hisobiga yiliga 4 mln dona sotishga erishish
2022 yil uchun qo‘yilgan 3,15 mln avtomobilga teng yillik savdo hajmiga chiqish vazifasidan boshlab Kia, kompaniya mahsulotlarining butun dunyoda tan olingan yuqori sifatiga tayangan holda, ushbu miqdoriy o‘sishni keyinchalik ham davom ettirishni niyat qilib qo‘ygan. Maqsad – 2030 yilga borib savdo hajmini yiliga 4 mln dona avtomobilga yetkazishdan iborat bo‘lib, bu 2022 yil uchun belgilangan maqsadli hajmdan 27% ga ortiq.
Bunday miqdoriy o‘sishning tarkibiy qismlaridan biri sifatida kompaniya ekologik toza transport vositalarini sotish ko‘lamini oshiradi. Batareyada ishlaydigan elektromobillar (BEV), quvvat oldiriladigan gibrid sxemasi bo‘yicha ishlangan kuch qurilmalariga ega avtomobillar (PHEV) va gibrid elektromobillar (HEV) shular qatoriga kiradi.

Avtomobil va smartfon hamda avtomatik ravishda boshqarish texnologiyalarini birlashtirishga asosiy e'tibor qaratiladigan mahsulot strategiyasi
2025 yildan boshlab barcha Kia avtomobillari o‘z klassida eng yaxshi bo‘lgan mobil servislar funksionali bilan jihozlanadi. Simsiz yangilanish (ОТА) imkoniyatlari va Feature on Demand («So‘rov bo‘yicha opsiya») servislaridan butun Kia modellar qatorida foydalanish mumkin bo‘lganligi uchun mijozlar o‘z avtomobillarini aktual holatda ushlab turishlari, ko‘pgina funksiya va texnologiyalardan foydalanishlari mumkin.
2026 yilga borib asosiy bozorlarga chiqadigan barcha yangi modellar avtomatik boshqarish texnologiyalari bilan jihozlanadi, negaki ularni joriy etish tezligi 80% dan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda kompaniya AutoMode kompleksini yanada modernizatsiya qilish va avtomobilning to‘liq avtonom harakatlanish texnologiyasini joriy etishni rejalashtirgan.
Kia shuningdek dizayni bo‘yicha turlicha bo‘lgan avtomobillar qatorini yaratish va kuchli modellar segmentidagi takliflarini kengaytirishga ham katta e'tibor qaratadi. EV6 GT bozorga chiqarilishidan boshlab Kia o‘zining barcha BEV modellari uchun GT qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda.