Sportage
Terrain mode - Yo‘l sharoitlariga moslashish tizimi
Yangi Smartstream 2.5 GDI dvigateli
Yangi Kia Sportage mardonavor va shiddatli dizaynga ega. Avtomobil, qayerda ekanligingiz va qayerga yo‘l olganligingizdan qat'i nazar yo‘lda o‘zingizni yanada ishonchli his etish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda yaratilgan. Harakatda davom etadiganlar uchun. Izlashda davom etadiganlar uchun. Ilhom manbai doim yoningizda.

Eksteryer
Аvtomobil dizaynning yangi “Qarama-qarshiliklar birligi” falsafasiga muvofiq ishlangan va darhol wow-taassurot uyg‘otadi. Kuzovning sof atletik yuzalari radiator panjarasi va faralar blokining kontrastli va yorqin grafikasi bilan uyg‘unlikda yo‘llarda avtomobilga shiddatli va mardonavor ko‘rinish baxsh etadi.

Dinamik dizayndagi faralar yukxona eshigining butun kengligi bo‘yicha o‘tgan qora dekorativ panel yordamida yaxlit ko‘rinishga keltirilgan. O‘z dizayni bilan ular old faralar optikasining tasvirini takrorlaydi.

Ikki rangli orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgular avtomobilning sportga xos timsolini yaratadi.

Radiatorning grafik tasvirli katakchali o‘ziga xos «Yo‘lbars tabassumi» uslubidagi panjarasi va bumerang shaklidagi noyob kunduzgi yurish chiroqlari faralar grafikasini namoyon etadi va old qismiga futuristik ko‘rinish bag‘ishlaydi.

O‘ziga xos atletik liniyalar kuzovning sof va nafis yuzalarini kesib o‘tib, uslubning yorqin hislarga boyligi va avtomobilning sportga xos tabiatini aks ettirgan holda barcha hajmlarni uyg‘un tarzda mujassamlashtiradi.

Bumerang shaklidagi kunduzgi yurish chiroqlari va ularga o‘rnatilgandek ko‘rinadigan romb shaklidagi faralar avtomobilning texnologikligi va futuristik dizaynini yaqqol namoyon etadi

Kuzov orqa ustunining xromlangan dekorativ elementi.
Kia Sportage interyeri premial sifat va haydovchi uchun qulay dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan. Havo o‘tkazuvchi ko‘rkam deflektorlar bilan hoshiyalangan nafis va ingichka egri panoramali displey haydovchi ustidan aylanib o‘tgandek taassurot uyg‘otadi va multimedia sohasidagi eng ilg‘or yutuqlardan foydalanish imkonini ochib beradi.

Interyer
Hatto avtomobil boshqarayotgan paytingizda ham kashf etish, izlash, yangilik tomon intilish istagingizni baham ko‘rgan holda Sportage eng yaxshi yechimlarni taklif etadi. Вarcha boshqaruv elementlari sodda avtonom displeylarga o‘rnatilgan bo‘lib, bu avtomobilni boshqarish vaqtida imkon qadar kamroq chalg‘ish imkonini beradi.

Panoramali displey raqamli asboblar paneli va multimedia tizimining ikkita 12,3” HD ekranini choksiz birlashtirib turadi. Intuitiv darajada tushunarli grafika va sensorli boshqaruv haydovchiga maksimal qulaylik yaratadi.

Axborot-ko‘ngilochar tizim va iqlim nazorati funksiyalari uchun o‘rnatilgan panelning yagona klaviaturasi qo‘llaniladi.

SBW обеспечивает превосходное удобство работы и безопасность в сочетании с оптимальным использованием внутреннего пространства консоли и ее компоновки.

Safarlaringiz chog‘ida 8 ta dinamikli Harman Kardon® audiotizimi yordamida fantastik ohanglardan bahra oling.

Android Auto va Apple CarPlay tizimlari smartfon funksionalini multimedia tizimi ekranida aks ettiradi va harakatlanish vaqtida servislar va ilovalardan qulay hamda xavfsiz foydalanish imkonini beradi.

Tizimga mos keladigan smartfonni tez quvvat oldirish imkonini beradi. Yashil indikator quvvat olish yakunlanganini ko‘rsatadi.

Panoramali tom interyerga yorug‘lik va kenglik hissini qo‘shadi.
Qulaylik
Sportage istalgan so‘rovingizga moslashishga qodir. O‘rindiqlar haroratini o‘zingizga qulay qilib sozlash, paltoni osib qo‘yish yoki kutilmaganda o‘zingiz bilan olishga qaror qilgan ko‘plab narsalarni joylash kerakmi? U barcha ehtiyojlaringizni qondiradi.

Ob-havo qanday bo‘lmasin, siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan haroratdan rohatlanishingiz mumkin. Old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi yoki isitish tizimini markaziy konsoldagi boshqaruv paneli yordamida sozlash mumkin.

Yukxona bo‘limining katta taassurot uyg‘otadigan hajmi 543 litrni tashkil etadi, orqa o‘rindiqlarning 60/40 nisbatida bo‘lingan suyanchiqlarini esa yukxona bo‘limi devoridagi fiksator dastagini tortish orqali tez yig‘ib qo‘yish mumkin.

