
Mijozlar fikrini bilish uchun PR-bo‘limimiz xodimlari Sergeli tumani, A.Navoiy mavzesi, Toshkent Xalqa Avtomobil Yo‘li manzilida joylashgan Kia Sergeli dilerlik markaziga tashrif buyurishdi. Ular servis mijozlarining biri bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lishdi va ushbu mijoz dilerlik markazi faoliyatidan olgan taassurotlari bilan bajonidil o‘rtoqlashdi.
Kia Sergeli dilerlik markazi Kia brendining yagona global standartlariga muvofiq barpo etilgan bo‘lib, Kia'ning jahon miqyosidagi dilerlik tarmog‘iga kiruvchi boshqa salonlardan hech bir jihati bilan farq qilmaydi.
Salonga kirishingiz bilan birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigan narsa — bu, servis hududi yonginasiga osib qo‘yilgan ulkan stend. Mijozlar bilan bahs va kelishmovchilik kelib chiqmasligi uchun stendda Kia'ning barcha modellari uchun reglamentga oid dastlabki o‘nta Texnik xizmat ko‘rsatishning amaldagi narxlari ko‘rsatilgan (150 000 km masofa bosib o‘tilgunga qadar). Aynan standart texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish servisning asosiy faoliyatini tashkil etadi.
Avtomobillarni qabul qilish hududida betartiblik yo‘q — barcha mijozlar, asosan, oldindan qabulga yozilib kelishadi, bu ishni ikki-uch kun avval bajarish tavsiya etiladi. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, servisda ish yetarli darajada. Bugunning o‘zida yozilib kelishning deyarli imkoni yo‘q, ogohlantirmasdan kirish haqida esa umuman gapirmasa ham bo‘ladi.
Kutish hududida rejaviy xizmat ko‘rsatishga topshirilgan avtomobillarini kutayotgan bir nechta mijozlar o‘tirishgan ekan. Biz mijozlardan biri bilan suhbatlashishga qaror qildik va Kia Seltos sohibi bo‘lgan Jamshid bilan tanishdik.
.

Texnik ko‘rikka yozilish qulay tashkillashtirilganmi, siz qabulga yozilishning qaysi usulidan foydalandingiz?
- Aloqa markazi orqali qabulga yozildim. Meni eng yaqin servis markazi bilan bog‘lashdi va o‘sha yerda TKdan o‘tishga yozishdi. Menejer xushmuomalalik bilan gaplashdi, qabulga yozilish haqida tushuntirdi va savollarimga javob berdi. Keyin aniqlashtiruvchi savollar berdi va bu TKdan o‘tishni tezlashtirdi. Qabuldan bir kun oldin menejer menga qayta qo‘ng‘iroq qilib, eslatib qo‘ydi.
Ta'mirlash yoki xizmat ko‘rsatishga kirishdan oldin barcha Kia avtomobillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish jarayonini o‘tadi. Maxsus tayyorlangan xonada mijozning o‘zi bilan avtomobil ko‘zdan kechiriladi, tashqi shikastlar bor-yo‘qligi tekshiriladi, avtomobil egasi esa ustaga mashinа haqidagi fikrlarini, mavjud bo‘lgan yoki borligiga shubhasi bo‘lgan nosozliklar haqida aytadi.
Servis markazida sizni qanday kutib olishdi?
- Meni juda yaxshi kutib olishdi. Qabul qilib oladigan usta belgilangan vaqtda meni kutib, tayyor turgan ekan. Kelishim bilan mashinani yuvishga yuborishdi, chunki yaxshigina kir bo‘lib qolgan edi. Bu avtomobilni qabul qilib olishda kuzov holatini baholash uchun qilingan ekan. Mashinani ishga qabul qilishdan oldin tepaga ko‘tarib, yaxshilab tekshirib chiqishdi.
Kia servisiga kirgan har bir avtomobil uchun barcha ishlar o‘tkazib bo‘lingandan keyin servisdan chiqib ketishi kerak bo‘lgan vaqt ham hatto oldindan qayd etib qo‘yiladi. «Buning hayron qoladigan yeri yo‘q, — deydi Alisher, servis bo‘limi boshlig‘i, — har bir ish uchun ketadigan vaqt real mehnat sarfidan kelib chiqqan holda oldindan hisoblab chiqilgan va dasturga kiritilgan, shunday ekan biz ta'mir vaqtini rejalashtirishimiz mumkin. Agar ish jarayonida qandaydir yangi holat aniqlansa, mijoz bu haqida ogohlantiriladi, yangi ish hajmi kelishiladi va avtomobilni topshirishning yangi vaqti belgilanadi. Ammo bunaqasi, rostini aytsam, kamdan-kam bo‘ladi».
Kia servis markazlarining barcha texnik xodimlari muntazam treninglar o‘tishadi — bu kompaniyadagi malaka oshirish dasturining bir qismi. Xodimning lavozimi va mehnat tajribasiga qarab treninglar murakkabligi, shakli va turi bo‘yicha farqlanadi.
Sizning masalangizni hal qilishda menejerlar yordam berishdimi?
- Xodimlarni alohida e'tirof etishni xohlardim, ular oddiy TKka ham munosib e'tibor qaratishdi. Menga to‘liq ma'lumot berishdi va barcha savollarimga javob oldim. Keyin esa kutish hududiga kuzatib qo‘yishdi, u yerda yaxshigina qahvaxona bor ekan.
O‘zRdagi har bir Kia dilerlik markazi marka vakolatxonasining qarovida. Shunday ekan, hech kimning loyaqligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kia servis markazida kutganingizdek xizmat ko‘rsatildimi?
- Hа. Hozirchalik avtomobil 20 000 km masofa bosib o‘tgan va reglamentga oid TKdan o‘tdi. Hozirgacha filtrlar, moy va mayda sarf materiallari almashtirildi. Bundan tashqari, servis markazi ustalari avtomobilni to‘liq ko‘zdan kechirishdi, uning natijasida hech qanday muammo aniqlanmadi.
Umid qilamizki, Kia Sergeli servis markazi mijozining ushbu so‘zlari bizning barcha joriy va bo‘lajak mijozlarimiz uchun foydali bo‘ladi.
Siz ham dilerlik markazlarimizga shaxsan tashrif buyuring va taassurotlaringizni biz bilan bo‘lishing! Kia'da ko‘rishguncha!