Yukxona bo‘limining katta taassurot uyg‘otadigan hajmi 543 litrni tashkil etadi, orqa o‘rindiqlarning 60/40 nisbatida bo‘lingan suyanchiqlarini esa yukxona bo‘limi devoridagi fiksator dastagini tortish orqali tez yig‘ib qo‘yish mumkin.

Smart Key`ni qo‘lingizda ushlab, avtomobil orqasiga o`ting va bir necha soniyada yukxona avtomatik ravishda ochiladi. Orqa eshikning qulay ko`tarilish balandligini sozlashingiz mumkin.

Old boshosti yostiqlariga kiyim ilgichlari o‘rnatilgan. Ikkinchi qator yo‘lovchilari qulayligi uchun tez quvvat oldirish USB-C teshiklari old o‘rindiqlarning suyanchiqlari orqasiga o‘rnatilgan.

Markaziy konsoldagi stakandonlarni, foydalanilmayotgan paytda olib qo‘yish va bu bo‘linmaga planshet yoki boshqa buyumlarni joylash mumkin.
Kia Sportage X-Line versiyasida krossoverning o‘zigagina xos ishonch to‘la tabiatini yanada chuqur ochib beradi. Uni yo‘ltanlamas elementlari va kuzovning tabiatga xos noyob rangi alohida ajratib turadi.

X-Line
Salonning kengligi va suyanchig‘ini og‘dirish funksiyasi bor orqa o‘rindiqlar tufayli yo‘lovchilaringizga ham xuddi siz kabi qulay bo‘ladi. Avto ichi maydonidan siz o‘z xohishingizga ko‘ra foydalanish imkoniga ega bo‘lishingiz uchun Kia Sportage o‘rindiqlarini deyarli yassi poldek yig‘ib qo‘yish mumkin. Ikki darajali yukxona katta hajmga ham ega — har qanday holat uchun doim joy topiladi.

Sportage X-Line`ga original dizayndagi disklarda 19” o`lchamdagi g`ildiraklar o`rnatilgan.

Xromlangan noyob yon qo`yilmalar X-Line`ga xos bo`lgan dilovar timsol yaratadi.

Vertikal aks ettiruvchilar va bamperning qora rangli himoya qo`yilmasi.

Bamper bezagidagi to‘g‘ri, gorizontal tekislangan liniyalar X-Line savlati va uning murakkab yo‘llarga tayyorligiga ishora.

Sportage X-Line tashqi ko`zgular korpusi, tomdagi reylinglar va deraza oynalari hoshiyalariga qora jilvakor bezak berilgan.
Xavfsizlik
Drive Wise xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari texnologik majmui bilan siz atrof-muhit sharoiti qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘zingizni har qachongidan ham ishonchli his etasiz.
- Asboblar panelida aks etadigan ko‘zga ko‘rinmaydigan hududlar nazorati (BVM)
- Parkovkadan orqaga harakatlanib chiqishda yon to‘qnashuvning oldini olish tizimi (RCCA)
- Avtomobildan xavfsiz chiqish tizimi (SEW)
- 4 ta kamerali atrofni to‘liq ko‘rsatish tizimi (SVM)
- Yo‘l chizig‘i bo‘ylab harakatlanish assistenti (LFA)
- Stop & Go funksiyasiga ega intellektual kruiz nazorati (SCC)
- Frontal to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi (FCA)

Harakatlanish yo‘nalishini xavfsiz o‘zgartirish uchun burilish ko‘rsatkichi yoqilganda BVM avtomobil ortidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan hududlardagi vaziyatni aks ettiradi.

RCCA orqaga harakatlanishda chap/o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashuvning oldini olishda yordam beradi.

Avto to‘xtaganidan keyin yo‘lovchi salondan chiqish uchun eshikni ochayotganda ko‘zga ko‘rinmaydigan hududda to‘qnashuv xavfi bo‘lsa, SEW avtomatik ravishda ogohlantiradi.

SVM harakat va parkovka vaqtida avtomobil atrofidagi vaziyatni aks ettiradi. U turli rejimlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan to‘liq tasvir yaratish uchun 4 ta kamera tasvirlarini birlashtiradi.

LFA avtomobilni yo‘lak markazida harakatlantirishga yordam beradi. Ushbu funksiya harakatlanish yo‘lagi chizig‘i yoki oldinda ketayotgan avtomobil harakati asosida rul boshqaruvini o‘zgartirish uchun frontal kameradan foydalanadi.

SCC oldinda ketayotgan avtomobilgacha bo‘lgan masofa va haydovchi belgilagan tezlikni avtomatik ravishda saqlab turishga yordam beradi, avtomatik ravishda to‘xtash va qisqa muddat to‘xtab turilgandan keyin harakatlanishni davom ettirish ham shular jumlasidandir.

FCA boshqa transport vositasi, piyoda yoki velosipedchi bilan to‘qnashuv xavfi aniqlanganda ogohlantiradi. Tizim sizni ogohlantiradi va, zarurat bo‘lsa, tormozlanishni ishga tushiradi.
Terrain Mode
Yo‘l sharoitlariga moslashish bo‘yicha yangi Terrain Mode tizimi tufayli Sportage oddiy yo‘lga nisbatan murakkab yo‘l sharoitlarida ham maksimal darajada harakatlanish qulayligi va xavfsizligini saqlab qoladi (SNOW — qor, MUD — loy, SAND — qum rejimlari). Agar Terrain Mode tizimi o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, unda Drive Mode harakatlanish rejimlarini tanlash tizimi qo‘llaniladi.

GT Line
Kia Sportage dvigatellarining quvvati va yoqilg‘i tejamkorligi uyg‘unligi tufayli siz har qanday yo‘l va ob-havo sharoitlarida ham harakatlanish shiddati va a'lo darajadagi boshqaruvchanlikdan voz kechmagan holda katta masofalarni bosib o‘tishingiz mumkin.
- 190 л.с.Dvigatel quvvati
- 242 Н·мМаksimal burovchi moment
- 9,4 сTezlikni 0 dan 100 km/soatgacha yetkazish vaqti (ushbu dvigatel uchun minimal ko‘rsatkich bilan)
- 156 л.с.Dvigatel quvvati
- 192 Н·мМаksimal burovchi moment
- 11,4 сTezlikni 0 dan 100 km/soatgacha yetkazish vaqti (ushbu dvigatel uchun minimal ko‘rsatkich bilan)

Konfiguratsiya
Imkoniyatlari Sportage
6 mavjud konfiguratsiyalar
Luxe
449 900 000 so'm dan 427 405 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.0 MPI / 156 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Old o'rindiqlarni isitish
Svetodiodli reflektor (LED) faralar
O‘rindiqlarga mato bilan ishlov berilgan
Yomg‘ir datchigi
8" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Style Light
489 900 000 so'm dan 440 910 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.0 MPI / 156 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Rul chambaragini isitish
235/60R shinalarga ega 18" engil qotishmali disklar
Sun'iy charm bilan qoplangan o'rindiqlar
2-qator o'rindiqlarini yuk bo'limi tomonidan masofadan yig'ish
8" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Premium Light
539 900 000 so'm dan 512 905 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.0 MPI / 156 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Orqa o'rindiqlarni isitish
235/60R shinalarga ega 18" engil qotishmali disklar
Tashqi bezak elementlarining yo‘ltanlamasga xos dizayni (bamper qoplamalari, yon tomon moldinglari)
Eshik panellari sun’iy charm bilan ishlov berilgan
2-qator o'rindiqlarini yuk bo'limi tomonidan masofadan yig'ish
12.3" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Ko‘zga ko‘rinmaydigan hududlarni nazorat qilish tizimi (BСW)
Premium FWD
544 900 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.0 MPI / 156 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Orqa o'rindiqlarni isitish
To‘liq svetodiodli orqa chiroqlar
Tashqi bezak elementlarining yo‘ltanlamasga xos dizayni (bamper qoplamalari, yon tomon moldinglari)
Eshik panellari sun’iy charm bilan ishlov berilgan
2-qator o'rindiqlarini yuk bo'limi tomonidan masofadan yig'ish
12.3" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Ko‘zga ko‘rinmaydigan hududlarni nazorat qilish tizimi (BСW)
Premium
559 900 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.0 MPI / 156 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Orqa o'rindiqlarni isitish
235/60R shinalarga ega 18" engil qotishmali disklar
Tashqi bezak elementlarining yo‘ltanlamasga xos dizayni (bamper qoplamalari, yon tomon moldinglari)
Eshik panellari sun’iy charm bilan ishlov berilgan
2-qator o'rindiqlarini yuk bo'limi tomonidan masofadan yig'ish
12.3" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Ko‘zga ko‘rinmaydigan hududlarni nazorat qilish tizimi (BСW)
X-Line
599 900 000 so'm dan
Dvigatel va transmissiya
2.5 GDI / 190 л.с. , Benzin
Asosiy imkoniyatlari
Orqa o'rindiqlarni isitish
To‘liq svetodiodli orqa chiroqlar
Tashqi bezak elementlarining yo‘ltanlamasga xos dizayni (bamper qoplamalari, yon tomon moldinglari)
Eshik panellari sun’iy charm bilan ishlov berilgan
2-qator o'rindiqlarini yuk bo'limi tomonidan masofadan yig'ish
12.3" rangli displey, Android Auto va Apple Carplay servislarini qo‘llaydigan multimedia tizimi
To‘liq o‘lchamdagi yengil qotishmali ehtiyot g‘ildiragi
Frontal to‘qnashuvning oldini olish tizimi (FCA) (aniqlash darajasi: avtomobil/yo‘lovchi/velosipedchi)

Xizmat ko’rsatish
Kafolat va xizmat
Kia avtomobillari avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan. Aynan mana shu ajoyib sifat Kia ga o‘ziga xos kafolatni taqdim etish imkonini beradi.
